Til- millatning faxri

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/10/oktabr.gif

«Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni jipslashtiradi».

I.A.Karimov

Til – insonlar o`rtasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa, fikr ifodalash va jamiyat a’zolarining bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi.
Bugungi yer yuzidagi tillar ko`p asrlar mobaynida murakkab tarixiy jarayonlarni kechirish natijasida vujudga kelgan. Shulardan biri tillarning ajralish (differentsiatsiya) jarayonidir.
Masalan, hozirgi turkiy tillar qadimda bir til bo`lib, ular umumturk tilining bo`linishi natijasida vujudga kelgan.

Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish nazariyalari bilan bog`liq. Platon «til tabiiy suratda kelib chiqqan» deb da’vat qilsa, Demokrit «o`zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o`zlari yaratgan, u xudoningmas, balki odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi.
Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog`liq, tilsiz tafakkur bo`lmaydi, ular o`zlarining yuzaga kelishida ham, rivojlanishida ham bir-biridan ajralmasdir. Barcha xalqlarning ma’naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, urf-odatlarida va ruhiyatida o`z ifodasini topadi.
O`zbek tilini rivojlantirishda buyuk olimlarimiz Maxmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur vatandoshlarimizning o`rni beqiyosdir.
Bizning ona tilimiz – o`zbek tili qadimiy tillardan bo`lib, dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga to`g`ri keladi (Urxun-Enisey yozuvlari).
O`zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg`ariy-ning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo`lmish “Javohurun nag`hv fi lug`ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug`otit turk» asarlaridir.
Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari muqaddima va lug`atdan iborat. Muqaddimada olim so`zlar-ning tuzilishi, turk qabilalari tabaqalarining nomini, turk tillarining bayonini beradi. Bu asar o`sha davrdagi O`rta Osiyo xalqlari tarixi, turmushi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyotini o`rganishda eng noyob manbadir. “Devonu lug`otit turk”da turkiy xalqlardan tashqari arab, fors, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor.
“Devonu lug`otit turk” asarida turkiy xalqlar og`zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ziyod she’riy parchalar, maqollar, hikmatli so`zlar va lavhalar berilgan.
Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (ba’zi manbalarda 3000-7000 oralig`ida) jonli til borligi ma’lum.
O`zbek tili uzoq va boy tarixga, shuningdek, eski yozuvga ega bo`lgan tillardan biridir. Uni ilk marta asosli tekshirgan olim Alisher Navoiydir. U o`zining «Muhokamatul-lug`atayn» asarida lug`at tili, ya’ni eski o`zbek tilining leksik boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Navoiy asarlarining tilini o`rganish u hayot-ligidayoq boshlangan edi. Ammo o`sha davrdagi manbalar-ning oz qismi bizgachayetib kelgan. Turkiy xalqlar boy milliy madaniyatga va adabiyotga ega. Turkiy til jahondagi eng qadimiy adabiy tillardan hisoblanadi, unda lug`at boyligi ham beqiyos hisoblanib, ko`p asrli tarixga ega. Bu tilda har qanday murakkab va nozik tushunchalarni ham ifodalay olish mumkinligini XV asrdayoq buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o`zining butun ijodi bilan isbotlab va turkiy dunyoni adabiy til darajasida «yakqalam» qilib shunday degan edi:
Turk nazmida chu men tortib alam Ayladim ul mamlakatni yakqalam
(“Lisonut-tayr”)

