Ma’naviyat tushunchasiga berilgan ta’riflar

Ma'naviyat haqida -2014

Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi.
Islom Karimov

«Ma’naviyat» tushunchasi mazmunan juda keng qamrovli. Chunki bu tushuncha azal-azaldan rivojlanib kelgan.Uning atama sifatida shakllanishiga islom falsafasi, ilohiyot fani, keyinchalik, ayniqsa, tasavvuf ta’limoti kuchli ta’sir ko‘rsatgan. XX asrda «Ma’naviyat»tushunchasining mazmuni yanada kengaydi va dunyoviylik kasb etdi.
Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroq ekanligini ta’kidlamoq zarur. Mustaqillikka erishilgandan keyin bizning yurtimizda ham ma’naviyat masalasiga bag‘ishlangan qator kitoblar nashr etildi, maqolalar e’lon qilindi. «Vatan tuyg‘usi» kitobi mualliflari ma’naviyatni «jamiyatning, millatning va yoki ayrim kishilarning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha» sifatida ta’riflaydilar.

«Mening nazarimda, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — «ma’naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin».
«Ma’naviyat» (arabcha «ma’nolar majmuyi»). U ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiy mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish, did kabi bir necha ma’-
nolarni ham anglatadi.
Demak, ma’naviyat kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuyi. I. A. Karimov o‘zining 2008-yilda nashrdan chiqqan «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» nomli yangi asarida: «Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir», — deb yozadi. Ma’lumki, Yevropa falsafasi «axloq», «ruh», «iroda», «go‘zallik» kabi tushunchalarni tadqiq etishda beqiyos natijalarga erishgan, teran tadqiqotlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ma’naviy hayotni yaxlit holda emas, bo‘lib o‘rganish an’anasiga sodiq qolgan. Chunonchi, Germaniya olimlari fikricha, Gegel ta’limotida «ruh», Shopengauyer ta’limotida «iroda» borliqning o‘zagi sifatida ahamiyat kasb
etadi.
Bundan tashqari, hindcha (forscha) «ma’nas» so‘zini ham shunga qiyoslaydilar. Ma’naviyat tushunchasining mohiyatiga ko‘ra ham unga bir qator ta’riflar beriladi: ilohiy deb bilish; mafkuraga yondosh deb bilish; ma’naviy madaniyatning sinonimi deb bilish; ma’naviy qadriyatlarning yig‘indisi deb bilish. Mazkur ta’riflarning bir-biriga o‘xshash tomonlari
ko‘p. Lekin bir-biridan farqli jihatlari ham mavjuddir.
Ma’naviyat — odamning ruhiy va aqliy olami yig‘indisi. Ma’naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topib boradi va aksincha, ma’naviyatning qashshoqlashuvi jamiyat tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir.
Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish — ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xosdir. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamga xos fazilatdir.
Ma’naviyat — jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Hozirgi kunda ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor berilayotganining boisi ana shunda.

Alisher Navoiy «ma’no ahli» deganda haqiqat yo‘liga kirgan komil insonni nazarda tutgan. Ma’rifat ilm, irfon va maorif demakdir. Shunday ekan, ma’naviyat insonning ruhiy olami bilan chambarchas bog‘liq tushunchadir. Ma’naviyat insoniyatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvati ekan, binobarin, jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa, mamlakat shuncha tez ravnaq topadi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlashadi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar qazilma boyliklari, yer-suvi bilan gullab-yashnayotgani yo‘q, ular xalqining ma’rifati, aql-idroki bilan XX asrda o‘ziga xos o‘rin tutdi. Ma’naviyati qashshoq xalq hech qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni istamagan, mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat tizimini yaxshi yo‘lga qo‘ymagan xalqning shon-shavkati oyoqosti bo‘ladi, jahon hamjamiyatidagi o‘rni yo‘qoladi.

Ma’naviyat asoslari. Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.— T.: «Turon-Iqbol», 2010.

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Октябрь 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен   Ноя »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014