Do’stlik TXTMFMT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Nurg’oziyev Shuhratning «Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish» deb nomlanuvchi metodik qo’llanmasidan

8-sinf O’zbekiston tarixi fanidan har bir mavzular uchun mo’ljallangan test savollari

BIRINCHI BOB.

1-§.TEMURIYLAR DAVLATINING INQIROZI.

1.XV-XVI asrlarda Movarounnahrda qanday siyosiy vaziyat mavjud edi?
a)Markazlashgan davlat tuzish an’analari kuchaydi
b)Movarounnahr bir nechta mustaqil viloyatlarga bo’linib ketdi.
c)Mahalliy hukmdorlarning o’zaro urushlari ancha kamaydi.
d)Movarounnahrni Xuroson hokimlari bosib oldi. e) a va c javoblar to’g’ri
2. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etgach,Xuroson taxtiga kim o’tirdi?
a)Badiuzzamon mirzo
b)Muzaffar mirzo
c)Abu Sa’id
d)a va b javoblar to’g’ri.
e)Husayn Boyqaro vafot etgach,bu sulola vakillaridan hech kim yo’qligi uchun Shayboniylar sulolasi taxtga keldi.
3.Sulton Husayn Boyqaro davrida Xurosonda…….
a)Mamlakatda to’liq osoyishtalik o’rnatilib,davlatning xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak edi.
b)Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalgam oshirildi va Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi.
c)Davlatning xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi.
d)Mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmadi e)b,c va d javoblar to’g’ri.
4.Tarixda Padarkush nomini olgan hukmdor nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
a)Abdullo mirzo
b)Sulton Abu Sa’id
c)Abdullatif
d)Mirzo Ulug’bek
e)Barchasi noto’g’ri
5.XVI asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Bobur mirzo ham chiqdi.Bu hol…………
a)Holdan toygan Temuriylar davlatini yanada jonlashtirishga olib keldi
b)Temuriylar davlatini birlashtirishga olib keldi
c)Shusiz ham holdan toygan Temuriylar davlatini yanada zaiflashtirdi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri

2-§.DASHTI QIPCHOQDA ABULXAYRXON DAVLATI.

6.XV asrda Dashti Qipchoq aholisi asosan nima bilan shug’ullanar edi?
a)Polizchilik
b)Bog’dorchilik
c)Baliqchilik
d)Chorvachilik
e)Dehqonchilik
7.Dashti qipchoq qabilalari kimning hukmronligi davrida islim dinini qabul qildi?
a)Shayboniyxon
b)O’g’izxon
c)O’zbekxon
d)To’xtamoshxon
e)Abulxayrxon
8.Abulxayrxon barpo etgan davlatning inqirozga uchrashining sababi nimada?
a)Birlashtirishning mustahkam iqtisodiy negizi yaratilmaganligi
b)Qabila boshliqlarining doimo mustaqillikka intilishi
c)Abulxayrxonning Oltin O’rda bilan mustahkam qo’shnichilik aloqalarini o’rnata olmaganligi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri
9.”Boburnoma” asarida “Shayboniyxon” deb berilgan nom qanday ma’noni anglatadi?
a)Kuch-qudrat egasi
b)Buyuk
c)Buyuk kuch-qudrat egasi
d)a va b to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri
10.Qanday sabablarga ko’ra Shayboniuxon hukmdor bo’lmasidan avval ham Movarounnahrda homiylarga ega bo’la olgan edi?
a)Temuriylarning ichki kurashlarida goh u hukmdorga,goh bu hukmdorga o’z qo’shini bilan xizmat qilgani uchun
b)O’z davrining atoqli shoiri bo’lgani uchun
c)Harbiy musobaqalarida o’zining barcha raqiblarini mag’lub eta olganligi uchun
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri

3-4§§.BOBURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI.

11.Bobur mirzo necha yoshida va qaysi yili hokimiyatga o’tkazildi?
a)14 yoshida,1496-yilda
b)12 yoshida,1495-yilda
c)12 yoshida,1494-yilda
d)13 yoshida,1495-yilda
e) Barcha javoblar noto’g’ri
12.1501 yilning bahorida Bobur va Shayboniyxon qo’shinlari o’rtasidagi jang………
a)Bir-biriga dushman tomonlar o’rtasida tinch shartnomaga imzo qo’yilishi bilan yakunlandi
b)Shayboniyxon Bobur mirzoning qaqshatqich zarbasiga duchor bo’lishi bilan yakunlandi
c)Boburning mag’lubiyati bilan tugadi
d)Shayboniyxonning Xitoyga yurishini tezlashtirdi
e)Shayboniyxon uchun hech qanday ijobiy natija bermadi
13.Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang qaysi shahar atrofida bo’ldi?
a)Samarqand yaqinida
b)Buxoro atroflarida
c)Kesh atroflarida
d)Marv yaqinida
e)Termiz atroflarida
14.Bobur mirzo qachon va kimdan Samarqand taxtini birinchi marta tortib oldi?
a)1497-yilning noyabr oxiri,Boysung’ur mirzodan
b)1499-yil,Xusravshohdan
c)1495-yil,Sultonali mirzodan
d)1500-yil,Shayboniyxondan
e)Barchasi noto’g’ri
15.Shayboniyxon Samarqandni qachon urushsiz egalladi?
a)1500-yilda
b)1499-yilda
c)1503-yilda
d)1497-yilda
e)1501-yilda

5-§.ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR.

16.”Bobur o’zbek xalqining buyuk farzandi,milliy g’ururidir”.Bobur haqidagi ushbu jumlalar kimga tegishli?
a)I.Karimov
b)J.Neru
c)M.Gandi
d)I.Gandi
e)P.Qodirov
17.Bobur jang qilishda turklarning qaysi usulini ko’proq qo’llaganligini toping?
a)”To’lg’ama”
b)”Otliq qo’shinni unumli ishlatish”
c)”Pistirma qo’yish”
d)”Izofadan keng foydalalish”
e) Barcha javoblar noto’g’ri
18.Bobur ismining lug’aviy ma’nosi?
a)Kuch-qudrat egasi
b)Buyuk
c)Yo’lbars
d)Omad keltiruvchi
e)Sher
19.Boburning Hindistonda asos slogan “Boburiylar”sulolasin necha yil hukm surdi?
a)330 yil
b)333 yil
c)342 yil
d)332 yil
e)331 yil
20.Bobur mirzo………….
a)Hindistonda buyuk saltanatga asos solgan mohir sarkarda
b)Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir,mashhur tarixchi olim
c)Yirik bastakor
d)a va b javoblar to’g’ri
e)a,b va c javoblar to’g’ri

6-§.MUHAMMAD SHAYBONIYXON-MOVAROUNNAHR HUKMDORI.