Ming yillar davomida yagona til bo`lib kelgan turkiy til XX asrda yigirmadan ko`p alohida milliy tillarga bo`lib yuborilganligi oqibatida madaniy meros ham bo`lib tashlanganligi turkiy xalqlar tili va madaniyati ravnaqiga o`ta salbiy ta’sir ko`rsatdi.
Istiqlol tufayli turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlardan ko`plari lisoniy rivojlanishini belgilashda mustaqillikka erishdi.
O`zbek tili tarixini o`rganish asosan, mamlakati-mizda 1950 yillardan boshlangan. 1958 yilda Til va adabiyot institutida «O`zbek tili tarixi» sektorining tashkil etilishi bilan O`zbekistonda bu sohaning rivoj-lanishida katta imkoniyat yaratildi.
Biroq, tildagi taraqqiyot, rivojlanish to`xtovsiz davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu ma’noda aytadigan bo`lsak, sobiq sho`rolar imperiyasi davrida ko`pgina xalq-larning tili siquv doirasida qolgan, ya’ni asta-sekin o`z kuch-qudratidan mahrum bo`la borgan.
Bu davrda olib borilgan ruslashtirish siyosati natijasida ko`plab shaharlik o`zbek oilalari farzandlarini rus maktablarida o`qitdilar. Ularning ko`plari o`zbek tilini mutlaqo tushunmaydilar yoki bo`lmasa chala biladilar. Bu bilan biz til o`rganmasin demoqchi emasmiz. Ammo shu yerda haqli ravishda savol tug`iladi: o`z ona tilida gapirmagan millat vakilida milliy iftixor, vatanparvar-lik hissiyotlarini anglash qay darajada bo`lishi mumkin? U milliy manfaatlarni tushunadimi, himoya qila oladimi?
Bunday hol XX asrning 80-yillaridan so`ng ko`pchilikni tashvishga sola boshladi. O`zbekistonda davlat tili o`zbek tili bo`lsa ham asosan rus tili hukmron edi. O`sha murakkab davrda davlat tili haqida maqbul tarzda qonunning qabul etilishiga, uning bosqichma-bosqich amalga oshirilishining kafolatlanishida Prezidentimiz Islom Karimov bosh bo`ldi. U «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida milliy g`oya, milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi asosiy omillarni sanab o`tar ekan, milliy til va uning milliy mafkuradagi o`rni masalasiga alohida e’tibor qaratib, shunday deydi: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar».
Shunday ekan ona tilimiz, o`zbek tili – davlat tilini yanada rivojlantirish, yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish va ularning qiziqishini oshirish uchun butun jamiyat hamkorlikda ishlashi lozim.
Millat ma’naviyatini va milliy o`zligini anglashda, milliy g`urur va iftixorning o`sishida tilning ahamiyati katta. Til orqali millatning ruhi, madaniyati va tarixini, milliy xususiyatlarini tushunish mumkin. Til – bu millatning muhim va barqaror belgisi, uning mavjud-ligi, rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir. Kishi tug`ilganda u yoki bu xalqqa xos xarakterga ega bo`lmaydi. U muayyan bir millat vakillari orasida o`sib-ulg`ayib va tarbiyalanib, shu xalqqa xos bo`lgan fazilatlarni, ruhiyatni, dunyoqarashni o`zlashtiradi. Bu jarayonda har bir millatning o`ziga xosligini, milliy ruhiyatini, xarakterini, jipsligini saqlab turgan madaniy-tarixiy tajribasi til vositachiligida avloddan-avlodga yetkazib turiladi.
Tilning lug`at tarkibiga qarab millatning hayoti, tarixi, turmushi, ma’naviy dunyoqarashi haqida tasavvurga ega bo`lishi mumkin. Zero, xalqning tilida faqat shu millatga tegishli bo`lgan voqea, buyum, hodisalar uchun so`z mavjud. Shunday ekan, odam o`zi tushunmaydigan so`zdan ta’sirlanmaydi, zavq olmaydi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, begona tilni o`zlashtirgan va doimo unda muloqotda bo`ladigan odamga til bilan birga o`sha millatga tegishli bo`lgan xususiyatlar, ruhiyat, xarakter, dunyoqarash va hatto, shakl-shamoyil ham o`tar ekan.
Demak, xalqning tili milliy o`zlikni anglash jarayoniga ham bevosita ta’sir qiladi. Til ulkan, bebaho madaniy boylikdir. Bu boylik ajdodlar tomonidan uzoq yillar davomida yaratiladi, sayqal topadi va ajdodlarga bir javohir misolyetkaziladi.

