Bilimingizni sinab ko’ring


Osmondan par tushadi,
Par emas, zar tushadi.
(…………)

To’ni silliq, tuki yo’q –
Ichi qizil, ko’ki yo’q.
(…………)

Yum-yumaloq, jizzali,
Yesang juda mazali.
(…………)

Ko’ylagi qavat-qavat,
Tugmalari yo’q faqat.
(…………)

Chopsa, chopilmas,
Bo’lsa, bo’linmas.
Kessa, kesilmas,
Ko’msa, ko’milmas.
(…………)

Ajib ishlar bo’ladi,
Uxlaganlar ko’radi.
(…………)

O’yinda raqiblarni
Yeldiradi izidan.
Terlatsa ham ularni,
Ter chiqmaydi o’zidan.
(…………)

Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
(…………)

Olsam o’ng qo’lga,
Tushadi oq yo’lga.
(…………)

Uzoqdan qarasam, yaltir-yultir,
Yoniga borsam, qulf-u zanjir.
(…………)

Dum-dumaloq cho’tir tosh,
Ichi to’la moyli osh.
(…………)

Bir chuqurda ming o’ra.
(…………)

Besh xonaga bir yo’lak,
Qo’lingga loyiq ko’ylak.
(…………)

Yerda asta unadi,
Ilk bahorda kuladi.
(…………)

Tanasi bor, boshi yo’q,
Qo’li bor, oyog’i yo’q.
(…………)

Katta varaq, dumi taroq,
Akasining ismi quroq.
(…………)

Erta bahor qirmiziginam,
Tog’ga yoydi qizil gilam.
(…………)

O’zi tanho, yagonadir,
Tabiatga chin onadir.
(…………)
Hammaga to’n tikadi,
o’zi yalang’och.
(…………)
Tilla barkash yaraqlaydi,
Baxt ulashib charaqlaydi.
(…………)

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo’lar oziq.
(…………)

Nomini top, Sherali,
Yesang maza, shirali.
O’zi polizda pishar,
Bosh harfi-chi almashsa,
Kir tog’oraga tushar.
(…………)

O’tda yonmaydi,
Suvda botmaydi.
(…………)

Qo’lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(…………)

Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi.
(…………)

Yilda bir bor mehmon bo’lar,
Yashil sochli opamiz.
Uy to’riga o’tkazib,
Taqinchoqlar taqamiz.
(…………)

Ilmga kon,
Mazmunga makon,
So’zi serhikmat,
Bizga do’st, ulfat,
O’rgatar odob,
Bu nima Ozod?
(…………)

Tunikani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz “sho’xlik” qilgach u,
Yerga singib ketadi.
(…………)

Yungi – igna,
Burni tugma.
Ko’zi munchoq,
Bag’ri – yumshoq.
(…………)
Oq harirdan qanoti,
Bog’da o’tar hayoti,
Gulzorlarda sayr etar,
Kech tushmay uchib ketar.
(…………)

Ko’zi bor, kiprik qoqmas,
Qanoti bor, uchmas hech.
Oyog’i yo’q, yo’l bosar
Suv ichida erta – kech.
(…………)

Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi ko’zga.
(…………)

Na boshi bor, na tani,
Na joni, na vatani.
Eshitsa biror ovoz,
Javob qaytarar shovvoz.
(…………)

Kichkina dekcha –
Ichi to’la mixcha.
(…………)

<<….orqaga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________