-Lezgin xalq maqollari (1)

 

Lezgin xalq maqollari (1)

………………………………………………………………………………………………………………….

• Bolalar asaldan shirin.

• Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham «otam» deb yuborasan.
• Oxirgi burda noningni qanday bo‘lib berganingni unutgan do‘sting o‘lib ketsa ham achinma.
• Atlas va bo‘z bir narhda bo‘lmaydi.
• Kambag‘allik qismati uyat emas.
• Ishtonsizning tushiga ikki gaz bo‘z kirarkan.
• Davomiy yomg‘irning buluti ham bo‘lmaydi.
• Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal.
• Adolatliga Xudo beradi.
• Xudo mulkka emas, qalbga boqadi.
• Agar mushukning qanoti bo‘lganda, u hamma qushni tutib yerdi.
• Oysiz kechada yulduzlar yorqin nur sochadi.
• Bir qo‘lda ikki tarvuzni ko‘tarolmaysan.
• O‘z uyasida sichqon ham sherga o‘xshaydi.
• Uch yuz yillik botqoqdan ichimlik suvi qidirma.
• Mevadan egilgan shox yerga intiladi.
• Shamol olib kelganini shamol olib ketadi.
• Bog‘bonning nigohi doim olmada.
• O‘g‘ri dunyodagi hammani o‘g‘ri deb o‘ylaydi.
• O‘g‘ri o‘z to‘shagida o‘lmaydi.
• O‘g‘irlangan nonning mazasi bo‘lmaydi.
• Dushman bilan ko‘zing ko‘zingga tushdimi, dadil harakat qil.
• Qahramon gapga no‘noq bo‘ladi.
• Nodon sochdan xoda yasaydi.
• Ahmoq gapirdi — eshitayotgan aqlli bo‘lsin!
• Ahmoqlik — tuzalmas kasallik.
• «Yemayman» deb yettita nonni yeb yuboradi.
• Qichqiriq — g‘ozniki, tuxum — chumchuqniki.
• Och tovuqning tushiga don kirarkan.
• Ochning tushiga bir xurjun non kirarkan.
• Anchadan beri urilmagan echki cho‘poning tayog‘iga ishqalarkan.
• Ko‘zdan uzoq — ko‘ngildan yiroq.
• Bir qinga ikki hanjar sig‘maydi.
• Pul toshni ham eritadi.
• Daraxtni kesishsa butun o‘rmon eshitadi.
• Ahmoqqa har kuni bayram.
• Tikishdan oldin ipni tayyorla.
• Uydagi narh bozornikiga o‘xshamaydi.
• Yaxshi xotin — xonadon bezagi.
• Do‘st ko‘zga qaraydi, dushman — yerga.
• Boshqani eshitib, o‘z fikringdan qolma.
• Ahmoq nodonligini hech qachon tan olmaydi.
• Agar seni eshitishmasa, jim o‘tir.
• Agar sen tulki bo‘lsang, men uning dumiman.
• Cho‘pon xohlasa echkidan ham pishloq oladi.
• Puling bo‘lsa — aqllisan, bo‘lmasa — nodon.
• Oshqozon faqatgina pichoqni sevmaydi.
• Ayolni muloyimlik bezaydi.
• Bo‘sh dasturxonga fotiha qilmaydilar.
• Hasad yaxshilikka olib kelmaydi.
• Baquvvat buqaga achigan somon ta’sir qilmaydi.
• Yozda yiqqaningni qishda yeysan.
• Qarg‘aga ham o‘z poloponi go‘zal ko‘rinadi.
• Agar burun bo‘lmaganida ikki ko‘z ham chiqisholmasdi.
• Ilon ham dumiga kim tekkanini eslaydi.
• Agar og‘ziga suv kirib ketmaganida qurbaqa ham gapirib yuborardi.
• Tuhmatchining boshiga ham yomon kunlar tushadi.
• Achigan pilladan ipak chiqmaydi.
• Kuzgi jo‘jadan xo‘roz chiqmaydi.
• Kambag‘alning ismini hatto do‘stlari ham unutishadi.
• Ustaning san’ati ishidan bilinadi.
• Haqiqiy erkakka bitta so‘z yetadi.
• Hamma o‘zini buyuk deb o‘ylaydi.
• Qaysi barmog‘ingni kesib olsang ham — og‘riq bitta.
• Toshni ham silliqlash mumkin, egri odamni o‘nglab bo‘lmaydi.
• Tomchi yig‘ilib ko‘l bo‘ladi.
• Qalam — yozish uchun, bolg‘a — urush uchun.
• Ikki it urushayotsa qochib qol.
• Kambag‘alga qo‘riqlash navbati yetguncha kecha ham uzun bo‘ladi.
• Kimni sevsang — o‘sha go‘zal.
• Tuyadan katta fil ham bor.
• Kim senga birovning kamchiliklari haqida gapirsa, u seni boshqalar oldida ham kalaka qiladi.
• Karvonchi bilan do‘st tutinsang darvozang keng bo‘lsin.
• Ko‘p gapirgan ko‘p adashadi.
• Oziga rozi bo‘lmagan ko‘piga ham rozi bo‘lmaydi.
• Eshakni urolmagan egarni uradi.
• Ishlagan non tishlaydi.
• Tiyinni qadrlamaganga so‘m ham qadrsiz.
• Ozni qadrlamagan ko‘pni ham baholay olmaydi.
• Qochishga otlangan yiqilishdan qo‘rqmaydi.
• Ko‘p qasam ichgan ko‘p aldaydi.
• Otini tez almashtirgan bitta jilov bilan qoladi.
• Qopag‘on itga suyak kerak yoki tayoq.
• Muz yupqa joydan yoriladi.
• Yolg‘on — rost emas, sirka — asal emas.
• Sevganingni doim kechira olasan.
• Kichkina dori katta kasalliklarni davolaydi.
• Pul oz bo‘lsa — sarfing oz, puling ko‘paysa — harjing ko‘p.
• O‘zini maqtagan ustaning narxi arzon.
• Burgutning joyi — burgutning inida.
• Ko‘p sabr qilsang ko‘p narsani o‘rganasan.
• Azobimni ikki ko‘zim tortadi, ishimni ikki qo‘lim bajaradi.
• Erkak izza bo‘lgandan ko‘r bo‘lgani yaxshiroq.
• Bir qo‘lda har xil barmoq.
• Yetti uyga sakkiz xo‘jayin.
• Gapga chechan — ishga no‘noq.
• Birovning otida yursang qo‘l-oyog‘ing kir bo‘lar.
• Eshakni ko‘proq xipchinlasang ko‘proq yuradi.
• Eshakka egar solgan bilan ot bo‘lib qolmaydi.
• Haqiqiy erkakka qilich tig‘idan so‘z tig‘i o‘tkirroq.
• Dushmaningga ishonma, u bilan birga o‘tirma.
• Mushuk «Makkaga borib kelganman» desa ham ishonma.

 

 

Ushbu sahifadagi maqollar n.ziyouz.com saytidan olindi.

<<….boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________