Har sohadan bir shingil

Qiziqarli savollar

QAYSI GUL YAPONIYANING RAMZI HISOBLANADI?
JAVOB: Sakura butog’i Yaponiya ramzidir. Sakura ba’zan yapon olchasi deb ham ataladi. Bu daraxtning bo’yi 5 — 8 metr, shox-shabbalari kulrang malla tusdadir. Yaproqlari cho’zinchoq tuxumsimondir, daraxtning tepa qismidagi barglar yanada cho’zilgan bo’ladi va gilos barglarini eslatadi. Gullari pushti-qizil yoki ochiq pushti rangda 2 — 5 donadan to’p-to’p bo’lib ochiladi. Sakura gullaganda yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha kishilar oilasi yoki yoru birodarlari bilan to’planib, bog’ va parklarda nozik oq-pushti gulbarglarni tomosha qilishadi. Bu yaponlarning eng ko’hna an’analaridan biridir. Gullarni tizishday murakkab san’atini har kim ham eplayvermagani bilan gullayotgan daraxtni tomosha qilish har kimning qo’lidan keladi. Yaponlar bu tomoshaga ancha vaqt hozirlik ko’rishadi. Yaxshiroq joyni egallash uchun boqqa bir kun oldin kelish lozim. Yaponlar, odatda, olchaning gullashini ikki marta: ishda hamkasblari hamda uyda oila a’zolari davrasida nishonlashadi. Bayramni hamkasblar davrasida nishonlash hech kimning buzishga haqqi yo’q muqaddas burchdir, oila davrasida nishonlash esa kishiga lazzat bag’ishlaydi. Daraxt tomosha qilgan kishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sakura, shuningdek, Markaziy Osiyo, Boltiqbo’yi, Moldaviya, Kavkaz, Qrim va Zakarpatyeda ham o’sadi.

DUNYODA OLMANING QANCHA NAVI BOR?
JAVOB: Dunyoda olmaning navlari nihoyatda ko’p. Ular orasidan eng nozik didli kishilar ta’biga to’g’ri keladiganlari ham topiladi. Birgina Angliyada uning ikki mingdan oshiq navi mavjud.
Olma odam ilk marta madaniylashtirgan daraxtlar sirasiga kiradi. Uning vatani Janubiy-sharqiy Yevropa va G’arbiy Osiyo bo’lsa ajabmas. Harqalay, bu daraxtning turli navlari ikki ming yil muqaddam o’stirila boshlangani ma’lum. Qadimgi Rim aholisi bu mevaning kamida yetti xilini dasturxonga tortishgan.
Bugungi kunda olmaning bu qadar turli-tuman navlari qayoqdan paydo bo’lgan?
Bog’bonlar hamisha ilgarigilariga nisbatan yangi, mazali, hosildor va sovuqqa chidamli navlar olishga intilib, olmalar ustida turli tajribalar o’tkazib kelishgan. Yangi navlar olishning eng ko’p tarqalgan usuli quyidagidir: bir daraxtdan kesib olingan kurtak yoki novda boshqa bir olma daraxtiga payvand qilinadi. Bu holda payvand o’rnida o’sib chiqqan shoxning xossasi «ota-ona» daraxtlarning afzalliklari va kamchiliklaridan iborat bo’ladi. Yana bir usul «chaparasta changlanish» deb ataladi. Buning ma’nisi shuki, bir navdagi olma gullari boshqa daraxtlardan olingan otalik bilan changlanadi.

DUNYODA EVKALIPTNING NECHTA TURI BOR?
JAVOB:Evkalipt, asosan, Avstraliya daraxtidir. Ammo u dunyoning boshqa iqlimi issiq bo’lgan mamlakatlarida ham o’stiriladi. Uning yaproqlari ajratib chiqaradigan hidli modda havoni tozalash, bezgak yuqtiruvchi hasharot va pashshalarni haydash xossasiga ega.
Evkaliptning 500 dan oshiq turi bor. Uning yog’ochi oq tusdan pushti ranggacha bo’ladi. Ammo yaproqlari hamisha bir xil: ingichka, tekis va vergul shaklida qayrilgan bo’ladi. Ular kun davomida Quyosh nurlari tekis yuzaga tushmasligi uchun bir tomondan boshqa tomonga buriladi. Evkalipt yaproqlaridagi hidli modda ayrim turdagi dorilarni tayyorlashda, yegochi kemasozlikda ishlatiladi, uning po’stlog’idan esa oshlovchi modda sifatida foydalaniladi.

