Shuhratbek.uz ga

1
dars-ishlanma-1-orin-RESPUBLIKA
2
Eng-yaxshi-oqituvchi-veb-sayt-2017-1-orin-Shuhratbek.uz-2017

 

Защищено: Eng yaxshi dars ishlanma-2017

Это содержимое защищено паролем. Для его просмотра введите, пожалуйста, пароль:

Защищено: Tarix fanidan 13000 ta test

Это содержимое защищено паролем. Для его просмотра введите, пожалуйста, пароль:

Tasviriy san’at 1-sinf dars ishlanmalari

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan. 

Agar siz  .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.  Next »

Tasviriy san’at fanidan 1-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan. 

Agar siz  .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.  Next »

Sinf burchagi to’plami

Next »

              1 sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro’yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo’lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug’, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib kelinadi.

Shavkat Mirziyoyev.

Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”

Next »

Eng yaxshi o'qituvchi veb sayt-2017-1-o'rin-Shuhratbek.uz-2017

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar! Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining, «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, mening 5 yillik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi.

Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan o’z faoliyatini boshladi.

Asos: 24507-API shartnoma

Shuhratbek.uz sayti 2017 yil 16 fevraldan yana 1 yilga 2018 yil 16 fevralgacha uzaytirildi.

Asos: 35591-API shartnoma

Next »

Tasviriy san’at 1-sinf dars ishlanmalari

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan.  Next »

PowerPoint shablonlari:1-to’plam

Shablon-1
1.  PowerPoint uchun shablon 1 ;

Yuklab olish: Shablon 1

Shablon-2

2.  PowerPoint uchun shablon

Yuklab olish: Shablon 2

Shablon-3

3.  PowerPoint uchun shablon

Yuklab olish: Shablon 3

Next »

5-ofarin 4-barakallo 3-harakat qil

Eng faol o’quvchi uchun

…………..  Faol o’quvchi uchun …………  

Bundada faolroq bo’l

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib borish o’quvchilarning o’sha fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Hurmatli o’qituvchilar ushbu rag’batlantiruvchi tarqatmalarni yuklab olishingiz mumkin.   YUKLAB OLISH

Tug'ilgan kunni hisoblash

Siz haftaning qaysi kuni tavallud topganingizni hisoblab topmoqchimiz, unda quyida berilgan faylni yuklab oling.

Yuklab olganingizdan so’ng, “Yillar” ustunidan (1 jadval) tug’ilgan yilini topiladi;
— “Oylar” (2 jadval) ustunidan tug’ilgan oyini topib, u yerdagi raqamni eslab qolinadi;
— o’sha songa o’zi tug’ilgan sanani qo’shib, pastki jadvaldan o’sha sonni topiladi;
— hosil bo’lgan son qaysi hafta kuniga to’g’ri kelsa, huddi shu kuni tug’ilgan bo’ladi. Masalan :1970-yil 17-oktyabr kuni : 4+17 = 21 – shanba kuni.
1993-yil 5- sentyabr kuni: 3+5= 8 – yakshanba. 2015-yil 21-may kuni : 21+5 = 26- payshanba kuniga to’g’ri keladi.

Fayl formati: .xlsx|Hajmi: 82,4 КB|Yuklab olish

Do’stlik tumani XTMFMT va TE bo’limiga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2014 yil 30 oktabr kuni 6-“B” sinf o’quvchilari o’rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi o’tkazildi.Musobaqani o’tkazuvchi  6-«B» sinf rahbari Nurg’oziyev Shuhrat

Bu musobaqa o’tkazishdan maqsad avvalombor o’quvchilarning faqatgina aqliy barkamolligini ta’minlashdan tashqari ularning jismoniy jihatdan kuchli qilib tarbiyalashdan iborat. Bu musobaqa o’quvchilarning ruhan va jismonan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

“Quvnoq startlar” musobaqasining shartlari:

“Quvnoq startlar” musobaqasi 4 turdan iborat bo’lib, ular quyidagi tartiblarda o’tkazildi.
1-tur Guruhlarga nom qo’yish va unga ta’rif. 5 ball
2-tur “100 metrga sinf o’quvchilari bir-biriga tayoqchani uzatib yugurish” Birinchi kelgan guruhga 10 ball,ikkinchi kelgan guruhga 9 ball,uchinchi kelgan guruhga 8 ball qo’yiladi.
3-tur To’pni savatga tushurish.Har bir ishtirokchiga 1 daqiqadan vaqt berildi. Bu vaqtda har bir o’quvchi savatga tushurgan har bir to’pi 1 balldan baholandi.
4- tur Har bir guruhga o’zbek milliy sport o’yinlaridan ixtiyoriy bittasini olib amalda ko’rsatib tushuntirib berilishi aytildi. Eng yuqori qo’yiladigan ball 10 ball.
O’quvchilar III guruhga bo’lindi,ya’ni I guruh “Lochinlar” 7 nafar o’quvchi, II guruh “Chaqqonlar” 7 nafar o’quvchi hamda III guruh “Alpomish” 7 nafar o’quvchilarga bo’lindi va o’zlariga nom qo’yishib, ta’rif berib o’tishdi. Unga ko’ra I-guruh “Lochinlar”, II-guruh “Burgutlar”,III-guruh “Quvnoqlar” deb nom qo’yib bo’lgandan so’ng, qo’ygan nomlariga ta’rif berib o’tishdi. Uchala guruh o’quvchilari IV tur bo’yicha erishgan natijalari quyidagicha:

