Tanlovlar

You are currently browsing the archive for the Tanlovlar category.

Eng yaxshi o'qituvchi veb sayt-2017-1-o'rin-Shuhratbek.uz-2017

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar! Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining, «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, mening 5 yillik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi.

Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan o’z faoliyatini boshladi.

Asos: 24507-API shartnoma

Shuhratbek.uz sayti 2017 yil 16 fevraldan yana 1 yilga 2018 yil 16 fevralgacha uzaytirildi.

Asos: 35591-API shartnoma

Next »

Eng chiroyli guldasta I o'rin-6-A sinf Eng chiroyli guldasta II o'rin-8-A sinf Eng chiroyli guldasta III o'rin-9-B sinf

 


Maktab o’quvchilari tafakkurini o’stirish, dunyoqarashlarini shakillantirishda o’tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati katta.Maktabimizda o’sib kelayotgan yosh avlodda badiiy nafosat tuyg’ularini shakllantirish, go’zallikni his etishga yo’naltirish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri maktabimizda 2 noyabr kuni bo’lib o’tdi. Bu tadbir “Gullar-nafosat elchilari” deb nomlandi. Unda har bir sinf o’quvchilari rangli qog’ozlardan, turli rangdagi matolardan, hamda yelimli idishlardan qo’l mehnati asosida guldastalarini namoyish etishdi. Tadbirda 6-“A” sinf o’quvchilari I o’rinni, 8-“A” sinf o’quvchilari II o’rinni, 9-“B” sinf o’quvchilari III o’rinni egallashdi.

Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 1 apreldagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi boshlandi.

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tishi lozim.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi:
Ko‘rik-tanlovda barcha UZ domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan, veb-sayt xostingi O‘zbekistonda bo‘lgan;
umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari;
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari;
tarbiyachilari (pedagoglar, trenerlar, musiqachilar, rassomlar, uslubchilar) va o‘quvchilari o‘z saytlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlari quyidagi uchta nominatsiya bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar:
1-nominatsiya – eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti;
2-nominatsiya – eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti;
3-nominatsiya – eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti. Next »

Mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi hamda milliy istiqlol g`oyalarini o`quvchi-yoshlar ongiga singdirish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy bilimlari shakllantirib kelinmoqda.
Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 7-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamda ularning hududiy bo`linmalari hamkorligida joriy yilning mart-may oylari davomida umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida uch bosqichli “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi o`tkazilmoqda.
Tanlov uch bosqichda o`tkazib, birinchi bosqich: tuman (shahar) bosqichi, ikkinchi bosqich: hududiy bosqich, uchinchi bosqich: respublika bosqichi bo`lib unda barcha hududlar jamoalari ishtirokida joriy yil 16 may kuni Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o`tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar umumiy o`rta ta’lim maktablarining bilimli, zukko, xulqi namunali bo`lgan 5 nafar (o`quvchilar ixtiyoriy sinfdan olinishi mumkin) o`quvchilardan iborat bo`ladi. Tanlov ishtirokchilari 100 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, test sinovlari, huquqiy bilimdonlik hamda sahna ko`rinishini namoyish qiladilar.
Tanlovning barcha bosqichi g`oliblari hamkor tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlanadilar.
Tanlov shartlari va baholash mezonlari:
1)Test savollari:
Bu shartda Respublika ta’lim markazi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) X.T.M.F.M.T. va T.E. bo’limlari tomonidan tegishli mutaxasislarni jalb qilgan holda tuziladigan 25 ta test savollariga jamoalar birgalikda javob beradi. Ushbu savollarga javob berish uchun jami 25 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu shartga jami 50 ballgacha (bitta to’g’ri javobga 2 ball) baho qo’yiladi.
2)Huquqiy bilimdonlik:
Bu shartda Respublika ta’lim markazi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) X.T.M.F.M.T. va T.E. bo’limlari tomonidan tegishli mutaxasislarni jalb qilgan holda tuziladigan 3 ta savoldan iborat biletga javob beradi. Biletga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Ushbu shartga jami 30 ballgacha (bitta savolning to’g’ri javobiga 10 ballgacha) baho qo’yiladi.
3)Sahna ko’rinishi:
Bu shartda jamoalar o’quvchilarning huquqiy madaniyati va savodxonligining ahamiyati, voyaga yetmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, oqibatlari va oldini olish choralari bo’yicha erkin sahna ko’rinishini namoyish qiladi. Ushbu shartga jami 20 ballgacha baho qo’yiladi.

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2014/04/Rasm1033.jpg http://dtm10maktab.zn.uz/files/2014/04/Rasm1040.jpg

Jizzax viloyati Do’stlik tumanida ham mazkur tanlovning tuman bosqichi 2014 yil 10-aprel kuni bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Do’stlik tuman X.T.M.F.M.T. va T.E.B. ga qarashli 1,2,3,4,5,6,8,9,10,11,12,13,14,15,18 maktablari qatnashdi.

Tanlov natijalari:

“Huquq bilimdonlari” tuman bosqichida eng faol ishtirok etgan 1 o’rinni 18-DIUM, 2 o’rinlarni 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi, 3-o’rinni 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari egallashdi. Tanlovda faol qatnashgan g`oliblari hamkor tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandilar.

10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix va huquq fani o’qituvchisi
Nurg’oziyev Shuhrat


“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
2. Rasmiy nomi: “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi.
3. Nizom matnidagi qisqa nomi: Ko‘rik-tanlov.
4. Ko‘rik-tanlov tashkilotchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi;
“ZiyoNET” Resurs markazining Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limi.
5. Ko‘rik-tanlovning rasmiy veb-sayti: http://tanlov.uzedu.uz Next »

Yangi ijodiy marralarga undayotgan tanlov

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi direktori G.Bobojonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda milliy media sohani izchil rivojlantirish, soha xodimlarining yanada erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Next »

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX milliy mukofoti

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2013-yilning 31-martidan 2014-yilning 31-martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2014-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan: Next »

Eng faol yosh jurnalistlar

Eng faol yosh jurnalistlar


Eng faol yosh jurnalistlar

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko’rik-tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq tashkil etildi. Tanlov yosh jurnalistlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizda demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini yoritishdagi faolligini oshirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ’ib etishga xizmat qilmoqda. Next »

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________