Milliy til yashasagina milliy davlatchilik, madaniyat rivojlanadi, millat o`zligini anglay oladi.
O`zbek tiliga davlat maqomi berilgandan keyin u ehtiyoj doirasiga kirdi. Unga nafaqat mutaxassislar, balki keng jamoatchilik amaliy zarurat yuzasidan yondosha boshladi. Davlat tilini yangilanish jarayonida ziyolilar g`oyat faollik bilan ish olib bordi.
1989 yil 21 oktabr- «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi.
O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berish haqidagi qonun kuchga kirgan vaqtdan ya’beri vatanimizning barcha hududida har yili 21 oktabr kuni til bayrami nishonlanadi.
Respublikamizda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan davrda lotin harflariga asoslangan o`zbek alifbosini qayta tiklash masalasi o`rtaga qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi 1993 yil 2 sentabrdagi qonun asosida qabul qilingan, ushbu qonunga 1995 yil 6 mayda o`zgartishlar kiritildi.
Yangi tahrirdagi davlat tili qonunining afzal tomonlari juda ko`p bo`lib u quyidagilarda o`z ifodasini topgan:
1) u milliy istiqlol g`oyalaridan kelib chiqqan holda shakl va mohiyat jihatdan yangilangan;
2) xalqimizning xohish-istaklarini hisobga olib, tushunish va talqin qilishga qulay bo`lishi uchun til hamda uslub jihatdan soddalashtirilgan;
3) uning huquqiy asoslari aniqroq, qat’iyroq va amaliyotga joriy qilishga muvofiq darajada bayon qilingan.
Har qanday davlatda milliy o`zligini anglash qanchalik yuqori bo`lsa, tilga e’tibor shunchalik oshadi.
Hozirgi kunga kelib qabul qilingan qonunlar o`z ifodasini topdi va yuqori natijalar ko`rsatmoqda. 2005 yil sentabr oyidan barcha tashkilot va muassasalar o`z hujjatlarini va ish faoliyatlarini lotin alifbosida olib borishni boshlaydilar.
Zero milliy o`zligini anglab yetgan, milliy qadriyatlarini tiklagan xalqgina mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi, shunday millatning kelajagi porloq bo`ladi.
O`zbek tili o`z vatanida davlat maqomida mustahkam turishi uchun uning jahon tillari ichida munosib o`rin egallashiga erishishimiz lozim. Buning uchun yoshlarimizda davlat tili siyosatini kelajagi buyuk davlat nuqtai nazardan yuksak darajada anglabyetish tuyg`usini uyg`otishimiz zarur. Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug`vor ahamiyat kasb etadi.
Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o`rtasida asosiy aloqa vositasi bo`lib kelgan. Inson tug`ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo`ladi va singib boradi.
Milliy istiqlolning birinchi sharti milliy til — ona tilining mustaqilligidir. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 25 yil to`ldi.
Til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. O`zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o`zbek tilini o`rganib, shu tilda yerli aholi bilan muloqotda bo`lishi, madaniyatni, urf-odatni, an`analarni hurmat qilishi, yurt egalariga bo`lgan ularning ehtiromi, baynalminalligining ifodasidir.

Til- millatning faxri
Dunyo ishi sho`x mavjlanadir ona tilimda,
Har bir so`zi yuz ma’noli durdona tilimda.
Izhori ko`ngil chog`i ipak tovlanadir ul,
Burroyu go`zal, g`olibu mardona tilimda.
Do`stlarni shirin davrasida shahdu shakardir,
Har jilvasi bir gulxanu gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
Har shevasi bir qasr ila koshona tilimda.
Dunyoda bor ilmu hunar unda jilobaxsh,
So`ngsiz xazina, qomusu afsona tilimda…
Jumaniyoz Jabbarov.

 << bosh sahifaga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Октябрь 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен   Ноя »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________