Yangiliklar

You are currently browsing the archive for the Yangiliklar category.

Eng yaxshi o'qituvchi veb sayt-2017-1-o'rin-Shuhratbek.uz-2017

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar! Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining, «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, mening 5 yillik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi.

Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan o’z faoliyatini boshladi.

Asos: 24507-API shartnoma

Shuhratbek.uz sayti 2017 yil 16 fevraldan yana 1 yilga 2018 yil 16 fevralgacha uzaytirildi.

Asos: 35591-API shartnoma

Next »

Tasviriy san’at 1-sinf dars ishlanmalari

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan.  Next »

Aziz ustozlarimiz bayramingiz muborak!

dibxzbw3331506 Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz.
Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.
Aziz ustozlarimiz bayramingiz muborak!
Tug'ilgan kunni hisoblash

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ko’rik-tanlov bo’yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bo‘lib, u orqali “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud.
Ko’rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va ro‘yxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti”) bo‘yicha tashkil etildi.
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o’quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan.  Next »

Ushbu tanlovning birinchi bosqichida » Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti» nominatsiyasida http://tarixchi.zn.uz/  sayti kuchli o’ntalikka kirdi.

Ma'naviyat haqida -2014

Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi.
Islom Karimov

«Ma’naviyat» tushunchasi mazmunan juda keng qamrovli. Chunki bu tushuncha azal-azaldan rivojlanib kelgan.Uning atama sifatida shakllanishiga islom falsafasi, ilohiyot fani, keyinchalik, ayniqsa, tasavvuf ta’limoti kuchli ta’sir ko‘rsatgan. XX asrda «Ma’naviyat»tushunchasining mazmuni yanada kengaydi va dunyoviylik kasb etdi.
Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroq ekanligini ta’kidlamoq zarur. Mustaqillikka erishilgandan keyin bizning yurtimizda ham ma’naviyat masalasiga bag‘ishlangan qator kitoblar nashr etildi, maqolalar e’lon qilindi. «Vatan tuyg‘usi» kitobi mualliflari ma’naviyatni «jamiyatning, millatning va yoki ayrim kishilarning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha» sifatida ta’riflaydilar.

Next »

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-1.jpg http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-2.jpg http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-3.jpg
1-sinf o’quvchilari ishtirokida raqs   Tadbir so’ngida   «Gulyor» raqs dastasi ishtirokida raqs

 

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-5.jpg http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-7.jpg http://tarixchi.zn.uz/files/2014/04/Assalom-Navroz-2014-6.jpg
5-sinf o’quvchilari ishtirokida raqs   «Nasriddin AFANDI» ning tadbirga tashrifi   Bayram dasturxoni atrofida

2014-05-0cd4_104547

9-«A» va 9-«B» sinf o’quvchilari ishtirokida «Bahor valsi» ga tayyorlagan raqsdan lavha

2014-05-0cd4_104547

1- «A» va 1- «B» sinf o’quvchilari ishtirokida «Andijon polka» siga tayyorlagan raqsidan lavha

2014-05-0cd4_104547

«O’zbek milliy taomlari» tanlovida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan taomlardan lavhalar

Jizzaxning turistik imkoniyatlari

«Bilimdonlar» gazetasi

http://tarixchi.zn.uz/files/2014/02/Bilimdonlar-gazetasi-Shuhrat-300x64.jpg


Maktabimizning 5-9-sinf o’quvchilari uchun tarix,rus tili va informatika fanlaridan qiziqarli ma’lumotlar har oyda berib boriladi

Maktabimizning 5-9-sinf o’quvchilari uchun tarix,rus tili va informatika fanidan qiziqarli savollar har oyda berib boriladi

O’lkamizda hamda dunyo miqyosida rus tili,tarix va informatika faniga oid muhim sanalar har oyda «Muhim sanalar» sahifasida yoritilib boriladi


Islom Karimov Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilida shunday taklif bilan chiqdi.
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Next »

dtm10maktab.zn.uz saytiga tashrif buyurgan juda ko’plab mehmonlarning iltimos va takliflariga asosan «Yordam» deb nomlangan sahifa ochildi. Ushbu sahifada ZiyoNETda qanday qilib, maktab satellit-saytlarini yaratish jarayonini hamda ushbu satellit-saytlariga ma’lumotlar,rasmlar,video roliklarni kiritish va html teglaridan qanday qilib foydalanish jarayoni rasmlar orqali bosqichma-bosqich berib boriladi

Saytni yaratishda qo’yilgan maqsad tarix fani o’qituvchilarni tarix darslarni qiziqarli va mazmunli o’tishini ta’minlovchi qiziqarli yangi zamonaviy dars metodlari bilan tanishtirish, tarix fani darslarida A.K.T. dan foydalanish uchun ko’mak berish, interfaol mashqlar va testlar, O’zbekiston tarixi va jahon tarixiga oid dars ishlanmalari hamda WWW.UZ milliy qidiruv tizimida juda ko’p marotaba murojaat qilinayotgan O’zbekistonning tarixiy obidalari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib borish.

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________