21.1503-yili Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagach,ushbu shaharlarga Ko’chkunchi Sulton va Suyunchixo’jani hokimlikka tayinlaydi.Ushbu tarixiy shaxslarning kelib chiqishini aniqlang? ( Ko’chkunchi Sulton va Suyunchixo’ja)
a)Ular Abulxayrxonning farzandlari edilar
b)Ular Mirzo Ulug’bekning nabiralari edilar
c)Ular Shayboniyxonning amakilari edilar
d)a va c to’g’ri
e)Barcha javoblar to’g’ri
22.Shayboniyxon tamonidan 1506-yilda qaysi shahar egallangan?
a)Buxoro
b)Hirot
c)Toshkent
d)Balx
e)Urganch
23.Eronda shialikni hukmron mazhabiga aylantirgan hukmdorni aniqlang?
a)Hasan Saboh
b)Nodirshoh
c)Ismoil Safaviy
d)Nasriddinshoh
e)Barchasi noto’g’ri
24.Dashti qipchoqda Shayboniyxonning nufuzi oshib,hokimiyati kuchayib borishiga sabab bo’lgan omillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi va u yerda vujudga kelgan beqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan ustalik bilan foydalana olganligi
b)Movarounnahr zadagonlari,ruhoniylari va umuman aholining yuqori qatlamlari ma’lum toifasining ham o’z maqsadlari yo’lida Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganligi
c)Dehqonchilik,hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi aholisi bo’lgan yerlar bosib olinishi,o’troq hayot tarziga o’tib dehqonchilik,hunarmandchilik bilan shug’ullanishiga imkon beradi,debhisoblagan ko’chmanchilar oddiy qatlamlarining ham Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganliklari
d)Abulxayrxondan keyin tarqalib ketgan turli qabilalarning Shayboniyxon atrofida birlashishga intilishlari va istilochilik urushlari natijasida yangi-yangi yerlar bosib olinishidan manfaatdor bo’lgan ko’chmanchi qabilalar yetakchilari va ayrim ruhoniylarning kuchli yollangan lashkarga ega bo’lgan Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganliklari
e) Barcha javoblar to’g’ri
25. Shayboniyxon va Shoh Ismoil o’rtasidagi diplomatik muzokarada Shaybonuyxon qanday talablarni ilgari surgan edi?
a)Shialikka va 12 imom nomini xutbaga qo’shib o’qitishga tezda barham berilishini talab qildi
b)Z.M.Boburni tiriklayin ushlab,o’z huzuriga yuborish talabini ilgari surdi?
c)Shoh Ismoil Safaviyning Makkaga borib,tavba-tazarru qilishini hamda Shayboniyxon nomini xutbaga qo’shib o’qitishni talab qildi d)a va b to’g’ri
e)a va c to’g’ri

7-§.SHAYBONIYLAR DAVLATI.

26.Quyidagilardan Shayboniylar sulolasiga mansub hukmdorlarni aniqlang?
1)Ko’chkunchixon 2)Ahmadshoh 3)Navro’z Ahmad 4)Pirmuhammad
5)Farrux Suyar 6)Bedorbaxt 7)Iskandar Sulton 8)Abdulmo’min
a)1,4,6,8
b)1,2,3,4,8
c)2,4,5,6,7
d)1,3,4,7,8
e)1,2,3,4,5,6,7,8
27.XVI asrning 30-yillarida Shayboniylardan bo’lgan eng ta’sirli,obro’yli xon kim edi?
a)Abdullaxon
b)Muhammad Temur
c)Mahmud Sulton
d)Navro’z Ahmadxon
e)Ubaydullaxon
28.Shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlatlarini XVI asrda nima deb ataladigan bo’lgan?
a)Dashti qipchoq
b)Samarqand
c)Buxoro xonligi
d)Buxoro amirligi
e)Qo’qon xonligi
29.Davlatchiligimiz tarixida A.Temurdan keyin yirik markazlashgan davlat barpo eta olgan hukmdor nomini aniqlang?
a)M.Ulug’bek
b)Abdullaxon II
c)Shayboniyxon
d)Ubaydullaxon
e)Pirmuhammad
30.”Uning davlati va xalifati zamonida Movarounnahr ayniqsa Buxoro viloyati gullab-yashnadi”-tarixchi Hofiz Tanish Buxoriyning ushbu jumlalarida qaysi hukmdor haqida so’z ketayotganligini aniqlang?
a)Ubaydullaxon
b)Shayboniyxon
c)Abdullaxon II
d)Ko’chkunchixon
e)a va d to’g’ri

8-9-§§.IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT.

31.5,2 grammli kumush tangalarni Shayboniylardan kim va qachon muomulaga kiritdi?
a)Ubaydullaxon,1535-yilda
b)Abdullaxon I,1541-yilda
c)Shayboniyxon,1507-yilda
d)Shayboniyxon,1505-yilda
e)Ko’chkunchixon,1515-yilda
32.M.Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida birinchi qanday islohotlarni o’tkazdi?
a)Mamlakatda ta’lim sohasida islohot o’tkazdi
b)Yaroqsiz yerlarni ishga tushurdi
c)Davlat boshqaruvida “Suyurg’ol”tizimini joriy etdi
d)Pul islohotini o’tkazdi
e)a,b va c javoblar to’g’ri
33.M.Shayboniyxonning ta’lim sohasidagi islohotiga ko’ra ta’limning quyi bosqichi bo’lgan maktabga necha yoshdan va necha yil ta’lim berilgan?
a)6 yoshdan,2 yil
b) 6 yoshdan,3 yil
c) 6 yoshdan,24 yil
d) 8 yoshdan,2 yil
e)5 yoshdan,ta’lim oluvchilar shu maktab dasturini to o’zlashtirib olgunga qadar ta’lim berilgan
34.Shayboniylardan qaysi hukmdor davrida sun’iy sug’orish ishlari ayniqsa rivojlandi?
a)Iskandar Sulton
b)Abdullaxon II
c)Abu Sa’id
d)Pirmuhammad
e)Ubaydullaxon
35.Qozikalon………….
a)Xon farmonlarini,rasmiy hujjatlarni ma’sul shaxslarga – ijrochilarga yetkazish
b)Sud ishlariga yetakchilik qilgan
c)Xonga tegishli yilqi,ot-ulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullanuvchi kishi
d)Xonning ovini tashkil etuvchi kishi
e)Qurol-aslaha xizmati boshlig’i

10-§.XVI ASRDA MADANIY HAYOT.