ENG BALAND DARAXT QAYSI?
JAVOB:Daraxtlar yashil o’simliklardir. Ularning ham boshqa yashil o’simliklar singari ildizi,poyasi, yaproqlari va urug’lari bo’ladi. Daraxtlar yashil o’simliklar ichida eng ko’hnasidir.AQShning shimoli-g’arbidagi ayrim sekvoyyalarning yoshi 4000 yildan oshadi. Bu daraxtlar Kolumb Amerikani kashf etgan davrlarda ham xuddi shu ko’rinishda bo’lgan.
Daraxtlar yashil o’simliklar ichida ham eng kattasidir. Ma’lumki, Kaliforniyadagi ulkan sekvoyyalar Yer yuzidagi eng bo’ychan daraxtlardir. Gumboldt Milliy bog’idagi bir daraxt eng baland hisoblanadi. U Asoschi Daraxti deb ata-ladi, bo’yi esa 110 metrdan oshadi.
Ayrim yirik mutaxassislar ko’p yillar avval Avstraliyadagi evkalipt daraxti ham Kaliforniya sekvoyyalari singari baland daraxt bo’lganini ta’kidlashadi, ammo ular ayni paytda sekvoyyalardan o’rtacha 15 metr kaltadir. Yana bir sekvoyya bilan bo’ylashadigan daraxt Duglas oqqaragayidir. Ular aksariyatining bo’yi 91 metrdan oshadi.
Ildizlar tuproqdan suv va mineral moddalar yutishi bilan birga daraxtlarni ham tik holda tutib turadi. Katta daraxtni tutib turish uchun kuchli ildiz tizimi kerak bo’ladi. Siz daraxtning ildizlari ham yer ostida shoxlarichalik joy egallashini bilasizmi?
Olimlar daraxtlarning yoshini ular tanasidagi halqalar soni bilan o’lchashni o’rganib olishdi. Ko’pgina daraxt turlari ko’ndalang kesilganda, ularda halqalar borligini ko’rish www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud mumkin. Har yili po’stloq ostidagi yogoch qatlami ustida yangisi paydo bo’laveradi. Bu qatlam halqa hosil qiladi.
Daraxt tanasidagi har bir halqa uning yoshidan dalolat beradi. Yangi qatlam yoki halqa qo’shilgani sari tana yo’gonlashib boraveradi.
Daraxtlarning nafaqat tanasiga, qolaversa, shoxlariga ham yangidan-yangi halqalar qo’shilib boraveradi. Shoxlar har yili bo’yiga o’sadi. Faqat shoxlarning uchi yuqoriga qarab o’sgani uchun ham daraxtning tanasi hech qachon yerdan baland ko’tarilmaydi.

DARAXTLAR NECHA YIL YASHASHI MUMKIN?
JAVOB:Bu savolga javob berish qiyin. Aksariyat hollarda bu savolga, daraxt qancha yashay olsa, shuncha yashaydi, deb javob beriladi. Darhaqiqat, ko’pincha daraxtlar kesilishi yoki tashqi muhitning ta’siri oqibatida yoshini yashay olmaydi.
Aslida turli daraxtlar turlicha yashaydi. Eman bir yarim-ikki ming yil, oq qayin va qarag’ay 250 yilgacha yashashi mumkin.
Hozirgi sharoitda insonning yordamisiz daraxtlar o’z tabiiy yoshini yashashi qiyin. Shuning uchun ham ekologlar bir asrdan oshiq yashab qo’ygan eman, oq qayin va jo’ka singari manzarali daraxtlarni saqlab qolish uchun o’z sa’y harakatlarini ayamaydi.
Shimoliy Amerikada ko’plab ko’hna daraxtlar saqlanib qolgan. U yerda uch ming yildan oshiq umr ko’rgan ulkan sekvoyya daraxtlarini ham ko’rish mumkin.
Daraxtning yoshi bir joyda ko’kargani yoki inson ko’chirib o’tqazgani bilan ham bog’liq.
Tabiiy holda o’sadigan daraxtlar inson niholni parvarishlab, keyinchalik ko’chirishi natijasida ko’karadigan daraxtlardan ancha uzoq yashaydi. Bu jo’ka, eman va oq qayinga hamda qarag’ay, tilog’och va qoraqarag’ayning ayrim turlariga tegishli. Ular shaharlardagi bog’larga o’rmondan ko’chirib o’tqaziladi.
Bugungi kunda shaharlarda boshqa yurtlardan keltirilgan sekvoyya va Duglas qaragayi singa-ri daraxtlar ham ko’kartiriladi. Ular juda uzun va mahobatli daraxtlardir. Ammo bu daraxtlarning tuproqdan namlikni shimib olishi juda qiyin. Bundan tashqari, bu daraxtlar www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud qishki shamollarga ham unchalik moslashmagan. Shuning uchun ham ular 40 — 50 yildan oshiq yashamaydi.

