Апрель 2014

You are currently browsing the monthly archive for Апрель 2014

Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 1 apreldagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi boshlandi.

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tishi lozim.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi:
Ko‘rik-tanlovda barcha UZ domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan, veb-sayt xostingi O‘zbekistonda bo‘lgan;
umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari;
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari;
tarbiyachilari (pedagoglar, trenerlar, musiqachilar, rassomlar, uslubchilar) va o‘quvchilari o‘z saytlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlari quyidagi uchta nominatsiya bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar:
1-nominatsiya – eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti;
2-nominatsiya – eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti;
3-nominatsiya – eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti. Next »

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2014/04/11423.jpg

2014-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Senatorlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan parlament muhokamasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar. Ushbu Qonun davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisidagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab bergan ma’ruzasida bayon etilgan qoidalar va g‘oyalarga muvofiq tayyorlangan va qabul qilingan. Next »

Mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi hamda milliy istiqlol g`oyalarini o`quvchi-yoshlar ongiga singdirish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy bilimlari shakllantirib kelinmoqda.
Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 7-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamda ularning hududiy bo`linmalari hamkorligida joriy yilning mart-may oylari davomida umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida uch bosqichli “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi o`tkazilmoqda.
Tanlov uch bosqichda o`tkazib, birinchi bosqich: tuman (shahar) bosqichi, ikkinchi bosqich: hududiy bosqich, uchinchi bosqich: respublika bosqichi bo`lib unda barcha hududlar jamoalari ishtirokida joriy yil 16 may kuni Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o`tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar umumiy o`rta ta’lim maktablarining bilimli, zukko, xulqi namunali bo`lgan 5 nafar (o`quvchilar ixtiyoriy sinfdan olinishi mumkin) o`quvchilardan iborat bo`ladi. Tanlov ishtirokchilari 100 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, test sinovlari, huquqiy bilimdonlik hamda sahna ko`rinishini namoyish qiladilar.
Tanlovning barcha bosqichi g`oliblari hamkor tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlanadilar.
Tanlov shartlari va baholash mezonlari:
1)Test savollari:
Bu shartda Respublika ta’lim markazi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) X.T.M.F.M.T. va T.E. bo’limlari tomonidan tegishli mutaxasislarni jalb qilgan holda tuziladigan 25 ta test savollariga jamoalar birgalikda javob beradi. Ushbu savollarga javob berish uchun jami 25 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu shartga jami 50 ballgacha (bitta to’g’ri javobga 2 ball) baho qo’yiladi.
2)Huquqiy bilimdonlik:
Bu shartda Respublika ta’lim markazi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) X.T.M.F.M.T. va T.E. bo’limlari tomonidan tegishli mutaxasislarni jalb qilgan holda tuziladigan 3 ta savoldan iborat biletga javob beradi. Biletga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Ushbu shartga jami 30 ballgacha (bitta savolning to’g’ri javobiga 10 ballgacha) baho qo’yiladi.
3)Sahna ko’rinishi:
Bu shartda jamoalar o’quvchilarning huquqiy madaniyati va savodxonligining ahamiyati, voyaga yetmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, oqibatlari va oldini olish choralari bo’yicha erkin sahna ko’rinishini namoyish qiladi. Ushbu shartga jami 20 ballgacha baho qo’yiladi.

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2014/04/Rasm1033.jpg http://dtm10maktab.zn.uz/files/2014/04/Rasm1040.jpg

Jizzax viloyati Do’stlik tumanida ham mazkur tanlovning tuman bosqichi 2014 yil 10-aprel kuni bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Do’stlik tuman X.T.M.F.M.T. va T.E.B. ga qarashli 1,2,3,4,5,6,8,9,10,11,12,13,14,15,18 maktablari qatnashdi.

Tanlov natijalari:

“Huquq bilimdonlari” tuman bosqichida eng faol ishtirok etgan 1 o’rinni 18-DIUM, 2 o’rinlarni 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi, 3-o’rinni 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari egallashdi. Tanlovda faol qatnashgan g`oliblari hamkor tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandilar.

10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix va huquq fani o’qituvchisi
Nurg’oziyev Shuhrat


http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/O‘zbekiston-Respublikasi-Oliy-Majlisi-Senati-.jpg

9-aprel kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Senat qo‘mitalarining raislari qo‘mitalarning majlislari o‘tkazilganligi hamda o‘n to‘rtinchi yalpi majlis muhokamasiga kiritilgan qonunlar yuzasidan xulosalar va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlarning loyihalari tayyorligi haqida axborot berdilar, yalpi majlis ishini tashkil etish to‘g‘risida fikr almashdilar.

Next »

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
2. Rasmiy nomi: “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi.
3. Nizom matnidagi qisqa nomi: Ko‘rik-tanlov.
4. Ko‘rik-tanlov tashkilotchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi;
“ZiyoNET” Resurs markazining Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limi.
5. Ko‘rik-tanlovning rasmiy veb-sayti: http://tanlov.uzedu.uz Next »

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Мар   Май »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________