Ta’lim

2013 yilning oktyabr holatiga viloyat bo’yicha jami 767 ta ta’lim muassasalari, shu jumladan 546 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari, 169 ta maktabgacha va 14 ta Barkamol avlod bolalar markazlari, 22 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari, 17 ta musiqa va san’at maktablari, 1 ta Mehribonlik uyi va 4 ta maxsus maktab internatlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Ta’lim 5 ta tilda   o’zbek, rus, qozoq, tojik va qirg’iz tillarida olib boriladi.

2013-2014 o’quv yilda umumta’lim maktablarida jami 17840 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda. Mavjud pedagog kadrlarning 14699 (82,3%) nafari oliy, 150 (0,9%) nafari tugallanmagan oliy, 2840 (16,2 %) nafari o’rta maxsus ma’lumotiga ega bo’lib, ulardan 870 (5,0%) nafari oliy toifali, 4242 (24,2%) nafari birinchi toifali, 6656 (38,0%) nafari ikkinchi toifali va 5750 (32,8%) nafari mutaxassis toifasiga egadirlar.

2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan umumta’lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarini zamonaviy kompьyuter texnikasi bilan ta’minlash belgilab olingan edi.

2013 yilning o’tgan davri mobaynigacha 545 ta umumta’lim maktabidan 256 tasi zamonaviy kompьyuter sinflari bilan ta’minlandi.  2009-2010 yillarda  56 ta Klaster maktablarga “Germaniya loyihasi” doirasida o’quv sinf komp’yuterlari yetkazib berildi. Shuningdek, maktab ta’lim jamg’armasi tomonidan 36 ta maktablarga Xitoy krediti asosida o’quv sinf komp’yuterlari yetkazib berildi. 79 ta maktablar Koreya krediti asosida kompьyuter sinflari bilan jihozlandi.

Bugungi kunda viloyatda 426 ta  o’quv kompьyuter sinflari bilan ta’minlangan. Viloyatdagi 526 ta umumta’lim maktablari zamonaviy telefon aloqasi bilan ta’minlanib, mazkur maktablarni Internet tizimi bilan ta’minlash maqsadida “Ziyonet” tarmog’i joriy etildi.

Jizzax viloyatida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufida  79 ta ta’lim muassasasi, shulardan 4 ta akademik litsey va 75 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Ta’lim muassasalarining umumiy quvvati 49030 o’rinli bo’lib 2013-2014 o’quv yilida jami 661134  nafar o’quvchilar 108kasblar buyicha bilim oladilar.

Jami pedagog kadrlardan 4203 nafari (91,0%) oliy ma’lumotli, 2 nafari fan doktori, 18 nafari fan nomzodi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining axborot-resurs markazlari zamonaviy jihozlangan binolarda joylashgan, zarur mebellar bilan to’liq ta’minlangan, ularda jami 2650 o’rinli o’quv zallari mavjud.

Axborot-resurs markazlarining jami kitob fondi 967393 nusxani tashkil etadi, jumladan, o’quv adabiyotlari 556250 (umumta’lim fanlariga oid darsliklar 225800 nusxa, umumkasbiy va kasbiy fanlarga oid darsliklar 330450 nusxa)ni, elektron darsliklar 4200 nusxa, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 36640 nusxa, badiiy adabiyotlar 344853 nusxa, metodik qo’llanmalar va dasturlar 25450 nusxani tashkil etadi.

Viloyatdagi 62 ta ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari 6 tadan yangi kompьyuterlar va boshqa orgtexnikalar bilan ta’minlangan. Bugungi kunda axborot-resurs markazlarida jami 428 nafar, jumladan 93 nafar oliy ma’lumotli mutaxassislar, shundan 40 nafari oliy ma’lumotli nomutaxassislar, 253 nafar o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar va 42 nafar o’rta maxsus ma’lumotli nomutaxassis xodimlar ishlamoqda.

Manba: jizzax.uz

 

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________