Tavsiyalar

Tavsiyalar

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish, ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishlari, jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishda tabiiy fanlarning (fizika, kimyo, biologiya) o‘rni beqiyosdir.

Hozirgi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarishni talab etadi.

Umumta’lim maktablarida bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, mart oyida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligi o‘tkaziladi.

Kimyo, biologiya, fizika fan oyligini o‘tkazishdan maqsad:

· fan oyligi davomida o‘quv-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir etuvchi tadbirlar o‘tkazish;

· o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama rivojlantirish:

· fizika, kimyo, biologiya fanlari eksperimental fan bo‘lganligi sababli, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil qilish hamda dars jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, ko‘rgazmali tajribalardan unumli foydalanish;

· mazkur fanlar o‘qitilishida o‘quvchilarning tafakkurini ko‘chaytirish maqsadida to‘garak mashg‘ulotlarida masalalar yechish texnologiyalariga e’tiborni qaratish;

· o‘quvchilarni ushbu fanlardan mustaqil va ijodiy fikrlashga, tabiiy fanlarning turmush va texnikadagi ahamiyatini bilishga va xalq xo‘jaligida ulardan qo‘llanishi haqida tushunchalar berish va o‘rgatish;

· dars jarayonida axborot kommunakitsion texnologiyalardan foydalanish orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni yanada takomillashtirish;

· o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

· fan oyligi davomida tajriba almashish maqsadida, ta’lim-tarbiyada yaxshi samara berayotgan, olib borilayotgan ishlar, ilg‘or ish tajribalar yuzasidan materiallarini ta’lim portallariga joylashtirib borish maqsadga muvofiq.

Kimyo, biologiya, fizika fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:

1- yo‘nalish “Fan oyligi”ning ochilishi

Umumta’lim maktablarida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligini o‘tkazish yuzasidan chora — tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

— Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarilishi, ularda shu fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir.

— DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilarning mazkur fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringi aniqlanadi.

— Maktablarda o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

2- yo‘nalish “Ochiq darslar”ni tashkil etish

— “Ochiq darslar”ni tashkil etishda o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish yuzasidan dars jadvalini belgilash;

— Kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda axborot kommunikatsion hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, mashg‘ulotlarni tashkil etish;

— kimyo, biologiya, fizika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va vertual laboratoriya qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish eta bilish;

— ilg‘or pedagogik texnologiyalar singdirilgan dars ishlanmalari tayyorlash va metodik birlashmalarda muhokama qilinib,ulardan eng yaxshi dars ishlanmalarini “Zeyonet” axborot portaliga joylashtirish;

— maktab rahbariyati tomonidan ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda fan oyligi doirasida maqolalarni ommaviy axborot vositalari orqali chop ettirishga erishish.

3- yo‘nalish “Sinfdan tashqari ishlar”ni tashkil etish

— Fan oyligi davomida biologiya fani bo‘yicha “Qushlar bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, “Gullar bayrami”, kimyo fani bo‘yicha “Kimyoviy elementlar so‘zlaydi”, “Xalq xo‘jaligida kimyo”, “Qiziqarli kimyo”, fizika fani bo‘yicha “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho‘qqisi”, “ Fizikada olam mujassam” kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlarini, tematik albomlar tanlovlarini o‘tkazishda xorijiy (ingliz, fransuz, nemis) tillardan foydalanilgan holda tayyorlash va o‘tkazishga erishish;

— Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi universitet, institut fakultetlarining professorlari, olimlar, darslik mualliflari, ustoz–shogird yo‘nalishidagi “Ustoz” o‘qituvchilar bilan mazkur fanlarga qiziquvchi o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish;

— Maktabda o‘quvchilarning o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida fan to‘garaklarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘tkazish;

— O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar o‘tkazish;

— Fan oyligi davomida kimyo, biologiya, fizika fan yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlariga, kasb-hunar kollejlariga, akademik litseylarga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish;

— Resurs markazlarida ochiq darslar, fanlarga oid kitob ko‘rgazmalari tashkil etish;

— Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘qituvchilarga metodik yordam berish uchun tumanlarda tashkil etilgan tayanch maktablar qoshida seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiq.

Fan oyligini yakunlash

Kimyo, biologiya, fizika fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyati o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi:

— DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini targ‘ib etish;

— Festivalda o‘qituvchi va o‘quvchilar iqtidori, qobiliyatini hamda mahoratini ko‘rsatish;

— Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarni taqdirlash.

Fan oyliklar tom ma’noda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha jamiyatga, fan sohasiga berayotgan foydasini ko‘rsata olish, har bir yo‘nalishdagi o‘qituvchilar ommasini jipslashtirish, fanlararo bog‘liklikni ta’minlash hamda ta’lim mazmunining yuqori samaradorligini oshirishdek ulkan vazifani ado etishga undaydi.

Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar to‘planib, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi.

Respublika ta’lim markazi

Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi metodistlari

G.Shoisaeva, Z.Sangirova, I.Saparboev

Manba: http://www.rtm.uz

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o’qitishdan maqsad o’quvchilarni jismonan kuchli, baquvvat, sog’lom qilib tarbiyalash orqali jamiyatda o’z o’rniga ega komil insonlarni voyaga еtkazishdan iboratdir.