36.”Abdullanoma” asarining muallifi kim?
a)Kamoliddin Binoiy
b)Hofiz Tanish Buxoriy
c)Zayniddin Vosifiy
d)Mulla Shodi
e)Sultonali Samarqandiy
37.”Ubaydiy” taxallusi bilan she’r yozgan shayboniy shox kim?
a)M.Shayboniyxon
b)Ubaydullaxon
c)Ko’chkunchixon
d)Abdullaxon I
e)To’g’ri javob yo’q
38.”Buxoro juda katta shahar,unda g’ishtlikimoratlar,serhasham binolar ko’p.Hammomlar shunday mohirlik qurilganki,ularning misli dunyoda yo’qdir ushbu ta’rifni kim aytib o’tgan?
a)Antoniy Jenkinson
b)I.D.Xoxlov
c)Ivan Buxgol
d)Bekovich-Cherkasskiy
e)To’g’ri javob yo’q
39.Mir Arab madrasasi qachon va qayerda qurilgan?
a)1577-1578-yillarda,Buxoroda
b)1557-yilda,G’ijdivonda
c)1535-1536-yillarda,Buxoroda
d)1496-yilda,Toshkentda
e) To’g’ri javob yo’q
40.M.Shayboniyxon she’riyat va tarixdan tashqari yana qanday soha bilan shug’ullangan?
a)Tibbiyot
b)Me’morchilik
c)Hattotlik
d)Muddarislik
e)Tasavvuf

11-§.MOVAROUNNAHR AHOLISINING ETNIK TARKIBI.

41.”Avesto” va arxeologik topilmalarning guvohlik berishiga ko’ra o’zbeklar kelib chiqishi bo’yicha qaysi xalqlarga borib taqaladi?
a)So’g’d,Xorazm
b)Baqtriya,Parkana
c)Shosh,Qang’
d)Qalmoq
e)a.b va c javoblar to’g’ri
42.”Ko’ngli ochiq saklar g’alla ekiladigan Osiyoda istiqomat qiladilar” –ushbu jumlalar muallifi kim?
a)Efor
b)Gerodot
c)Pompey Trog
d)Arastu
e)Pifagor
43.Nechanchi asrdan boshlab Movarounnahrda yashovchi xalqlar “O’zbek” deb atala boshlandi?
a)XI asr oxiridan
b)XII asr boshlaridan
c)XVI asr boshlaridan
d)XV asr boshlaridan
e)Mil.av.II mingyillik o’rtalaridan
44.Sh.Ali Yazdiyning “Zafarnoma” sida O’rta Osiyoda nechta qabilalar yashaganli haqida ma’lumot berilgan?
a)44
b)99
c)100
d)40
e)92
45.XVIII asrda Termiz atroflarida qaysi qabilalar istiqomat qilishgan?
a)Yuz,mang’it
b)Bahrin,boshqirt
c)Nayman,qo’ng’irot
d)Qirq,qo’ng’irot
e)Barcha javoblar to’g’ri

II-BOB.
12-§.ASHTARXONIYLAR HOKIMIYAT TEPASIDA.

46.Ashtarxoniylar sulolasi asoschisi.
a)Boqimuhammad
b)Yormuhammad
c)Jonibek Sulton
d)Dinmuhammad
e)Valimuhammad
47.Ashtarxoniylar qay tariqa hokimiyat tepasiga kelgan?
a)Shayboniylardan Buxoro taxtini egallashga qodir bo’lgan voris qolmaganligi uchun
b)Shayboniylarning davlat hayotida mavqelari kuchayib ketgan Ashtarxoniylar foydasiga taxtdan voch kechganliklari oqibatida
c)Shayboniylarga qarshi ayovsiz olib borilgan kurashlar natijasida
d)Shayboniylarning taxtdan voz kechganliklari oqibatida
e) To’g’ri javob yo’q
48.XVII asrning boshlarida Toshkentda Iskandar Sultonga qarshi bo’lib o’tgan qo’zg’olonning asosiy sabablari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Aholiga zulm o’tkazib,boj,xiroj va soliqlarni ko’paytirganligi uchun
b)Aholiga zulm o’tkazib,Imomqulixonga qarshi chiqqanligi uchun
c)Aholiga zulm o’tkazib,aysh-ishratga berilib ketganligi uchun
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)To’g’ri javob yo’q
49.Subhonqulixonga tashqi va ichki dushmanlariga qarshi kurashda kim yordam berdi?
a)Erengxon b)Anushaxon c)Mahmudbiy otaliq d)Yalangto’shbiy e)Abdulaziz
50.Abdulazizxon nima uchun taxtni ukasi Subhonqulixonga topshirdi?
a)Buxoro xonligining siyosiy,iqtisodiy ahvoli yomon bo’lgani uchun
b)Subxonqulixonning tarafdorlari ko’p bo’lganligi uchun
c)Otasining vasiyatiga ko’ra
d)b va c javoblar to’g’ri
e) To’g’ri javob yo’q

13-§.IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT.

51.Ashtarxoniylarning ikki rasmiy poytaxt nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
a)Buxoro,Xiva
b)Buxoro,Balx
c)Marv,Xorazm
d)Balx,Marv
e)Qo’qon,Buxoro
52.XVII asrda Muhammad Badi Samarqandiy tamonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan nechta ijodkorning nomi tilga olingan?
a)160
b)200
c)240
d)165
e)300
53.”Tazkirat ush – shuaro” asarining muallifi kim?
a)Mutribiy
b)Mashrab
c)Turdi
d)Subhonqulixon
e)Muhammad Balxiy
54.1670-1680-yillarda kimlarning hujumidan keyin Zarafshon vodiysi,Buxoro va Samarqand xarobazorga aylandi?
a)Savafiylar
b)Shayboniylar
c)Temuriylar
d)Boburiylar
e)Jung’orlar
55.Ashtarxoniylar hukmronligi davrida……….
a)Markaziy hokimiyat kuchsiz va iqtidorsiz bo’ldi
b)Otaliqlar vaqabila boshliqlarining mavqei o’sdi
c)Ruhoniy katta yer egalarining mavqei o’sdi
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)a va c javoblar to’g’ri

14-§.XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT.

