Sarmishsoyda “Asrlar sadosi” an’anaviy oltinchi madaniyat festivali boshlandi

O‘zA, Nazokat Usmonova, Nuriddin Rahimov, Tohir Istatov (surat), 04.05.2013 12:30

http://uza.uz/ru/images/8518.jpg

«O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida 2008-yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan «Asrlar sadosi» festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad qadimiy urf-odat va an’analarimiz, milliy madaniyatimiz va san’atimizning turli yo‘nalishlarini xalqimiz, keng jamoatchilik, xorijiy mehmonlarga yaqindan tanishtirishdan iboratdir.


Bu yilgi festivalning Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Sarimishsoy darasida o‘tkazilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor, albatta. Tariximizning bebaho yodgorliklarini o‘zida mujassam qilgan mazkur muzey-qo‘riqxona mamlakatimiz tarixiga qiziquvchilar va sayyohlarni jalb etib kelayotir. Soyning ikki sohilidagi qoyatoshlarga ishlangan o‘n mingdan ortiq petrogliflar ajdodlarimiz madaniyatining taraqqiyotini aks ettirgan. Jumladan, tosh asarlarda olovning kashf etilishi, yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish davrlari, chorvachilik madaniyati tarixi va ov jarayonlari tasvirlangan.

Ushbu go‘zal maskanda “Asrlar sadosi” an’anaviy oltinchi madaniyat festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Soy bo‘ylariga turfa manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi va gullar ekildi. Milliy madaniyatimizning asl namunalarini keng namoyish etish, xorijiy va mahalliy sayyohlarni munosib kutib olish va ularga namunali xizmat ko‘rsatish yuzasidan tashkiliy ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi.

http://uza.uz/ru/images/8524.jpg

…Sarmishsoyda sho‘x kuy-qo‘shiqlar yangradi. Xalq amaliy san’ati ustalari ijodiga bag‘ishlangan yarmarka bo‘lib o‘tdi. Festival uchun hozirlangan maxsus rastalarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan xalq amaliy san’ati ustalari, mohir hunarmandlar, ularning shogirdlari o‘z ijod namunalarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi. Yurtimizning turli viloyatlari musiqiy merosini namoyish etuvchi folklor jamoalar, badiiy havaskorlik guruhlarining mazkur tadbirga bag‘ishlab tayyorlagan rang-barang dasturlari festivalga yanada ko‘tarinkilik, zavq bag‘ishladi.

Bugun Buxoro shahrida “O‘zbekiston madaniy vva ma’naviy merosida me’moriy bitiklarning o‘rni: tadqiqotlar, kashfiyotlar va istiqbol” mavzusidagi davra suhbati, ma’naviy merosga oid yangi kitoblarning taqdimoti, Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida «Mehr nuri» jamg‘armasi tomonidan qayta ta’mirlangan Bibi Orifa me’moriy obidasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Festivalning ikkinchi kuni — ertaga xalq sayillari, folklor jaoalarning chiqishi, bezakli amaliy san’at yarmarkasi davom etib, milliy liboslar festivali, “Meros” O‘zbekiston antikvarlari uyushmasi tomonidan zamonaviy san’at auksioni, san’at ustalari, yosh ijrochilar, folklor jamoalar ishtirokida gala-konsert bo‘ladi.

Manba: uza.uz

Tags


2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Май 2013
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Янв   Дек »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014