Sport

Viloyatda 15 ta sport sog’lomlashtirish klubi, 25 sport federastiyalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Viloyatda bugungi kunda 27 ta sport maktabi mavjud bo’lib ularda 16644 ta o’quvchilar shug’ullannib, ularga 510 ta murabbiylar tahsil bermoqdalar. Tumanlar, shahar xalq ta’limi tizimidagi sport maktablarida  sport to’garaklarida mashg’ulotlar olib borish uchun O’zbekiston Respublikasi bolalar sportni rivojlantirish jamg’armasi Jizzax viloyat filiali tomonidan sport jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.

2012 yilning o’tgan davr mobaynida viloyat sportchilari 16 ta xalqaro 62 ta Respublika musobaqalarida qatnashib 62 sport ustaligiga nomzod va 223 nafar sportchilar 1-darajali sportchi talablarini bajardilar.

Viloyat sportchilari xalqaro musobaqalarda 10 ta oltin, 9 ta kumush, 13 ta bronza Respublika musobaqalarida 56 ta oltin, 66 ta kumush, 92 ta bronza medallarini qo’lga kiriti gan.

Viloyat sportchilari boks, engil atletika, dzyu-do, yunon-rum kurashi, turon, sambo va qo’l jangi turlaridan xalqaro va respublika musobaqalari bir muncha yuqori yutuqlarni qo’lga kiritdi.

Sportning boks turidan Angren shahrida 1994-95 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Tursunov Doniyor, Tursunqulov Dadajon oltin, Baturov Bobousmon kumush va Xadirov Shoxbek bronza medallarga sazovor bo’ldilar. Rossiya davlatining Ufa shahrida nufuzli xalqaro turnirda O’ktamov Jaloliddin va Xo’jabekov Shoxruxlar bronza medalga sazovor bo’ldilar.

Sportning qo’l jangi turidan Toshkent shahrida
10-11-12-13 yoshlilar o’rtasida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Xakimjonov Davron, Sultonov Jaxongir, quvondiqov Davron, Saparov Elyor, Sattorov Xusniddin, Shavkatov Umid oltin, Norqo’ziev Otabek kumush, Nurmuxammedov Nodir, g’aniev Sunnat, Ibragimov Sherzod, Almatov Xumayon va 19 yoshli Tursunov Dilmurodlar bronza medallarga sazovor bo’ldilar.

Sportning Yunon-rum kurashi turi bo’yicha 1992-94 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida Toshkent shahrida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Kazakbaev Sobirjon oltin medalga sazovor bo’lib, 2012 yil Jizzax Davlat pedagogika instituti oliygoxiga imtixonsiz kirishni qo’lga kiritdi.

Shuningdek, 362 256 nafar 14 yoshgacha bo’lgan bolalarning 361 344 nafari (99,7%) tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ularning 122557 nafarida (33,9%) kasalliklar aniqlanib, sog’lomlashtirilmoqda.

Viloyatda jami 51 ta xususiy sektor bilan shug’ullanuvchi, shundan 14 ta klinika, 37 ta ambulatoriya-poliklinika tartibidagi tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatmoqda.


Viloyatda taniqli sportchilar:

Yulduz Xamroqulova: Shohmot bo’yicha qizlar o’rtasida uch karra O’zbekiston birinchiligi g’olibi, Osiyo birinchiligining bronza medali sovrindori, Jaqon birinchiliklari qatnashchisi;


Tarjimai hol

 

Yulduz Xamroqulova

1989 yilning 2 aprelida Jizzax shaxrida tug’ilgan. Shohmot bo’yicha qizlar o’rtasida uch karra O’zbekiston birinchiligi g’olibi, Osiyo birinchiligining bronza medali sovrindori, Jaqon birinchiliklari qatnashchisi. «Dilorom moti» deb nomlanuvchi mansubani bilmaydigan shohmot muxlisi topilmasa kerak.


