Mening tarixchi.zn.uz saytim “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanlovining 2-nominatsiya «Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti» yo’nalishi bo’yicha Respublika bosqichi LAUREATI bo’lganligi uchun diplom bilan taqdirlandi.

Tug'ilgan kunni hisoblash

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ko’rik-tanlov bo’yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bo‘lib, u orqali “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud.
Ko’rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va ro‘yxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti”) bo‘yicha tashkil etildi.
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o’quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan. 
Veb-saytlar dizayni, mazmun boyligi va aktualligi, pedagogik ahamiyati, interaktivlik va qayta-aloqa, bajarilish sifati kabi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi.
Tanlovga biriktirilgan hakamlarning xulosasiga ko‘ra, “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Navoiy viloyati Navoiy shahar 11–Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabning www.11-maktab.uz veb-sayti ijodkorlari qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqa’la tumani 22–umumiy o‘rta ta’lim maktabining www.22-school.uz veb-sayti mualliflari, uchinchi o‘rinni esa Jizzax viloyati tassarrufidagi «Umid» IDUM – Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining www.umid.zn.uz  xodimlari veb-sayti egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Surxandaryo viloyati Termiz tuman 4-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Xodjakov Azamat Baxtiyorovich www.azamat.uz sayti sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulshoda Abdullayevaning www.learnenglish.uz sayti ikkinchi hamda Jizzax viloyati Jizzax shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Uyg‘un Raximovning  sayti www.mehnatdarsi.zn.uz uchun uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
“Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasida birinchi o‘rinni Бухоро viloyati Бухоро shahridagi 10-umumta`lim maktabining o‘quvchisi Adiz Ergashevwww.buxoro-10maktab.uz, ikkinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati Termiz shahar 1-umumta`lim maktabi o‘quvchisi Shoxruxbek Boborahimovwww.shohruxbek.mahorat.uz va uchinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 35-umumta`lim maktabi o‘quvchisi Ikrom Musajonovlarwww.35maktab.zn.uz saytlari uchun oldilar.
Tadbir so‘ngida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.