IMPROVIZATSIYA NIMA?
JAVOB:Musiqaning paydo bo‘lishiga bag’ishlangan talay afsonalar mavjud. Musiqani ham,bilganingizdek, mana, bir necha asrlardan buyon bastalashadi. U barcha qadimgi va hozirgi madaniyat sohiblarida: xitoyliklar, hindlar, misrliklar, fransuzlar, amerikaliklar va ruslarda mavjud. Musiqa o‘zining latifligi va go‘zalligi bilan hammaga xush yoqadi. Biz uni eshitganimiz zahoti har daf’a quvonamiz. U gimndan tortib simfoniyagacha,- turli shakllarda, xalq kuylaridan tortib operagacha,- har xil turlarda mavjud bo‘ladi.
Ba’zida musiqani yillar davomida bastalaydilar. Cholgu asbobi yoniga yaqinlashgan bastakor har bir akkordni oldindan obdon o‘ylaydi, ularni yozib boradi, qayta jilo beradi. Ammo shunaqasi ham bo‘lishi mumkin: muganniy for-tepyano yoniga o‘tirganida yoki skripka chalayotganida bir dasta akkordlarni oladi, va biz o‘sha zahoti ular allaqanday yaxlit va inkishof etilgan bir narsaga tizilganini eshita boshlaymiz, va muganniy chala boshlaydi.
Shundan so‘ng u ko‘pincha hatto chalganlarini takrorlab bera olmay qoladi. «Men, shunchaki, tayyorgarliksiz chaldim»,- deydi u.
Lotincha «improvizatsiya» so‘zi ham nogohoniy, oldin bashorat qilinmagan degan ma’nolarni anglatadi. Improvizatsiyalash — bu, oldindan tayyorgarliksiz chalish, kuyni yo‘l-yo‘lakay to‘qish va o‘sha joyning o‘zida ijro etish degani.
Burnogi yillarda improvizatsiya san’ati juda avj bilan rivojlangan edi. Deyarli har bir muganniy tomoshabinlar buyurtmasiga binoan konsertlarda tayyorgarliksiz chalar edi. Keyin esa improvizatsiya san’ati deyarli tamomila unut bo‘layozdi. Tagin tomoshabinlar ko‘z oldida «to‘qishga» qodir muganniylar paydo bo‘layotir. Biroq, buning uddasidan chiqish rosa qiyin, chunki betakror bastakorlik fazilatlariga ega bo‘lish kerak.