56.Ubaydullaxon II ning 1708-yilda o’tkazgan pul islohotidan ko’zlangan asosiy maqsad to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Imoratlar barpo etish yo’lida ko’plab mablag’ zarur bo’lganligi uchun bu pul islohoti o’tkazildi
b)Hunarmandlar va dehqonlardan olinadigan soliqni ko’paytirish
c)Xazinani to’ldirish orqali markaziy hokimiyatning viloyatlardan keladigan soliq tushumlariga qaramligini pasaytirish
d)a,b va c to’g’ri
e) To’g’ri javob yo’q
57.Ubaydullaxon II ga 1711-yilning 16-martida fitna uyushtirildi va o’ldirildi.Fitna ishtirokchisi hamda bu fitna ijrochilarini saxiylik bilan mukofotlagan hukmdor kim?
a)Rajab Sulton
b)Farhod otaliq
c)Mirmuhammad Amin Buxoriy
d)Subhonqulixon
e)Abulfayzxon
58.Nima uchun katta yer egalari va Jo’ybor shayxlari Buxoro xoni Ubaydullaxonning (1702-1711) eng xatarli dushmaniga aylanganlar?
a)Ubaydullaxon davlat ichki va tashqi siyosatini belgilashda ular bilan maslahatlashmay qo’yganligi uchun
b)Xiva xonligiga qarshi kurashda qat’iyatlik ko’rsatmaganligi uchun
c)Ularni soliq to’lamaslik imtiyozidan mahrum etganligi uchun
d)Tabiiy fanlar rivojiga yo’l ochmaganligi uchun
e)a va c javoblar to’g’ri
59.Nodirshoh birinchi marta qachon Buxoroga yurish qildi?
a)1736-yil
b)1735-yil
c)1740-yil
d)1742-yil
e)1739-yil
60.”Saroy oldi atrofi tinch bo’lsa bo’lgani”-ushbu gapni qaysi hukmdor doimiy takrorlab turgan?
a)Ubaydullaxon II
b)Rajab Sulton
c)Ubaydullaxon III
d)Abulfayzxon
e)Abdulmo’min

15-§.MANG’ITLAR SULOLASINING TARIX SAHNASIGA CHIQISHI.

61.Ashtarxoniylarning eng zaif tamoni…………
a)O’zaro ichki urushlar har 15 yilda bo’lib turganligi
b)Amaldorlar va hukmdorlarning o’zaro kelishmovchiligi
c)Yagona pul birligi yo’qligi
d)Muntazam armiya yo’qligi
e) Barcha javoblar to’g’ri
62.Mang’itlar hokimiyatni qay tariqa egallaganlar?
a)Ashtarxoniylar davrida siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchayganligi oqibatida
b)Abulfayzning o’g’li Abdulmo’minni Muhammad Rahimbiy qatl ettirishi natijasida
c)Muhammad Rahimbiyni Buxoro aslzodalari va ruhoniylarning qo’llab-quvvatlashi oqibatida
d)a,b va c to’g’ri e) To’g’ri javob yo’q
63.”Amir ma’sum “ (Begunoh amir) nomini olgan hukmdor.
a)amir Shohmurod
b)Doniyolbiy otaliq
c)Muhammad Rahimbiy
d)Muhammad Hakimbiy
e)Amir Nasrullo
64.Qachondan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshladi?
a)1753-yildan boshlab
b)1747-yildan boshlab
c)1756-yildan boshlab
d)1758-yildan boshlab
e) To’g’ri javob yo’q
65.Muhammad Rahimxon bo’ysinishni istamagan,markaziy hokimiyatga bo’ysinmaslikka urinayotgan qabilalarga qarshi qanday siyosatni tutdi?
a)Qabilalarni batamom qirib tashladi
b)Turgan joyidan ko’chirib yubordi
c)Juda katta miqdordagi soliqlar solish
d)Ma’naviy kamsitish
e)b va d javoblar to’g’ri

16-§.AMIRLIK DAVLAT TUZUMI VA MA’MURIY BOSHQARUVI.

66.Balog’atga yetmagan shahzodalarni tarbiyalash kimlarga topshirilgan?
a)Otaliq
b)Qo’shbegi
c)Devonbegi
d)Inoq
e)Amir
67.Buxoro amirligi necha tuman viloyatlarga bo’lingan?
a)57
b)12
c)32
d)20
e)40
68.Buxoro amirligi qanday davlat muassasalaridan iborat?
a)Ma’muriy,moliya muassasalaridan iborat
b)Mirshablik va harbiy idoralardan iborat
c)Bojxona,moliya muassasalaridan iborat
d)a va b javoblar to’g’ri
e)a,b va c javoblar to’g’ri
69.Fuqarolarning arzu va shikoyatlarini tinglovchi shaxs.
a)Qo’shbegi
b)Miroxo’r
c)Dodxoh
d)Mirshab
e)Mushrif
70.Buxoro amirligidagi eng katta davlat lavozimi
a)Devonbegi
b)Qo’shbegi
c)Ko’kaldosh
d)Mirshab
e)Mushrif

17-§.AMIRLIK XO’JALIGI.

71.Buxoro amirligi xazinasiga eng ko’p soliq qaysi yerlardan tushardi?
a)Davlat yerlarining dehqonlarga ijaraga berilgan yerlaridan
b)Davlat yerlarining xarbiy xizmatda bo’lgan kishilarga in’om etilgan yerlardan
c)Vaqf yerlarining ruhoniylarga berilgan qismidan
d)a va b javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’r’i
72.Buxoroda XVIII asrda Zarafshon daryosidan qaysi kanallar chiqarilgan?
a)Shohrud va Darg’om
b)Xurmo va Sarazm
c)Taymanariq va Tuguz
d)Qozonariq va Lavzan
e) Barcha javoblar to’g’r’i
73.Buxoro amirligida Vaqf yerlari ……..……….uchun ajratilgan.
a)Masjid,mozor
b)Xonaqo,madrasa
c)Maqbara
d)Lashkarboshi
e)a,b va c javoblar to’g’ri
74.Buxoro amirligi yerlarida dehqonchilikning asosini……………..tashkil etgan?
a)Paxta,bug’doy
b)Jo’xori,tariq
c)Arpa,beda
d)a va c javoblar to’g’ri
e)a.b va c javoblar to’g’ri
75.Buxoro davlati iqtisodi asosini nima tashkil etgan?
a)To’qimachilik
b)Ziroatchilik
c)Chorvachilik
d)Ovchilik
e)b va c javoblar to’g’ri

18-19-§§.ICHKI VA TASHQI SAVDO. SHAHAR HAYOTI.