Quvnoq startlar -6-b sinfda

“Quvnoq startlar”da “Alpomish” guruhi I o’rinni, “Lochinlar” guruhi II o’rinni va so’nggi III o’rinni “Chaqqonlar” guruhi egallashdi.

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/10/8-sinf-jahon-tarixidagi-muhim-sanalar.gif
1492-yil 12- oktabr — Amerika qit’asi kashf etildi.
1498- yil — Hind okeaniga boradigan dengiz yo’li ochildi.
XIV-XVII asrlar — Yevropada Uyg’onish davri.
1502- yil — Eronda Safaviylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi.
Next »

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/10/Mevalar.gif

OlMA HAQIDA

Olma ko’pchiligimizning eng sevimli mevalarimizdan biri. Bunga hayron qolmasayam bo’ladi, chunki u nafaqat g’aroyib ta’mga ega shirin meva, balki shifobaxsh xususiyatga ega ne’mat hamdir. Sharq tabobatining buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino ham har kuni uxlashdan oldin bitta olma yeyishni tavsiya etgan. Olma turli-tuman vitaminlar, mikroelementlar va boshqa foydali moddalarning makoni hisoblanadi.Uning tarkibida C , B1 , B2 , P , E vitaminlari, karotin, kaliy, temir, marganets, kalsiy, pektinlar, qand moddasi, organik kislotalar mavjud .

Next »

Aziz ustozlarimiz bayramingiz muborak!

dibxzbw3331506 Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz.
Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.
Aziz ustozlarimiz bayramingiz muborak!
Savollar

Muhammad Muso al-Xorazmiy hayoti va ijodiga oid

Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?
Javob: 783-850 yillarda yashab ijod qilgan.
Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy hayoti davomida 20dan ortiq asarlar yozgan. Ulardan bizgacha nechtasi yetib kelgan?
Javob: 10 tasi yetib kelgan. Next »

Savollar

Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid

Savol: Beruniy qachon va qayerda tug’ilgan?
Javob: 973 yilda Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug’ilgan.
Savol: Beruniy kimdan ta’lim olgan?
Javob: Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroqdan ta’lim olgan.
Savol: Beruniy o’zbek tilidan tashqari yana qaysi tillarni bilgan?
Javob: Arab, so’g’d, fors, yunon, Sanskrit kabi tillarni juda yaxshi bilgan.
Savol: Beruniy tibbiyotga oid “Saydana” asarida mingdan ortiq dorivor giyohlarni necha tilda yozgan? Next »

  1. NukusNukus  4 ta sahro: Qoraqum , Qizilqum,Ustyurt va Oqqum — oralig’ida joylashgan o’ziga xos joylardan biri. Afsonalarga ko’ra, Nukus “Nukes”(to’rtta o’g’il) so’zidan kelib chiqqan. Bir kuni Xorazm shohi 9 ta saroy qizidan jahli chiqib,  ularni saroydan badarg’a qilib, erkaklarga ular bilan gaplashishni man qilibdi. Lekin bir savdogar ular bilan  pinhona gaplashib qolibdi. Tez orada qizlar farzandli bo’lishibdi. 9 ta o’g’il tug’ilibdi. Borib-borib bu o’g’illar qoraqalpoq xalqining  asaschilariga aylangan ekan.

Next »

  1. Registon maydoni

Samarqandga tashrif buyursangiz bu muazzam shaharning yuragi bo’lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko’rki, salobatidan hayratga tushasiz. Unda XV – XVII asrlarning arxitektura ansambli joylashgan bo’lib, uning markazi Ulug’bek madrasasi (1417 – 1420), Sherdor madrasasi (1619 – 1936) va Tillakori madrasasi (1646 – 1660) hisoblanadi. Bosh maydonda joylashgan ushbu uch madrasa ansambli shahar arxitekturasi va me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan namunadir. Next »

Ko’plab tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko’ra, Buxoro so’zi sanskritcha “vixara” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “qal’a” degan ma’noni bildiradi. Next »

  1. “Ichan-Qal’a”davlat muzey-qo’riqxonasi

Next »

  1. Oqsaroy ziyoratgohi

Next »

Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo’lib, Qoraqalpog’istondan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Viloyat o’ziga xos tabiiy sharoitiga ko’ra yirik uch qismga bo’linadi: viloyatning shimoli-g’arbiy qismining bag’rida ne-ne sir-sinoatlarni yashirib yotgan Qizilqum cho’li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog’ tizmalariga tegishli Qoratog’, Oqtog’ singari tog’lar bo’y cho’zgan bo’lsa, Zarafshon daryosi vohasining O’rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi o’rnashgan. Next »

Quyida Toshkent viloyatiga borish uchun sabab bo’la oluvchi manzillar bilan tanishasiz.

