Eng faol yosh jurnalistlar

Eng faol yosh jurnalistlar


Eng faol yosh jurnalistlar

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko’rik-tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq tashkil etildi. Tanlov yosh jurnalistlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizda demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini yoritishdagi faolligini oshirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ’ib etishga xizmat qilmoqda.

Tanlov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.

“Kamolot” YoIH raisining birinchi o’rinbosari F.Muhammadjonova, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G’ulomov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, soha xodimlarini qo’llab-quvvatlash, mehnatini rag’batlantirish va yosh jurnalist kadrlarni tayyorlashga qaratilayotgan e’tibor o’zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Bu ezgu ishlar samarasini “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko’rik-tanlovi misolida ham ko’rish mumkin. Joriy yilda tanlovda ishtirok etish uchun 30 yoshgacha bo’lgan 200 nafardan ortiq jurnalist matbuot, radio, televidenie, internet va fotojurnalistika kabi yo’nalishlarda 2 mingdan ortiq ijodiy ishini taqdim etdi.
Ushbu ijodiy ishlar mavzuning dolzarbligi, yoritish mahorati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini ochib berish kabi mezonlar asosida baholandi. Har bir nominastiya bo’yicha uchtadan g’olib – eng namunali maqola, radioeshittirish, teleko’rsatuv, fotosurat va internet materiallari mualliflari saralab olindi. Bundan tashqari, joriy yilda ta’sis etilgan “Yoshlarga oid siyosatni aks ettiruvchi eng namunali videolavha” nominastiyasi g’olibi aniqlandi.

Tanlov g’oliblaridan biri – namanganlik Ulug’bek Ro’zimatov yilning eng faol yosh internet jurnalisti deb tan olindi. U mamlakatimiz veb-saytlarida e’lon qilingan yoshlar hayotiga bag’ishlangan qator dolzarb maqolalar muallifidir. 2013 yilda yosh jurnalist mamlakatimiz, xususan, Namangan viloyatida ro’y berayotgan o’zgarish va yangiliklarni yoritib boradigan namnews.uz axborot saytini ochish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining grantiga sazovor bo’ldi.

– Tanlovda g’olib bo’lganimdan g’oyat xursandman, – deydi U.Ro’zimatov. – Mamlakatimizda biz, yosh jurnalistlarga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor va g’amxo’rlik kuchimizga kuch qo’shib, yangi ijodiy marralar sari undaydi.

“Yilning eng faol yosh jurnalisti” ko’rik-tanlovi g’oliblari tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

Tags


2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Декабрь 2013
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Май   Янв »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014