76.”Olamda yaxshi qog’oz Samarqanddin chiqar”. Ushbu jumlalar muallifi kim?
a)A.Navoiy
b)Z.M.Bobur
c)Elchi Ernazar Maqsud o’g’li
d)Yalangto’shbiy
e)M.Ulug’bek
77.Nima uchun Buxoro xonligi bozor rastalariga,xonadonlariga qulf solinmagan?
a)Qulf ishlab chiqarilmaganligi uchun
b)O’g’rilarga qattiq jazolar qo’llanganligi uchun
c)Qo’riqchilar bo’lgani uchun
d)Kimki o’g’irlik qilib qo’lga tushsa,uning chap qo’li,ikkinchisida esa o’ng qo’li xalq ko’z o’ngida kesib tashlaganligi va xaridor haqiga xiyonat qilganlarga yarim yolong’och holda aravada bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinib,bozorni aylanib chiqquncha darra bilan urib borilganligi uchun
e)b va d javoblar to’g’ri
78.Buxoro davlatini jaxon bozoridan ajralib qolganligining asosiy sababi?
a)XV asr oxirida O’rta Yer dengizi bandargohlariga olib boriladigan Buyuk Ipak yo’li Usmonli turklar davlati tamonidan yopib qo’yilganligi
b)Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi tufayli jahon savdosi dengiz yo’llari orqali olib borilishi
c)Hunarmandchilik mahsulotlari juda ham sifatsiz bo’lganligi uchun
d)Buxoro davlatida soliqlarning haddan tashqari ko’p bo’lganligi uchun
e)a va b javoblar to’g’ri
79. 1795-yil Amir Shohmurod Yekaterina II ga yozgan maktubida nima deyilgan?
a)Undan 600 pud mis sotib olish uchun ruxsat so’raydi
b)Uni taxtga chiqqani bilan tabriklaydi
c)Buxoroga kelishini so’raydi
d)Unga 5 bog’ arg’imoq yuborayotganligi va bundan keyin Buxoro va Rossiya munosabatlari yaxshilanishidan umidvor ekanligini
e) Barcha javoblar noto’g’r’i
80.XVII asr oxiri –XVIII asr boshlarida O’rta Osiyo davlatlarining,xususan,Buxoroning Sharq mamlakatlari bilan savdo qaloqalari bir-muncha pasaydi.Buning asosiy sababi?
a)Eron va Afg’oniston bilan muttasil davom etib kelayotgan dushmanlik ,bu yerdagi siyosiy vaziyatning beqarorligi oqibatida karvon yo’llarining nihoyatda hatarli bo’lib qolganligi
b)Buxoro savdo-sotiq olib borayotgan yaqin qo’shni davlatlarning ham qoloq bo’lganligi.Binobarin,ularning ham sanoat buyumlarini taklif eta olmasligi
c)Rossiya va Buxoro munosabatlari yaxshilanganligi
d)a va b to’g’ri
e)a va c to’g’ri

20-§.XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUXORO AMIRLIGI.

81.Amir Haydar hukmronligi davrida amirlikning qaysi hududlarida qaysi qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi?
a)Miyonkol,Qarshi
b)Jizzax,Xo’jand
c)Buxoro,Samarqand
d)Kattaqo’rg’on,Marv
e)a va d javoblar to’g’ri
82.Amir Nasrullo 1856-yilda qaysi joyni bir necha yurishdan keyin egalladi?
a)Kitobni
b)Hazoraspni
c)Shahrisabzni
d)a va c javoblar to’g’ri
e)b va c to’g’ri
83.XVIII asrda Buxoro amirligi qo’shinlari asosan qanday askarlardan iborat bo’lgan?
a)Otliq
b)Piyoda
c)Nayzabonlardan
d)To’pchilardan
e)Barcha javoblar noto’g’ri
84.Mang’it amirlari……………ga nisbatan milliy kamsitish siyosatini qo’llagan?
a)Qo’ng’irotlar
b)Buxoro yaxudiylari
c)Jung’orlar
d)Qipchoqlar
e)a va d to’g’ri
85.Amir Shohmurod vafotidan so’ng Buxoro taxtiga kim o’tirdi?
a)Amir Haydar
b)Amir Nasrullo
c)Amir Muzaffar
d)Amir Olimxon
e)Amir Abdullahadxon

IV-BOB.
21-§.XONLIKNING TASHKIL TOPISHI.

86.Xiva xonligi qachon va kim tamonidan tashkil topdi?
a)1511-yil,Elbarsxon
b)1511-yil, Alixon
c)1510-yil,Elbarsxon
d)1505-yil,Do’stxon
e)1512-yil,Sufiyonxon
87.Xorazm qachon mustaqil davlatga aylanadi?
a)1510 yil
b)1511 yil
c)1520 yil
d)1512 yil
e)1505 yil
88.XVI asrda Xiva xonligining iqtisodiy inqirozga yuz tutishining asosiy sababi?
a)Amudaryo o’z o’zaninng o’zgarishi natijasida cho’lga aylanib qolganligi
b)Buxoro xonligi Xivani bosib olishi
c)O’zaro qabilaviy urushlar
d)Soliq va jarimalar
e) Barcha javoblar to’g’ri
89.Xiva Shayboniylari hukmronligi nechanchi yilgacha davom etdi?
a)1700
b)1708
c)1770
d)1800
e)1920
90.Buxoro va Xiva xonliklari o’rtasidagi doimiy adovatning asosiy sababi?
a)Xonliklarning o’z hududlarini kengaytirishga urinishlari
b)Xonliklardagi hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lgan xonadonlarga mansubligi
c)Pul birligi bir-biriga o’xshash bo’lgani
d)Xonliklarning siyosati bir-biriga o’xshash bo’lgani uchun
e) a va b javoblar to’g’ri

22-23-§§.XVII-XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA XONLIKDA SIYOSIY AHVOL.