 PASSAJ NIMA?
JAVOB:Yetuk muganniylarning ijrosini tinglayotganingizda, Siz, albatta, ularning hayratangiz mahoratidan qayta-qayta zavqlangansiz. Va, shu narsani muqarrar payqagansizki: musiqa asarida ohanglar zo‘r shitob bilan taraladigan lavhalar ham bo‘lar ekan. Ular yoki marvarid donalari singari sochilib ketgandek, yoxud bit-ta uzluksiz oqimga qo‘shilayotgandek tuyuladi.Bu narsa esa passajdir.
Fransuzcha «passaj» — bu, yo‘lak, o‘tish demak. Darhaqiqat, passajni ijro etayotganida mug‘anniy, birinchidan, go’yo bir registrdan boshqasiga shitob bilan o‘tadi, ikkinchidan esa passajlar ko‘pincha asarning turli mavzularini o‘zaro birlashtiradi. To‘g‘ri, XIX asr musiqasida va biz yashayotgan kunlarda bundaqangi «ko‘prukchalar» kam va tobora kamayib bormoqda.
Passaj — bu, tovushlarning shitob bilan takrorlanuvchi va yangilanuvchi galma-galligi. Siz, albatta, Rimskiy-Korsakovning «Shoh Sulton haqida ertak» operasidagi mashhur «Bolarining parvozi»ini bilasiz. Esladingizmi, xo‘sh, u qay tariqa boshlanar edi?
Rimskiy-Korsakov shiddatli, «hushtaknamo» passaj bilan kemani quvib ketayotgan arini tasvirlaydi. Ammo ushbu «hushtak»da nafis va esda qolarli kuy darj etilgan. Paganining skripka uchun kaprislari, Shopenning fortepyano uchun asarlarining passajlari nihoyatda jarangdor va mazmundor sanaladi.
 RANGLI MUSIQA MAVJUDMI?
JAVOB:Siz, qanday fikrdasiz, deylik, fortepianodan «qizil akkord»ni undirish yoki nayda «sabzarang ohang»ni chalish mumkinmi? Javobi oddiygina emas, garchi dunyoda hali qandaydir bo‘yoqqa bo‘yalmish tovushlar uchratilmagan bo‘lsada. Vaholanki, ingliz kompozitori va dirijyori Artur Bliss o‘z zamonasida «Rangli simfoniya»ni bastalagan, uning sho‘’balarini «Pushtirang», «Qizil», «Zangori» va «Sabzarang» deya atagan edi. Demak, u har holda rangli musiqa yaratgan va uning rangini ko‘rmoq mumkin ekan-da?
Biz, tagin to‘gridan-to‘gri javobdan tiyilamiz. «Ko‘rish»ga kelsak,- bu, ehtimol, his etish esa… Ayni muammo Vagner, Rimskiy-Korsakov, Skryabin singari buyuk kompozitorlarning diqqat-e’tiborini band etib keldi. Musiqa ularga ko‘pincha u yoki bu tusga chulg‘angan holatda namoyon bo‘lgan. Masalan, Rimsiy-Korsakov nazdida bir ohangdoshlik — mibemol major dengiz to‘lqinlari rangidek, boshqasi — rebemol — oltin ranglidek bo‘lib tuyulgan. O‘zining so‘nggi asarlaridan biri — «Prometey» simfonik dostonida — daho Skryabin musiqaning ranglar bilan qovushuvi haqidagi orzusini ruyobga chiqarishga urinib ko‘rgan.
Ikkinchi bir nomi «Otash dostoni» bu musiqa asari gulxan kabi ulg‘ayib boradi: pastgina olisha boshlashdan tortib gurullab yonishga qadar. O‘z niyatini amalga oshirishda dirijerga yordam bergan Skryabin dostonning birinchi sahifasida «Girashira», oxirgisida esa «Ko‘zni qamashtiruvchi porloqlik bilan» qabilidagi qayd-tavsiyalarni yozib qo‘ygandi. Afsuski, u musiqa bilan rangni birlashtirishning uddasidan chiqa olmadi: o‘sha kezlarda kompozitor orzu
qilgani singari zalni goh bir, goho boshqa rang bilan chulg‘ashga imkon beradigan baquvvat apparaturalar hali mavjud emasdi. Rost, oradan ellik yil o‘tib, hozirgi kunda muhandislar va mug‘aynniylar bu niyatni ro‘yobga chiqarishga urinib ko‘rishdi. Hosil bulgan natijani yuz foizli muvaffaqiyat deb atash qiyin. Gap faqat texnikadagina emasdida. Chunki, mabodo Skryabinning o‘ziga u yoki bu sadolar muayyan rangga chulg‘angan holatda namoyon bo‘lgan
esada, aynan shu narsa «Prometey»ning shundog‘am latif va ajoyib musiqasini idrok etishda aksariyat tinglovchilarga xalal bergan, ya’ni ularga aql o‘rgatgan bo‘lar edi.
Jahonning bir talay mamlakatlarida amalga oshirilayotgan musiqa va rangni birlashtirish yo‘lidagi ko‘p sonli tajribalar nimaga olib kelishini oldindan aytish qiyin. Qaydam, bunday urinishlarga hojat yo‘qdir aslida? Ehtimol, haqiqiy musiqa muxlisiga sehrli skripka chalinishi bilan yoki betakror sadolar jaranglay boshlashi bilan uning qalbida tug‘iladigan rangin hissiyotlarning o‘zi ham kifoya qilar?

 ENG QADIMIY MUSIQA ASBOBLARI QAYSILARI?
JAVOB:Qadim-qadim zamonlardayoq odamlar musiqa sadolari bilan ko‘ngillarini xushnud etishgan. Oltin kafaraning maftunkor sadolari oltinsoya Apollonning tashrifidan darak berar edi. Ushbu hayratangiz musiqa asbobini chalish bobida birov u bilan bellasha olmas, frigiyalik satir Mars uning bilan musiqa jabhasida tor-tishishga botinib, tayinlangan musobaqaga qo‘lida qamish nayi bilan kirib kelganida u o‘zining bunday jur’ati uchun qattiq jazolanadi.

Qadimgi Yunoniston asotirlarida ilohlar va avom musiqani nechog’li sevganlari va turfamusiqa asboblarini durust chala bilganlari haqida talay naqllar bor. Naylar, kavslar va nag‘oralarning quvnoq sadosi xushro‘y Dionis va ayonlarining serg’alva odimlariga jo‘r bo‘lar edi.
Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari qadimiy davrlarda paydo bo‘lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha hududlarida ular amalga oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan.
Yuqori paleolit (bu esa miloddan avvalgi 25-22 mingyilliklar) davrigayoq mansub bo‘lgan eng qadimiy musiqa asboblari — nay va hushtak — Vengriya va Moldova hududlaridan topilgan.Qadim-qadim zamonlarda nafaqat musiqa asboblari yasay va kuy to‘qiy olar edilar, qolaversa hatto uni nota belgilari bilan sopol jadvalchalarga — mixxatlarga yozib ham qo‘yar edilar.