Tarjimai hol

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda o’zini shatranj bilimdoni hisoblaydigan shoh muhim o’yinda tang ahvolga tushib qoladi. Shunda malika Dilorom qo’liga soz olib, ikki ruxni kurbon berish evaziga raqibini to’rt yurishda mot qilish yo’li borligini ko’shiq qilib kuylaydi…

Birgina shu rivoyatning o’zi Sharkda ayollar shatranj — shohmotni sevib o’ynaganidan dalolat beradi. Afsuski, istiqlolgacha o’zbek qizlari shohmot musobaqalarida deyarli qatnashmasdi.

Mustaqillik yillarida esa shohmotchi qizlarimizning iqtidorli avlodi voyaga etdi. Qashqadaryolik Sarvinoz Ergasheva, Zulfiya Rajabova, samarqandlik Iroda va Shahnoza Hamroqulovalar, qo’qonlik Hulkar Tohirjonova, surxondaryolik Iroda Ibrohimova, Toshkent viloyatidan Husniya Ortiqova, jizzaxlik Yulduz Hamroqulova…

Yulduz bu qadimiy o’yin sirlarini otasi, sport maktabining shohmot murabbiyi Oybek Hamroqulovdan o’rgangan. Dastlab turli darajadagi musobaqalarda o’z qobiliyati va iktidorini namoyish etdi. So’ngra 10 va 12 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida o’tkazilgan mamlakat birinchiliklari g’olibi bo’ldi, jahon birin-chiliklarida qatnashdi. 1999 yili Ispaniyada tashkil etilgan jahon birinchiligida o’z yoshi guruhida 12-19, 2000 yilda esa 4-11 o’rinlarni baham ko’rdi.

Yulduz Hamroqulova yangi asrni muvaffaqiyat bilan boshladi. 2001 yilning boshida Hindistonda bo’lib o’tgan Osiyo birinchiligida 12 yoshgacha bo’lgan qizlar guruhida 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to’plab, bronza medaliga sazovor bo’ldi. Bu dadil harakat o’n ikki yoshli shohmotchi qiz kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi. Shu bois Jizzax viloyat hokimligi Yulduz Hamroqulovaga kompyuter in’om etdi.


Lazizbek Zokirov

Lazizbek Zokirov: Boks bo’yicha to’rt karra mamlakat chempioni, Osiyo chempionatiningkumush va bronza medallari sovrindori, Osiyo o’yinlarining bronza medali sohibi, jahon Kubogi g’olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi

1976 yilning 3 sentyabrida Jizzax viloyatida tug’ilgan. Boks bo’yicha to’rt karra mamlakat chempioni, Osiyo chempionatiningkumush va bronza medallari sovrindori, Osiyo o’yinlarining bronza medali sohibi, jahon Kubogi g’olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi, «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol


Lazizbek yoshligidan boks bilan shug’ullanadi. Ustozi Sharof Xudoyberdiev rahbarligida ko’plab musobaqalarda sovrinli o’rinlarni egallagan.

Fizika-matematikaga ixtisoslashgan li-steyni kumush medal bilan tugatgach, Jizzax davlat universitetida ta’lim olgan.

Lazizbek Zokirov 1995 yili Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo’lgach, terma jamoamiz tarkibidan mustahkam o’rin oldi.

1997 yili Almatida o’tgan Markaziy Osiyo uyinlarida zafar kuchdi, Kuala-Lumpurda bo’lgan Osiyo chempionatida bronza medalni qo’lga kiritdi.

1998 yili u Xitoyning Chong-King shahrida o’tkazilgan jahon kubogi musobaqasida afrikalik, italiyalik va xitoylik kuchli bokschilarni engib, jahon kubogi sohibi bo’ldi. O’sha yili kuzda XIII Osiyo uyinlarida bronza medalni qo’lga kiritdi.

2001 yili Chirchikda Uzbekistan birinchiligida ikkinchi o’rinni egalladi.

2001 yilning iyulida Bangkokda o’tkan «Qirol kubogi» an’anaviy xalkaro turnirda g’olib chiqib, oltin medalga sazovor bo’ldi.

 


Manba:jz.uz

 

 

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________