91.XVII-XVIII asrlarda Xiva xonligining qaysi xon davrida siyosiy parokandalik yuqori nuqtasiga yetdi?
a)Arab Muhammadxon
b)Abulg’ozi Bahodirxon
c)Asfandiyorxon
d)Elbarsxon
e)Tohirxon
92.Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan qaysi shaharga ko’chirgan?
a)Vazir
b)Qiyot
c)Xiva
d)Hazorasp
e)Gurlan
93.Asfandiyorxonga kim Xiva taxtini egallashga yordam berdi?
a)Eron shohi Abbos I
b)Turkiston xoni Eshimxon
c)Toshkent xoni Tursunxon
d)Buxoro xoni Imomqulixon
e)Samarqand hokimi Yalangto’shbiy
94.1740-yilda Xivada qanday voqea yuz berdi?
a)Rus va Xiva qo’shinlari o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqib,qisqa muddatli jang bo’lib o’tdi
b)Sherg’ozixon sulx tuzishni taklif qilib elchi yubordi
c)Cherkasskiy boshliq rus askarlari qirib tashlandi
d)Xiva Eron tasarufiga o’tdi
e)Sherg’ozixon
95.”Shajarai turk” asarining muallifi kim?
a)Abulg’ozi Bahodirxon
b)Elbarsxon
c)Yunusxon
d)Asfandiyorxon
e)Abulg’ozixon

24-25-§§.XVIII ASR OXIRI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA XIVA XONLIGI.

96.Kushka XIX asrda qaysi davlat tasarrufida bo’lgan?
a)Buxoro
b)Xiva
c)Qo’qon
d)Eron
e)b,c va d javoblar to’g’ri
97.Nima uchun XVIII asr-XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligida tabiiy fanlar rivojiga e’tibor berilmagan?
a)Ichki urushlar bilan band bo’lgani uchun
b)Diniy mutaasiblikning oldini olmaganliklari uchun
c)Xonlar bilan ruhoniylar kelisha olmaganliklari uchun
d)O’rta asrchilikmunosabatlari xonlar va hukmron guruhlar cheksiz hukmronligining,ular shahona hayotining manbai bo’lgani uchun e)a va b javoblar to’g’ri
98.Xiva xonligida nechanchi yillar hokimiyat Qo’ng’irotlar sulolasida edi?
a)1770-1882
b)XVIII asr boshlaridan-XIX asr boshlarigacha
c)1782-1898
d)1770-1920
e)1709-1920
99.Xiva shahri nechanchi yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan?
a)1850
b)1920
c)XVII asrning 20-yillarigacha
d)1842
e)1910
100.Xiva xonligida aholiga solinadigan eng katta soliq nomi.
a)Salg’ut
b)Alg’ut
c)Mirobona
d)Mushrifona
e)Xiroj

V-BOB.
26-27-§§.QORAQALPOQLARNING IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI.

101.1714-yilda Sirdaryo bo’yi qoraqalpoqlariga davlatni birlashtirishda kim yetakchilik qilgan?
a)Edigey
b)Eshimxon
c)Knyaz Vladimir
d)Chingizxon
e)Inoq Muhammad Amin
102.XVIII asrda nima uchun Qoraqalpoq hukmdori Rossiya bilan yaqinlashishga harakat qildi?
a)Savdo aloqalarini kengaytirish uchun
b)Rossiya qoraqalpoqlarni Jung’orlar hujumidan saqlab qolishi mumkinligi uchun
c)qoraqalpoqlar asta-sekin Rossiyaga bosqinchilik yurishlarini amalgam oshirish uchun
d)Katta miqdorda qurol-yarog’ sotib olish uchun
e)a va b javoblar to’g’ri
103.Rossiya hukumati 1721-yil kimni Qoraqalpoqlar yurtiga elchi qilib yubordi?
a)M.Tevkelev
b)Bekovich-Cherkasskiy
c)D.T.Vershinin
d)Knyaz zamonov
e) Barcha javoblar noto’g’ri
104.”Qora bo’rkli”,”Qora malaqayli” bu nomlar kimlarga tegishli?
a)Qo’ng’irotlarga
b)Qozoqlarga
c)Qoraqalpoqlarga
d)a va c javoblar to’f’ri
e)Barcha javoblar to’g’ri
105.Qoraqalpoqlar nechanchi asrda xonlik sifatida tashkil topdi?
a)XII
b)XV
c)XIX
d)XIV
e)XIII

28-§.QORAQALPOQ XALQI MADANIYATI.

106.Orol dengizi bo’yida ,Terbenes ovulidagi Arzimet nima yasash bo’yicha mashhur bo’lgan?
a)Shoyi,atlas
b)Sirg’a,bilaguzuk,uzuk
c)Ko’za,qumg’on
d)Qurol-yarog’
e)Surp,bo’z
107.Qoraqalpoq yurtida XIX asrda nechta maktab bo’lgan?
a)318
b)200
c)324
d)283
e)192
108.Qaysi dostonda XVIII asrda ,Jung’orlarga qarshi qoraqalpoqlarning milliy ozodlik kurashlari haqida ma’lumot beradi?
a)”Edigey”
b)”Qo’blan”
c)”Alpomish”
d)”Qirqqiz”
e)”Mastposhsho”
109.”O’roqchilar”,”Oq qamish”,”Cho’ponlar” she’rlarining muallifi kim?
a)Jiyen Jirov
b)Ajiniyoz Qasiboy o’g’li
c)Kunxo’ja Ibrohim o’g’li
d)Berdaq
e)Munis
110.Berdaqning “Omongeldi” dostonikimga bag’ishlagan?
a)Buxoro amirligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon boshlig’I Omongeldiga
b)Xiva xonligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon boshlig’i Oydo’stbiyga
c) Qo’qon xonligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon yetakchilaridan biri Omongeldiga
d)Qoraqalpoqlarning afandisi O’mirbek laqqiga e)To’g’ri javob berilmagan

VI-BOB.
29-30-§§.XONLIKDA SIYOSIY AHVOL.