MUSIQA ASBOBLARI ICHIDA ENG KATTASI QAYSI BIRI?
JAVOB:Musiqa asboblari ichida eng kattasi, albatta, organdir. Uni chalish fortepyanoni chalishga juda o‘xshash, ovoz xuddi undagidek tugmachalarni bosish tariqasida hosil qilinadi. Biroq, fortepyanodan farqli o‘laroq organ torli emas, balki puflama cholg‘u asbobidir va tugmali cholg‘u asboblariga emas, basharti oddiygina jajji nayga — Misrda 6 000 yildan ortiqroq muqaddam paydo bo‘lgan qadimiy puflama cholg‘u asbobiga qarindosh bo‘ladi. Hali murakkab musiqa asboblari mavjud bo‘lmagan qadim-qadim zamonlarda turli kattalikdagi bir necha qamish hushtaklarni bir joyga birlashtira boshladilar. Bu cholg‘u asbobi
yunon asotirlarida Pan nayi sifatida zikr etiladi.
Pan — o‘rmonlar va chakalakzorlar ilohi. Rivoyatlarda naql qilinishicha, kunlardan bir kun daryo yoqasida o‘tirgan Pan qamishga puflaydi va u orqali o‘tayotgan nafasi ohangdor sado chiqarayotganini payqab qoladi. Shunda iloh Pan har xil uzunlikdagi bir necha qamishlarni sindirib oladi, ularni birga bog‘laydi va shunday qilib ajoyib musiqa hosil bo‘ladi.
Bitta nayni chalish oson edi, chunki havo kam talab qilinardi. Birvarakayiga bir nechtasida kuy chalish esa qiyin — nafas yetishmasdi. Shu bois ajdodlarimiz inson nafasi urnini bosa oladigan mexanizmni izlay boshladi. Havoni qizdiradigan damlar ana shunda yarab qoldi. Shu tarzda, organ vujudga keldi. Asrlar kechaverdi — u ham takomillashib boraverdi. Ijro pulti yoki stol, bir-birining ustiga joylashgan bir necha tugma uyalar-klaviaturalar, ulkan
tugmalar — oyoqlar uchun pedallar paydo buldi. Klaviaturalar ustida knopkalar yasadilar. Har bir klaviaturaga bir necha o‘nlab va hatto yuzlab bir xil balandlikdagi, lekin har xil tembrda ovoz chiqaradigan quvurlar mos keladigan bo‘ldi. Ularni registr qalamchasi bilan qo‘shish va ajratish mumkindir, shunda kompozitor va ijrochining xohishiga ko‘ra organ ovoz gohi naynikiga, gohida surnaynikiga yoxud boshqa cholg‘u asboblarinikiga o‘xshab chiqa boshlaydi; u hattoki qushlarning sayrog‘iga taqlid qila olishi mumkin.
Organ, Rossiyada dunyoviy musiqa asbobi edi, chunki pravoslav kalisolarida katoliklarnikidan farqli o‘laroq uni hech qachon urnatishmagan. Hozirda organ musiqasini konservatoriyada tinglash mumkin. Ba’zida organ simfoniya yoki oratoriyaga kiritiladi.

 

TELEVIDENIYENI KIM IXTIRO QILGAN?

