Sport yangiliklari

You are currently browsing the archive for the Sport yangiliklari category.

7-23 fevral kunlari Rossiya Federastiyasining Sochi shahri XXII qishki Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qildi. Musobaqa mobaynida tamoshabinlar bir qancha unutilmas onlar, g’alaba va mag’lubiyat ko’z yoshlarining guvohi bo’lishdi. Albatta, Olimpiada haqida har qancha satr qoralab yozsa ham kam. E’tiboringizga eng qiziqarli ma’lumotlar va statistikalarni havola qilamiz.


 

 

Eng ko’p medal jamg’arish bo’yicha Rossiya terma jamoasining oldiga tushadigani bo’lmadi. Ular ochilish marosimi vaqtida «TATU» guruhining «Nas ne dogonyat» («Bizga etib bo’lmaydi») qo’shig’i sadolari ostida chiqqani ham bejizga emasligini isbotlashdi. Mezbonlarning 13 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo’lga kiritishi o’z tarixlarida ham sifat, ham son jihatidan salmoqli jamg’arma bo’ldi. Ikkinchi o’rin Norvegiya terma jamosiga nasib etdi — 11 ta oltin, 5 ta kumush va 10 ta bronza. O’tgan qishki Olimpiya o’yinlarining mezbonlari hisoblanmish Kanada terma jamoasi 10 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medallarini to’plagan holda umumjamoa hisobida uchinchi o’rinni egalladi.

Eng sifatli medal to’plash bo’yicha rossiyalik short-trekchi Viktor Anga teng keladigani bo’lmadi. U 3 ta oltin va 1 ta bronza medalga egalik qildi. Belaruslik biatlonchi Darya Domracheva hamda «chang’i qirolichasi» norvegiyalik Marit Borgen esa 3 ta oltin medalni o’ziniki qildi.

Eng ko’p shohsupaga ko’tarilgan sportchi gollandiyalik konkichi Iren Vyust bo’ldi. Irenga Olimpiadada 2 ta oltin va 3 ta kumush medal topshirildi.

Xokkey bahslari ham bir muncha qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo’ldi. Rossiya terma jamoasining musobaqani erta tark etishi shayba o’yinining ishqibozlari uchun sensastiya bo’ldi. Kanada terma jamoasi ayollar o’rtasida ham, erkaklar o’rtasida ham oldiga tushgan barcha raqiblarini birma-bir «yanchib tashlashdi». O’tgan asrning 80-90 yillarida futbol olamida shunday ibora bo’lardi: «Futbol 90 daqiqa davom etib, 22 ta futbolchi maydonda harakat qiladi. Ammo yakunda nemislar g’olib bo’ladi». Bu iboraning xokkey ko’rinishidagi talqini — «Xokkeyda 20 daqiqadan 3 ta davr o’ynalib, yakunda kanadaliklar g’olib bo’ladi» hozirda bu terma jamoaning kuchini belgilab beradi.

Har bir davlatning o’zi g’oliblikka da’vogarlik qiladigan sport turlari bor. Masalan, norvegiyaliklar asosiy medallarini chang’i sport turlarida qo’lga kiritgan bo’lsalar, gollandiyalik sportchilar konki uchish uchun tug’ilgandek, turli masofalarda bir qancha rekordlarni yangilab tashladilar. Jamoaviy bahslarda ham «uchar gollandlar» mutlaq chempion bo’lishdi.

Shu o’rinda hamyurtlarimizning ishtirokiga ham to’xtalib o’tsak. Misha Ge va Artyom Voronov uchun bu Olimpiada tom ma’noda katta bir tajriba maktabi bo’ldi. O’zlaridan ancha mahoratli bo’lgan raqiblari bilan elkama-elka turib kurash olib borganligi har ikki sportchimizga faqat va faqat foyda bo’ldi. Kseniya Grigoreva ham bu musobaqada ancha «toblanib» oldi. Ularga kelgusi faoliyatida zafarlar tilab qolamiz.

 

 

Endi barcha qishki sport ixlosmandlari va atletlarni Pyonchan o’z bag’riga chorlaydi.

Manba: sports.uz

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________