Suratlarga ko‘chgan xotira

O‘zA, Nazokat Usmonova, 08.05.2013 yil

Toshkent Fotosuratlar uyida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga yoshi ulug‘ ijodkorlar, musavvirlar, usta va hunarmandlar, mehnat faxriylari, talaba-yoshlar taklif etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari J.Mirtojiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida nuroniylarga izzat-ehtirom ko‘rsatish, salomatligini mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Ikkinchi jahon urushi boshlanganida sakkiz yoshli bola edim, – deydi yog‘och o‘ymakorligi ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Ortiq Fayzullayev. – O‘sha murakkab davrning og‘ir kunlari, mashaqqati aslo xotiramdan o‘chmaydi. Bularning barchasi bugungi tinch va osoyishta, to‘kin, farovon, baxtli kunlarimizning qadriga yetishga undaydi.

Ko‘rgazmada bugungi saodatli kunlarimiz, urush va mehnat faxriysi bo‘lgan mo‘yqalam sohiblari, usta-hunarmandlar siymosi aks ettirilgan kartinalar, fotosuratlar nomoyish etilmoqda.

Manba: http://uza.uz

 

Tags


2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Май 2013
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Янв   Дек »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014