Yangi ijodiy marralarga undayotgan tanlov

Yangi ijodiy marralarga undayotgan tanlov

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi direktori G.Bobojonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda milliy media sohani izchil rivojlantirish, soha xodimlarining yanada erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov ommaviy axborot vositalari sohasida faollik ko‘rsatayotgan, fidoyi, izlanuvchan ijodkorlarni yangidan-yangi marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Uzreport” axborot agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yaxshi yutuqlarini ommalashtirishda, ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘z fuqarolik pozitsiyasini to‘la namoyon etishida, muntazam izlanib, har bir ishga ijodiy yondashuvida muhim omil bo‘lmoqda.

Tanlov televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda 13 ta mukofot, jumladan, bitta bosh milliy mukofot, har bir yo‘nalish bo‘yicha uchtadan mukofot ta’sis etilgan.

Yig‘ilishda “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, tashkiliy qo‘mita va uning ishchi guruhi tarkiblari, ish rejasi tasdiqlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, tanlovni o‘tkazish jarayonida taniqli jurnalist va ekspertlardan iborat tanlov hay’ati shakllantiriladi. Taqdim etilgan ijodiy ishlar davlatimiz rahbari tomonidan jurnalistlar oldiga qo‘yilayotgan vazifalardan kelib chiqqan holda baholanadi.

Yig‘ilishda bu yilgi tanlov doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgani ma’lum qilindi.

An’anaga ko‘ra, BMT, YuNESKO, YeXHT, Jahon banki, “Regional dialog” (Sloveniya) kabi bir qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari o‘z mukofotlari bilan qatnashadi.

“Oltin qalam” IX Milliy mukofoti xalqaro tanlovi g‘oliblarining nomlari Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida e’lon qilinadi.

O‘zA

 

Tags


2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Февраль 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Янв   Мар »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014