10-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochiladi

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/O‘zbekiston-Respublikasi-Oliy-Majlisi-Senati-.jpg

9-aprel kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Senat qo‘mitalarining raislari qo‘mitalarning majlislari o‘tkazilganligi hamda o‘n to‘rtinchi yalpi majlis muhokamasiga kiritilgan qonunlar yuzasidan xulosalar va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlarning loyihalari tayyorligi haqida axborot berdilar, yalpi majlis ishini tashkil etish to‘g‘risida fikr almashdilar.

Kengash majlisida Oliy Majlis Senatining bo‘lajak yalpi majlisida muhim masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida parlament muhokamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi qayd etildi. Ushbu hujjat, avvalo, davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirish, davlat boshqaruvining eng muhim prinsiplarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy mexanizmlarini takomillashtirish – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari mustaqilligi va tengligi, vakolatlari mutanosibligini, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Kengash a’zolari Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilib, Senatning yalpi majlisi muhokamasiga kiritilayotgan, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma sohalarini izchil isloh qilish va liberallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining muhimligini ham ko‘rsatib o‘tdilar.

Bular jumlasiga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash haqidagi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kiradi.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senatining, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi masalalar, Hisob palatasining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqiladi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

 

 << bosh sahifaga qaytish

 

Tags

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Мар   Май »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014