Январь 2015

You are currently browsing the monthly archive for Январь 2015

Tug'ilgan kunni hisoblash

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ko’rik-tanlov bo’yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bo‘lib, u orqali “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud.
Ko’rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va ro‘yxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti”) bo‘yicha tashkil etildi.
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o’quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan.  Next »

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2015
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Дек   Июн »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________