JAVOB:Sizga ma’lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya’ni uni yolgiz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi. Televideniyening ixtiro qilinishiga olib kelgan voqealar zanjiri 1817 yilga, ya’ni shved kimyogari Yens Berseleus selen kimyoviy elementini kashf etgan davrga borib ulanadi. Keyinchalik, selen orqali o’tkazilgan elektr tokining miqdori selenga ta’sir ko’rsatadigan yorug’lik miqdoriga bog’liқ ekanligi aniqlandi. Bu xususiyat «fotoelektr» hodisasi deb ataladi. 1875 yilda bu kashfiyot amerikalik ixtirochi G. Kerriga birinchi, hali takomillashmagan televizion qurilmani yaratish imkonini berdi, u buning uchun fotoelektr elementlardan foydalandi. Predmetning fokusini linza orqali fotoelektr elementlar bo’limiga to’g’riladi, natijada bo’limdagi har bir element cho’g’lanma lampaga o’tuvchi elektrning miqdorini o’zicha «nazorat qiladigan» bo’ladi. Predmetning xira ko’rinishi fotoelektr elementlarda aks etib, cho’g’lanma lampa sirtida gavdalanadi. Televideniye ixtirochiligida shundan keyin qo’yilgan qadam 1884 yilda Pol Nipkou ixtiro qilgan «kengaytirilgan tasvir»dir. Bunday tasvirga, bir tomondan, fotoelektr elementlar qarshisiga aylanib turadigan bir necha teshiklar ega diska hamda tomoshabin ko’z o’ngida aylanib turadigan yana bir diska yordamida erishiladi. Aslini olganda, bu ham Kerri ixtiro qilgan tuzilmaga o’xshashdir. 1923 yilda birinchi marta sim orqali tasvirni uzatishga erishildi, bunga Angliyada Berd va AKDPda Jenkins muvaffaq bo’ldi. Keyin televizion kameralar rivoji bobida ulkan odimlar tashlandi. Vladimir Zvorikin va Fil Farnsuort har biri o’zicha mustaqil ravishda «tasvir uzatuvchi trubka» deb nom olgan kameralarni yaratdilar. 1945 yilda bu ikkala trubka ham yanada takomillashtirilgan trubkalarga almashtirildi. Hozirgi televizorlarda «katod — nurli trubka» deb atalgan trubkalar ishlatiladi. Bu trubkalarda elektron pushka bo’lib, u ekran tasvirini, uzatuvchi televizion kameralardagi nurlar misoli, qayta nurlantirib nusxa ko’chiradi va natijada biz tasvirni ko’ramiz. Albatta, yuqorida aytilganlardan Siz televideniye qanday ishlashi to’g’risida batafsil ma’lumot ololmaysiz, biroq ular turli mamlakatlardagi odamlar tomonidan hozirgi zamon televideniyesini bunyodga keltirish yo’lida naqadar har xil ixtirolar qilinganligi xususida umumiy tasavvur beradi.

Dastlabki yozuvlar qanday paydo bo’lgan Avvalboshda qadimgi misrliklar yozuvning dunyoning barcha ibtidoiy xalqlari foydalanganlariga o`xshash bo`lgan, oddiy suvratli yoxud ko`plar piktografik xat dеb ataydigan shaklidan foydalanishgan

IЕROGLIFLAR BILAN NIMALARNI YOZADILAR?

JAVOB:«Iеrogliflar» so`zi qadimgi yunonchadan taxminan «muqaddas o`yma» sifatida tarjima qilinadi. Amalda esa bu, misrliklar qadimiy yozuvining to`lasincha oydinlashmagan nomidir. Nomlanish bunday yozuvlarni ilk daf’a ko`rgan
yunonlar ularni kohinlar еzgan muqaddas matnlar dеb o`ylaganlaridan kеlib chiqan. Хaqiqatan, Misr iеrogliflari, ehtimol, bizga ma’lum bo`lgan yozuv tizimlarining bobokalonidir. Topilgan bitiklardan ba’zilari taxminan miloddan avvalgi 3000 yil bilan saxnalashtiriladi va qadimiy Misrning ularga asoslangan yozuv tili milodning I- asrlariga qadar mavjud bo`lgan.
Avvalboshda qadimgi misrliklar yozuvning dunyoning barcha ibtidoiy xalqlari foydalanganlariga o`xshash bo`lgan, oddiy suvratli yoxud ko`plar piktografik xat dеb ataydigan shaklidan foydalanishgan. Iеrogliflar oddiy suvrat bo`lib, ulardan xar biri rеal jismoniy ob’еktni namoyon etardi. Quyosh gildirak ko`rinishida, Oy xilol tarzida, suv — to`lqinli chizig`i bilan, inson — kichik figura bilan va hokazo.
Biroq bu «kriptogramma»lar ko`zga ko`rinmaydigan xodisalar, jarayonlarni, masalan, fikr, nur, kun, tunni tasvirlay olmasdi. Shu tarzda, iеrogliflar vaqt o`tishi bilan faqat ob’еktlarnigina emas, tushunchalarning ham alomatiga aylana boshladi. G`ildirak (girvat) faqat «Quyosh»nigina emas, «kun» tushunchasini ham anglata olardi; boshqa bir alomat «burilish», «yo`nalish o`zgarishi»ni ifodalardi. Bunday fikriy alomatlar idеogrammalar dеb ataladi.
Iеrogliflar rivojidagi kеyingi bosqich rеal mavjud bo`lgan buyumlar o`rnida tovushlarni aks ettirish uchun ramzlarni tasvirlashdan iborat bo`lgan. Masalan, ingliz tilida «ее» — «asalari» so`zi nafaqat hashoratni ifodalashi mumkin, qolavеrsa «bi» (ее—_), «lеl g» — «yaproq» ham «lif» (Sh) tovushi sifatida jaranglashi ham mumkin. Ular birikkanda «VеNе1» — «e’tiqod» so`zini anglatadi. Tovushli bеlgilar sifatida qo`llanadigan bunday iеrogliflar fonogramma dеb ataladi.
Qadimgi misrliklar so`zlarni suvrat shaklida, sifatida tasvirlash mumkinmi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar ulardan istalganini yoza olar edilar.
Bu fonogrammalardan butun boshli bеlgilar turkumi maydonga kеldi, ulardan har biri faqat bitta harfni ifoda etardi. Yozayotgan paytda misrliklar ohangdoshlardan foydalanishgan. Masalan, inglizcha «yppk» (ichmoq) so`zi “ygpk” sifatida yozilgan bo`lur edi (tabiiy, qadimgi misrliklar o`z tilida yozishgan).
Misrliklar, bundan tashqari, yozuvda eskirgan bеlgilar — idеogrammalar, fonogrammalar va piktogrammalar qo`llanishini saqlab qoldilar. Vaqt o`tishi bilan bu narsa yozma nutqni shu qadar murakkablashtirib yubordiki, avom ko`pincha uni tushuna olmas edi!