111.Qo’qon xonligi qachon tashkil topgan va uning birinchi hukmdori.
a)1702-yil,Erdonabek
b)1706-yil,Abulkarimxon
c)1709-yil,Shohruxbiy
d)1712-yil,Bobobek
e)1709-yil,Erdonabek
112.Umarxon nechanchi yil “Amir ul-muslimin” unvonini oladi?
a)1811
b)1817
c)1818
d)1798
e)1810
113.Kim tamonidan shoira Nodirabegimni qatl ettirildi?
a)Amir Nasrullo
b)Amir Haydar
c)Amir Olimxon
d)Ubaydullaxon II
e)Amir Muzaffar
114.Muhammad Alixon necha yoshida taxtga o’tiradi?
a)20
b)32
c)17
d)12
e)19
115.Qaysi xonlar davrida Qo’qon xonligining qudrati o’sdi?
a)Shohruh,Abdurahim
b)Umarxon,Muhammad Alixon
c)Erdona,Bobobek
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e) To’g’ri javob berilmagan

31-32-§§.QO’QON XONLIGIDA IJTIMOIY AHVOL. SHAHARLAR.

116.”Chorikorlar” deb kimlarni aytishgan?
a)Hosilning yarmi uchun ishlaydigan dehqonlarni
b)Hosilning ¼ qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz dehqonlarni
c)Davlat yerlarida ishlash uchun majburan olib kelingan dehqonlarni
d)Davlat yerlarida dehqonlarni ishlatuvchi kishilarni
e) To’g’risi yo’q
117.Qo’qon xonligida aholidan olinadigan eng yirik soliq bu…..
a)Xiroj
b)Salg’ut
c)Tutun haqi
d)Mirobona
e)Alg’ut
118.Qo’qonning qadimiy nomi “Huvoqand” qanday ma’noni bergan?
a)Go’zal
b)Yoqimli
c)Xushmanzara
d)Shamol shahri
e)a,b va c javoblar to’g’ri
119. VI asrda Toshkent qaysi davlat tarkibida bo’lgan?
a)Turk
b)Buxoro
c)Xiva
d)Qo’qon
e)Eron
120.”Oshlig’i vofur,mevasi farovon,qovun va uzumi yaxshi bo’lur…Uch darvozasi bor.To’qqiz tarnov suv kirar.” – ushbu jumlalarni kim ,qaysi shaharga atab aytgan?
a)Bobur,Samarqandga
b)Navoiy,Hirotga
c)Bobur,Andijonga
d)Shayboniyxon,Toshkentga
e)Xudoyorxon,Buxoroga

33-§.TOSHKENT BEKLIGI.

121.Toshkent bekligining birinchi hukmdori.
a)Boboxon to’ra
b)Salimsoq to’ra
c)Rustam to’ra
d)Yunusxo’ja
e)To’g’risi yo’q
122.Toshkent-Rossiya savdo munosabatlari nechanchi asrlarda rivojlana boshlandi?
a)XVIII-XIX
b)VIII-XI
c)XII-XIV
d)XVII-XIX
e)XVI asrning 80 yillarda
123.Yunusxo’ja davrida qanday pul muomulaga chiqarilgan?
a)Mis
b)Rupiya,tanga
c)Oltin d)a va c to’g’ri
e) To’g’ri javob berilmagan
124.Toshkent bekligi uzoq yashamaganigi qaysi davlat bilan munosabatlari yomonlashuvi sabab bo’ldi?
a)Xiva
b)Qo’qon
c)Samarqand,Marv
d)Balx e)Eron
125.Tarixiy voqeya noto’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
a)1784 yil Toshkent bekligi tashkil topdi
b)1558-yili Moskvaga Buxorodan A’zam Aziz o’g’li elchi bo’lib borgan
c)1817-yil Toshkent Qo’qon xonligiga qo’shib olindi
d)a va c
e)b va c

34-35-§§.O’RTA OSIYO DAVLATLARI
(MUSTAQIL ISHLASH DARSLARI)
36-37-§§.BUXORO VA XIVA MADANIYATI.

126.Nechanchi asrlarda O’rta Osiyo xalqlari madaniyati dunyoda eng oldingi o’rinni egallagan?
a)XII-XIII
b)XIV-XV
c)XVI-XVIII
d)VII-VIII
e)XIX-XX
127.XVI asrda madaniy hayotning orqaga ketishining asosiy sababi?
a)Temuriylar davlatining parchalanib ketishi
b)Uchala xonlik o’rtasidagi qirg’inbarot urushlar
c)O’zaro ichki nizolar
d)Madaniy hayotda diniy mutaassiblik,johillik kuchli mavqega ega bo’lib qolganligi
e)Barcha javoblar to’g’ri
128.1796-yil bunyod etilgan „Ernazar elchi” madrasasi kimning mablag’I hisobiga qurilgan?
a)Yekaterina II
b)Pyotr I
c)Elizabetta
d)Ernazar elchi
e)a va b javoblar to’g’ri
129.”Tarixi Abulfayzxon” asarining muallifi kim?
a)Doniyol Buxoriy
b)Abdurahmon Tole’
c)Mirzo Haydar d)Binoiy
e)Mirzo Bedil
130.Munisning “Arnalar” asari nima haqida ?
a)Shohlarning zulmi haqida
b)Xonlikdagi yer-suv munosabatlari,sug’orish inshoatlari haqida
c)Abulg’ozixon haqida
d)Xalqdan olinadigan soliqlar haqida
e)Tarjimonlik haqida

38-39-§§.QO’QON XONLIGI MADANIYATI.

131.Amir Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?
a)Amiriy
b)Umarxon
c)Zoriy
d)Yoriy
e)G’oziy
132.Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan?
a)7
b)18
c)15
d)14
e)24
133.”Tarixi muxosara” asarining muallifi.
a)Dilshod Barno
b)Nodira
c)Uvaysiy
d)Zebuniso
e)Mahzuna
134.Nodira qaysi tillarda ijod qilgan?
a)O’zbek,tojik
b)Fors,o’zbek
c)Turk,hind
d)Tojik,turk
e)Arab,o’zbek
135.Nodira qachon,qaysi shaharda tug’ligan?
a)1842-yil,Qo’qon
b)1792-yil,Andijon
c)1780-yil,Xiva
d)1709-yil,Buxoro
e)1770-yil,Farg’ona

40-§.XVI-XIX ASRLARDA MADANIYAT.