1. Zangiota ziyoratgohi Next »

Surxondaryo viloyati 1941 yil 6 martda tashkil etilgan. Viloyat markazi Termiz shahri. Viloyatning markazi va janubiy qismi tekislik bo’lib, shimoliy Hisor tog’ tizmalarining davomi bo’lgan Boysun tog’, Qo’xitang tog’ va Bobotog’lar bilan o’ralgan. Next »

Tug'ilgan kunni hisoblash

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ko’rik-tanlov bo’yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bo‘lib, u orqali “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud.
Ko’rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va ro‘yxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti”) bo‘yicha tashkil etildi.
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o’quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan.  Next »

Ushbu tanlovning birinchi bosqichida » Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti» nominatsiyasida http://tarixchi.zn.uz/  sayti kuchli o’ntalikka kirdi.

Jizzax viloyati tumanlarining xaritalari

Arnasoy tumani-tarixchi.zn.uz Baxmal tumani-tarixchi.zn.uz Do'stlik tumani-tarixchi.zn.uz

Izoh:Xaritalarni ko’rish uchun tumanning nomi yozilgan rasmning ustiga sichqonchaning chap tomonini bosing , so’ngra ekraningizda o’sha nomi yozilgan tuman xaritasi ko’rinadi. Xaritadan chiqish uchun sichqonchaning chap tomonini rasmdan tashqariga bir marotaba bossangiz «Xaritalar» deb nomlangan sahifaga qaytadi  BATAFSIL……..

5-ofarin 4-barakallo 3-harakat qil

«Adolat» guruhi I o’rinni oldi

…………..  «Femida» guruhi II o’rinni oldi …………  

«Huquq» guruhi III o’rinni oldi

Jizzax viloyati Do’stlik tumanidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Konstitutsiya-baxtmiz qomusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir quyidagi 4 shartdan iborat bo’ldi:  Tanishtiruv qism, sahnali ko’rinish, savol-javob,krossvord yechish. Tadbir da 8-«B» sinfning «Adolat»   guruhi I o’rinni egallashdi. Tadbir o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Har bir o’quvchi o’zining huquqiy bilimlarini yana bir karra oshirdi.

1-0498

Eng chiroyli guldasta I o'rin-6-A sinf Eng chiroyli guldasta II o'rin-8-A sinf Eng chiroyli guldasta III o'rin-9-B sinf

 


Maktab o’quvchilari tafakkurini o’stirish, dunyoqarashlarini shakillantirishda o’tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati katta.Maktabimizda o’sib kelayotgan yosh avlodda badiiy nafosat tuyg’ularini shakllantirish, go’zallikni his etishga yo’naltirish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri maktabimizda 2 noyabr kuni bo’lib o’tdi. Bu tadbir “Gullar-nafosat elchilari” deb nomlandi. Unda har bir sinf o’quvchilari rangli qog’ozlardan, turli rangdagi matolardan, hamda yelimli idishlardan qo’l mehnati asosida guldastalarini namoyish etishdi. Tadbirda 6-“A” sinf o’quvchilari I o’rinni, 8-“A” sinf o’quvchilari II o’rinni, 9-“B” sinf o’quvchilari III o’rinni egallashdi.

Buyuk qudrat egasi

image-muzey-1 AMIR TEMUR-image image-muzey-2

 

Amir Temur — xalqimiz dahosining timsoli,
ma’naviy qudratimiz ramzidir.

ISLOM KARIMOV

Sohibqiron Amir Temur ilmu-fan, madaniyat va san’at ahliga har taraflama rag’bat ko’rsatib, qulay shart-sharoitlar yaratib ularning ijodkorlik ishlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashgani tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan.

Amir Temur o’zining ko’p yillik faoliyati davomida jamiyatning iste’dod sohiblarini qadrlab, ularning keng ko’lamli bunyodkorlik ishlariga jalb etib Next »

Til- millatning faxri

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/10/oktabr.gif

«Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni jipslashtiradi».

I.A.Karimov

Til – insonlar o`rtasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa, fikr ifodalash va jamiyat a’zolarining bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi.
Bugungi yer yuzidagi tillar ko`p asrlar mobaynida murakkab tarixiy jarayonlarni kechirish natijasida vujudga kelgan. Shulardan biri tillarning ajralish (differentsiatsiya) jarayonidir.
Masalan, hozirgi turkiy tillar qadimda bir til bo`lib, ular umumturk tilining bo`linishi natijasida vujudga kelgan.

Next »

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Март 2024
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014