STЕNOGRAFIYANI KIM IXTIRO QILGAN?

JAVOB:Siz, xuddi gapirganingiz singari tеz ham yoza olasizmi? Hoyna hoy, yoq?. Biroq juda ko`p hollarda so`zlarni ular talaffuz etilgan tartibda, ustiga-ustak, tеz maromda yozib borish talab etiladi. Bunday vazifani hal etish yo`llaridan biri — stеnografiya tarzida yozishdir.
Stеnografiya, agar qisqacha aytadigan bo`lsak,— bu, shartli bеlgilar bilan tеz yozish usuli. Bu, butunlay so`zlarga o`xshamaydigan bеlgilar kеyinchalik ushbu bеlgilar tizimi bilan tanish bo`lgan odam tomonidan aniqlab o`qilishi mumkin. Stеnogramma yozuvda aniqlikni, taxografiya — tеzlikni, braxigrafiya — qisqalikni taqozo etadi.
Stеnografiyalash — bu, zamonaviy ixtiro, dеb taxmin qilish mumkin, aslida esa uning yoshi 2000 yilga yaqinlashib qoldi! Qadimgi Rim zamonida notiqlar (Sеnеkadеk, masalan) sеnatda katta ma’ruzalar qilishgan. Ularni tеz va aniq yozib borish kеrak edi. Tiro dеgan rimlik miloddan avvalgi 63 yilda ma’ruzalarni yozib borish uchun shartli qisqartmalar tizimini o`ylab topdi.
Tizim shu qadar qulay ediki, uni Rim maktablarida o`qitishar, impеratorlar undan foydalanishar edi: u bir nеcha asrlar davomida saqlanib qoldi. Tizim asosida so`zlardagi dastlab-ki harflar, qisqartmalardan foydalanish yotadi. Bu, abbrеviaturaning o`ziga xos ko`rinishi. Abbrеviaturada faqat undosh harflar qo`llanadi. U shunday bir yo`sinda yoziladiki, uchta har xil yo`nalishni band qiladi va unga bogliq ravishda qaysi unli harf undoshdan kеyin kеlishi kеrakligi tushunarli boladi.
Zamonaviy stеnografiya Angliyada, qirolicha Еlizavеta zamonida vujudga kеlgan. Bu tizim har bir harf 4 ta har yo`nalishda 4 oqmaga ega bo`lishiga yo`l qo`yar va boshlangich nuqta 12 ko`rinishda yozilishi mumkin edi. 1837 yilda Isaak Pitman o`zining tovushlarga asoslangan, ya’ni barcha so`zlar ular harfma-harf talaffuz etilgani kabi emas, balki qanday eshitilganiga ko`ra yoziladigan stеnografiya tizimini tavsiya qiladi. Unda 24 undoshni ifodalash uchun 26 bеlgi, shuningdеk unlilarni yozish uchun nuqtalar, punktirlar, shtrixlar mavjud. 1888 yilda ingliz Grеgg stеnografiyalash tizimini takomillashtirdi, u asosan o`sha ko`rinishda bizning kunlarimizda ham amal qilmoqda.

