Buyuk qudrat egasi

image-muzey-1 AMIR TEMUR-image image-muzey-2

 

Amir Temur — xalqimiz dahosining timsoli,
ma’naviy qudratimiz ramzidir.

ISLOM KARIMOV

Sohibqiron Amir Temur ilmu-fan, madaniyat va san’at ahliga har taraflama rag’bat ko’rsatib, qulay shart-sharoitlar yaratib ularning ijodkorlik ishlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashgani tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan.

Amir Temur o’zining ko’p yillik faoliyati davomida jamiyatning iste’dod sohiblarini qadrlab, ularning keng ko’lamli bunyodkorlik ishlariga jalb etibboradi. Temuriylar davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo’lgan Movorounnahrning, ayniqsa, Samarqandning obodligiga alohida ahamiyat beradi. Temuriylar davlatining qudrati dunyo nazarida me’morchilikda namoyon bo’ldi. Amir Temur bobomiz: “Kimki bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, biz qurdirgan imoratlarga boqsin”, deb bejiz aytmaydi. Sohibqiron o’zining har bir zafarli yurishini – muhim voqea,
sevinchli hodisa, deb muhtasham me’morchilik obidasini barpo etish bilan nishonlagan. Shu muqaddas bosib olingan o’lkalardan olib kelingan mohir va mashhur hunarmandlar qatorida mahalliy ustalar mamlakatda go’zal imoratu inshootlar bino qiladilar. Amir Temur harbiy yurishlarida Tabrizda masjid qurdiradi, Sherozda saroy barpo etadi, Bag’dodda esa madrasa binosini tiklasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdiradi.

Amir Temur o’zining saxobati va himmatini oliy imoratlari qurdirishda ko’rsatadi. SHaxrisabzda otasi va o’g’li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdiradi. Katta jome’ masjidini bunyod etdi. SHuningdek, dunyoga dong’i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko’tardi. Bu muhtasham saroyning peshtoqi, ravoqlari va devorlari zangori, oltin rangdagi arabiy naqshli qoshinlar, guldor o’ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasida ham “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan imoratlarimizga boq”, degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan. Bu maqbara musulmon Sharqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Mo’g’illar bosqini davrida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Sohibqiron Amir Temur davrida o’zining qadimgi o’rnidan birmuncha janubroqda boshdan-oyoq yangicha usulda qayta qurildi. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal’a devor bilan o’rab chiqildi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar bino qilindi. Ko’ksaroy to’rt qavatli bo’lib. gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshlar va guldor parchinlar bilan qoplanganligi uchun ҳam Ko’ksaroy nomi bilanlan shuҳrat qozondi. Ko’ksaroyda xonlarni podshoҳlik taxtiga o’tkazish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga o’tkaziladigan toshdan taxt kursi — Ko’ktosh qo’yilgan edi. Bulardan tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog’lar yasaydpgan ustaxona va aslaҳaxona, tangalar chiqariladigan zarbxona kabi xonalar mavjud edi.
Amir Temur diqqat-e’tiborini Samarqandda saroylar, masjidlar madrasalar, maqbaralar qurdirishga qaratdi. SHahar tashqarasida esa bog’-
rog’lar barpo etadi. Samarqandda bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning olib borayotgan bunyodkorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohi-Zinda kabi me’moriy yodgorlik ,,Bibixonim’’ jome’ masjidi qurilgan. Bu davrda Samarqand yangi, ko’rkam va muhtasham binolardan tashqari, turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari ko’paydi. Amir Temur bu mahallalardagi hunarmandlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Sohibqiron Amir Temur tomonidan yaratilgan jannatmakon bog’lar xayoli bo’lmasdan voqelikdagi real haqiqat edi. Bu narsa Temurning bog’dorchilik san’ati haqida tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlarda alohida qayd etilgan. Mohir me’mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehnati, mohorati bilan barpo etilgan Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Shamol, Bog’i Bihisht, Bog’i Baland, Bog’i Nav, Bog’i Jahonnoma, Bog’i Maydon kabi chorbog’lar va ulardagi go’zal ko’kishlar o’sha davr san’atining namunalaridandir. Barpo etilgan bog’lar tuzilishiga ko’ra 2 turga bo’lingan. Birinchi turdagi bog’lar har tomoni taxminan 1 km. masofaga cho’zilgan to’rtburchak shakldagi chorbog’lardir. Ikkinchi turdagi bog’lar geometrik shaklda bo’lmay, tabiiy daraxtzorlar va chakalakzorlar bag’rida barpo etilgan. Bunday bog’lar hukmdor shikor qilishi uchun mo’ljallangan. Bu turdagi bog’larning o’simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo’lgan.
Temur va temuriyzodalar davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy meroslar Markaziy Osiyo Uyg’onish davri madaniyati taraqqiyoti, shuningdek, undan keyingi davrlarda muhim ahamiyatga ega ekan, bunday ulkan merosni asrab-avaylash, bizlarning hamda kelajak avlodning burchidir.

“Yosh kuch” jurnalidan

 Yuklab olish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Ноябрь 2014
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Окт   Дек »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014