136.Shialarning maxsus kulohidagi 12 qizil hoshiya nimani bildirgan?
a)Imom Hasan qoning ramzi
b) Imom Husayn qoning ramzi
c)Shialarning 12 imomi
d)Imom Safaviylarning 12 avlodi
e)12 ta qonun-qoidasi borligini
137.Qaysi xon davrida Qo’qon ma’naviyat va madaniyat rivojlangan?
a)Shohruh
b)Murodxon
c)Umarxon
d)a va b javoblar to’g’ri
e)To’g’ri javob berilmagan
138.1584-1585-yillarda Abdullaxon Badaxshon va Ko’lobni egallashda g’alabaga qo’shgan hissasi uchun Xo’ja Sa’idga qayerni tortiq qiladi?
a)Ko’lob
b)Badaxshon
c)Marv
d)Nasaf
e)Balx
139.1544-yil Baroqxon va Abdullatif Buxoroga yurish qilib kelayotganida ularni kim to’xtatib qoladi?
a)Maxdumi A’zam
b)Xoja Sa’id
c)Xo’ja Yusuf
d)Xo’ja Tojiddin
e)Xo’ja Abdurahim
140.”Dahmayi shohon” asarining muallifi kim?
a)Turdi Farog’iy
b)Bedil
c)Mirzo Sodiq
d)Mashrab
e)So’fi Ollohyor

41-§.¬(MUSTAQIL ISHLASH DARSI)
42-§.XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA XALQARO MUNOSABATLAR.

141.Movarounnahr,Eron va Hindiston yo’nalishlarida,qaysi davlat darvoza vazifasini o’tagan?
a)Xorazm
b)Xuroson
c)Qobul
d)Farg’ona
e)Xitoy
142.Qaysi hind hukmdori davrida Hindiston-Buxoro aloqalarida keskinlik yuz berdi?
a)Akbarshoh
b)Jahongirshoh
c)Shoh Jahon
d)a va b javoblar to’g’ri
e)To’g’ri javob berilmagan
143.Qo’qon xonligining Xitoy bilan munosabatlari nima uchun do’stona bo’lmagan?
a)Sin imperiyasining Sharqiy Turkistonni bo’ysindirishi va Qo’qon xonligini kuchsizlantirishga urinishi
b)Qo’qon xonligi Sharqiy Turkistonda o’z hokimiyatini o’rnatishga intilishi
c)Xitoy mahsulotlari qimmat bo’lgani uchun
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)a va b javoblar to’g’ri
144.1832 yilda……………
a)Xitoy-Qo’qon shartnomasi Pekin shahrida imzolangan
b)Mustaqil Afg’oniston tashkil topdi
c)Nodira tavallud topgan
d)a va c javoblar to’g’ri
e)a,b va c javoblar to’g’ri
145.O’rta Osiyoning tashqi savdoda transit vazifasini o’tay olmay qolishing sababi?
a)Buyuk ipak yo’lining yopilganligi
b)”Buyuk geografik kashfiyotlar “ tufayli dengiz savdo yo’llarining ocilishi
c)O’rta Osiyo davlatlarining o’z qo’shinlari bilan munosabatlari yomonlashuvi
d)O’rta Osiyo davlatlari o’rtasidagi to’xtovsiz kurash

43-§.O’RTA OSIYO VA ROSSIYA.

146.1558-yil kim Buxoro va Xivaga Rossiya elchisi bo’lib keladi?
a)A.Jenkinson
b)D.Xoxlov
c)Bekovich-Cherkasskiy
d)Benevi e)To’g’ri javob yo’q
147.1620-yil Rossiya tamonidan yuborilgan elchi I.D.Xoxlov savdo aloqalaridan tashqari,yana ………………………….… kerak edi?
a)Xonlikdagi rus asirlarini ozod qilish
b)Tashqi siyosiy ahvolini bilishi
c)Rossiyaning kuch-qudratiga xonni ishontirishi
d)Xonlikning xazinasini aniqlashi
e)Barchasi to’g’ri
148.Rossiyaning Buxgoes “Ekspeditsiyasi” nima uchun xonliklarga yetib kela olmagan?
a)Yo’lda qalmoqlar hujumiga uchrab halok bo’lgani uchun
b)Ivan Buxgoes yo’lda vafot etgani uchun
c)Oziq-ovqatlari tugab qolgani uchun
d)Yuqumli kasalliklar tarqaganligi uchun
e)Yo’lda jung’orlar hujumiga yo’liqqani uchun
149.Florio Benevi qaysi davlat elchisi?
a)Angliya
b)Rossiya
c)Turkiya
d)Germaniya
e)Hindiston
150.1717-yilda Abulfayzxon Pyotr I ga (yozgan) xatida nima deb yozadi?
a)Pyotr I ni Shvedlar ustidan erishgan g’alabasi bilan tabriklaydi
b)4 ta arg’umog’ yuborayotganligini
c)Savdo aloqalarini rivojlantirish
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)To’g’ri javob berilmagan

44-§.MINTAQADA ANGLIYA-ROSSIYA RAQOBATCHILIGI.

151.XIX asrda O’rta Osiyoda Angliya-Rossiya munosabatlari keskinlashib ketishining sababi?
a)Angliya va Rossiya yangi mustamlakalarga ega bo’lish yo’lidagi urinishlari
b)O’z mollarini sotishga imkon beruvchi bozorlarga ega bo’lish istagi
c)O’rta Osiyo bitmas-tuganmas xom ashyo bazasiga ega ekanligi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)c va d javoblar to’g’ri
152.1825-yil Angliya kim boshchilgidagi ekspeditsiyani O’rta Osiyoga yuboradi?
a)F.Benevi
b)A.Byors
c)U.Murkroft
d)Xoxlov
e)A.Renaldi
153.A.Byorns Buxoroga o’zini kim deb tanishtiradi?
a)Arman savdogari
b)Ingliz elchisi
c)Rus adabiyotshunosi
d)Turk savdogari
e)Afg’on elchisi
154.Rossiya birinchi bo’lib qaysi xonlikka yurish qildi?
a)Buxoro
b)Qo’qon
c)Xiva
d)Balx
e)Marv
155.A.Byorns qaysi davlat elchisi?
a)Rossiya
b)Angliya
c)Turkiya
d)Polsha
e)Tog’ri javob berilmagan.

 

Javoblari:

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

0

b

d

e

c

c

d

c

b

a

1

a

c

c

d

a

a

a

b

c

d

2

e

e

d

c

e

e

d

e

c

b

3

a

c

c

a

b

b

b

b

a

c

4

c

e

a

c

a

c

c

a

a

c

5

a

b

d

a

e

d

c

e

c

e

6

d

d

d

a

e

b

a

e

d

c

7

b

a

b

e

e

e

b

e

e

a

8

d

e

d

a

b

a

a

b

e

c

9

e

a

c

a

d

a

b

b

d

b

10

a

b

e

c

c

d

b

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Май 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________