KRIPTOGRAFIYA NIMA?
JAVOB:Sizlardan ko`pchiligingiz qachonlardir bir-biri bilan maxfiy xabarlar almashish tizimini yaratishni xohlagani muqarrar. Bu narsa bolalar orasida ko`p uchraydi. Ehtimol, Siz harflar o`rnida raqamlarni ishlatishni shartlashib olgandirsiz. Har bir raqam alifbеning konkrеt harfiga mos kеladigan bo`ladi. Shundan so`ng bu xosraqamlardan foydalana boshlaysiz. Kriptografiya-maxfiy xosraqamlardan foydalanilgan yozuvdir. Ba’zan xosraqam — «kod» so`zi o`rnida «shifr» so`zidan foydalanishadi. Yuliy Sеzar o`z maxfiy maktublarini raqibidan asrash maqsadida shifrlar qo`llagani ham ma’lum. Bizning zamonamizda shifrlar va xosraqamlar ham davlat ishlarida, ham amaliy maxfiy yozishmalarda kеng qo`llaniladi.
Shifrlashtirishning, asosan, ikki usuli mavjud. Birinchisi matndagi raqamlar, harflar yoki boshqa bеlgilarning o`rni almashtirib qo`yilishiga asoslangan. Boshqasi esa matnli bildirishdagi harflar tartibini o`zgartirish, ularga uncha rioya etmaslikka asoslanadi.
Bu ikkala usul asosida shifrlashtirishning bitmas-tuganmas variantlari miqdorlarini yaratish mumkin. Birinchisi ancha-muncha oson va bolalar o`z o`yinlarida ko`pincha foydalanishadi. «Kod», «kodlashtirish» so`zlari kodlashtirilgan matnni o`qish paytida xat jo`natuvchida ham, uni oluvchida ham mavjud bo`ladigan maxsus xosraqamlar jadvalidan foydalanishni taqozo etadi.
Kodlar, shifrlar to`g`ridan-to`g`ri dеshifrlash — shifrsizlantirish tariqasida, ya’ni ularga kalitni topish yo`li bilan fosh etilishi mumkin. Biroq, bu ancha murakkab ish.
Kriptogrammalar (maxfiy bildirishlar)ni o`qishning ilmiy uslubi rivojlanishning yuqori darajasida va u kriptoanaliz (kriptotahlil) dеb ataladi. Kriptogrammalarni qilgan shaxs, qoida tariqasida, maxfiy matn qaysi tilda tuzilganini aniqlashi lozim. Shuningdеk matn qanday maxfiylashtirilgan: kodlashtirish yoki shifrlashtirish uslubi bilanmi yoki yo`qmi aniqlanishi kеrak. Shifrlar, kodlarni fosh etishda xarflar tilida ko`p qo`llanadigan jadvallar, tag`in ko`pdan-ko`p narsalar zarur bo`ladi.

 

KINO QAY TARIQA DUNYOGA KELGANDI?

JAVOB:Kino ibtidosi «harakatlanuvchi suvratchalar»dan boshlanadi. Suvratchalarni harakatlanishga majbur qilish uchun ancha yillar kechmog’i kerak bo’ldi va bu narsa bir talay odamlarning sa’y-harakati bilan ro’yobga chiqarildi. Harakat tassurotini yuzaga keltiradigan suvratlarni olish yuzasidan dastlabki tajribalar o’tkazilgan 1800-yillarga murojaat qilaylik-chi. Binobarin elayotgan ot suvratlari turkumini yaratish uchun bir necha kameralar o’rnatilar edi. 1880-yillarning oxirlariga kelib katushkali plyonka ixtiro etiladi. Shundan so’ng harakatning alohida, galma-gal lavxalarini turkumini suvratga oladigan kameralarni o’ylab topishadi. Bular, filmning qanday sur’atda tushirilgan bo’lsa, o’shanday tezlikda aylanadigan lavxalari edi. Bunda ekranda harakatlanuvchi tasvir hosil qilinar edi. Bular, darvoqe, «harakatga tushuvchi kartinalar» bo’lgan. Ular juda ommaviyga aylandi. Dastlab ular tevarakdagi voqelikdan tushirilgan oddiygina sahnalar edi: dengiz tulk inlari, chopayotgan ot, arg’imchok, uchayotgan bolalar, stansiyaga yetib kelayotgan poyezd. Ilk syujetli film 1903 yilda Tomas Edisonning laboratoriyasida yaratilgan edi. Uning nomi «Buyuk poyezdning o’marilishi» bo’lgan. Film katta shov-shuvga aylandi. Uni atayin qorong’ulashtirilgan chodirlarda namoyish etishardi. Qo’shma Shtatlardagi dastlabki muqim kinoteatrlar 1905 yilda Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida paydo bo’lgandi. Sohiblari ularni sinematograflar deb atashgan. Tez fursatda ular butun mamlakat bo’ylab ochildi va hamma kinoga boradigan bo’ldi. Ilk filmlarning aksariyati Nyu-York va Nyu-Jersida chiqarilar edi. Faqat 1913 yilga kelibgina Hollivudda filmlar suvratga tushira boshladilar.

 

 

 

← Orqaga qaytish

 

 

Tags

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Сентябрь 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Июл   Окт »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014