AKTni baholashning xalqaro mezonlari

O‘zA, Iroda Umarova, 03.05.2013 19:57

Poytaxtimizda 3-may kuni AKTni baholashning xalqaro mezonlarini O‘zbekistonda tatbiq etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” qo‘shma loyihasi tomonidan tashkil etildi. Anjumanda mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining raisi X.Mirzohidov va boshqalar O‘zbekistonda barcha sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish, xususan, aholi va yuridik shaxslarga davlat hokimiyati organlari veb-saytlari hamda hukumat portali orqali interfaol xizmatlar ko‘rsatish samarasida elektron hukumat tizimini shakllantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida istiqboldagi vazifalarni belgilar ekan, “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nafaqat davlat tuzilmalarini boshqarish, balki davlat va aholi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka ko‘maklashgan holda ish jarayonlarini samarali rivojlantirish, fuqarolarga internet tarmog‘i orqali interfaol davlat xizmatlaridan yanada qulay foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari aholi va yuridik shaxslarga interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun maqsadli tarzda keng tatbiq etilmoqda. “Elektron hukumat”ning samarali jihatlari sifatida turli sohalarda yigirmadan ortiq loyiha amalga oshirildi. Hozir davlat organlarining veb-sahifalari va O‘zbekiston Respublikasining www.gov.uz hukumat portali yordamida to‘rt yuzdan ziyod interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

“Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi natijasida turli idoralarga borish va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot qilish zarurligini istisno etadigan tranzaksiya xizmatlariga to‘liq o‘tish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratishni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Ta’kidlash lozimki, “elektron hukumat” rivojlanish darajasini baholashning BMTga oid reytingi ikki yilda bir marta dunyo mamlakatlarida ma’muriy va iqtisodiy masalalarni yechishda AKTni qo‘llash darajasini baholash va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazadi.

– “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish davlat boshqaruv hokimiyati organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi, – dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner. – O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni rivojlantirish, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotir. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonda aholi va davlat boshqaruvi organlari hamkorligini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

BMTning “elektron hukumat” taraqqiyoti holati to‘g‘risidagi hisobotida O‘zbekistonda “elektron hukumat” jihatlarini tatbiq qilish borasidagi islohotlar yuksak sur’atlar bilan amalga oshirilayotgani, xususan, bu borada huquqiy asoslar yanada rivojlantirilayotgani va hukumat portali takomillashtirilayotgani alohida ta’kidlangan. Mazkur bosqichda ijobiy xalqaro tajribani hisobga olgan holda, “elektron hukumat” tizimi taraqqiyotini baholash mezonlarini qo‘llash dolzarb masala hisoblanadi.

Davra suhbatida O‘zbekistonda AKTni baholashning xalqaro mezonlarini tatbiq etish, xususan, davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish asoslari, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.

 

Manba: uza.uz

Tags


2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Май 2013
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Янв   Дек »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014