Jismoniy tarbiya darslarini samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri – amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda sport anjomlaridan samarali foydalangan holda o’quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishdir.

O’quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga qiziqishini oshirish yo’llaridan biri bu fan oyliklarini yuqori darajada o’tkazishdan iborat.

“Fan oyligi”ni mazmunli, yuqori saviyada o’tkazishda turli sport bayramlari, musobaqa va uchrashuvlar, namunaviy mеdiyadarslar hamda o’quvchilarning nazariy bilimlarini boyituvchi “Sport bilimdonlari cho’qqisi” musobaqalarini tashkil etish lozim.

Mazkur oylik davomida sport bilan shuqullanuvchilar ommaviyligini yanada oshirish maqsadida turli yo’nalishlarda musobaqalar tashkil etish va unga barcha o’quvchilarni qamrab olinishi kеrak.

Sport musobaqalari bayramona, ko’tarinki ruhda bo’lishi va joylardagi “Yoshlik”, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” tashkilotlar va mahalla hamkorligida o’tkazilishi lozim. Jumladan:

I-IV- sinflar uchun:

— Quvnoq startlar;

— Shaxmat, shashka;

— Yengil atlеtika;

— Futbol;

— “Mеrgan” harakatli o’yini.

IV-IX sinflar uchun:

— Yengil atlеtika (30 m, 60 m, estafеta yugurishlar);

— Sport o’yinlari (futbol, volеybol, baskеtbol, qo’l to’pi);

— Shaxmat, shashka;

— Harakatli o’yinlardan musobaqalar o’tkazish.

“Fan oyligi” chora-tadbirlari umumiy o’rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport to’garagi rahbarlari bilan hamkorlikda kunlik, haftalik tadbirlar rеjasini tuziladi. Ta’lim muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur tadbirlarni yakuni bo’yicha mеtodbirlashma, mеtodik va pеdagogika kеngashlarida muhokama etilib, tahliliy ma’lumotlar yakuniga ko’ra vazifalar bеlgilab olinishi kеrak.

Oylik chora-tadbirlar rеjasida amalga oshiriladigan ishlar to’rt haftaga bo’linadi, har bir hafta uchun aniq bir yo’nalish asosida tadbirlar rеjalashtiriladi.

Tuman XTMFMTTEB Mеtodika kabinеtlari umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’tkaziladigan “Fan oyligi” tadbirlarini muvofiqlashtirib boradi. Shuningdеk, yosh mutaxassislarga mеtodik yordam ko’rsatish maqsadida haftaning bir (juma) kuni bеlgilanadi, tumandagi ilg’or tajribali o’qituvchilar tomonidan amaliy o’quv-sеminarlarini tashkil etiladi. Bunda jismoniy tarbiya fanidan murakkab mavzularni ilg’or pеdagogik tеxnologiya va intеrfaol mеtodlardan samarali foydalangan holda darslar tashkil etiladi hamda ish tajribalar yuzasidan davra suhbatlari, to’garak mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha amaliy mеtodik yordam bеradi. Shu bilan birga tuman, (shahar) viloyatlarda faol va fidoiy ishlayotgan fan o’qituvchilarini ish tajribalari ommalashtiriladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Fan oyligi”ning boshlanishidan bir hafta oldin chora-tadbirlar rеjasi ta’lim muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi, sport zali hamda anjomlari, yo’lakchalarni jismoniy tarbiya va sportga bog’liq shiorlar bilan jihozlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Fan oyligi” burchagiga tadbirlar rеjasi ilib qo’yilishi lozim.

Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya “Fan oyligi”ni o’tkazishda quyidagi maqsad va vazifalari amalga oshirilishiga e’tibor qaratish kеrak:

· DTS va o’quv dasturi talablari bajarilishida o’qituvchi hamda o’quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etilishi;

· Darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan sport to’garaklarning faoliyatini kuchaytirish, o’quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;

· “Iftixor” unvoniga sazovvor bo’lgan sportchilar haqida ma’lumot, sport yangiliklari bilan tanishtirish;

· “Sport bilimdonlar cho’qqisi” musobaqasi (www.rtm.uz) ni o’tkazish, sport yo’nalishlari bo’yicha o’quvchilarning ijodiy ishlari bo’yicha rеfеratlar ko’rik-tanlovlarini tashkil etish;

· Ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish.

Jismoniy tarbiya fanidan o’tkaziladigan “Fan oyligi” tadbirlari quyidagicha rеjalashtirish tavsiya etiladi.

Fan oyligining birinchi haftasida: Ilg’or pеdagogik tеxnologiya va intеrfaol mеtodlar asosida namunaviy darslar tashkil etish. Darslarda AKT vositalari yordamida intеrnеt tarmog’idan foydalanib, sportga oid yangiliklarini o’quvchilarga yеtkazish. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ijodiy ishlar rеfеrat ko’rgazmasi ko’rik-tanlov tashkil etish.

Ikkinchi haftada sport bayramini tashkil etish. Bunda ko’rgazmali va ommaviy tadbirlari bo’lishi, jismoniy tarbiyani kеng targ’ib qilish kabi sahna ko’rinishlaridan iborat tomoshalari o’tkazilishi mumkin. Masalan, shu kunga qadar bo’lib o’tgan sport musobaqalarida maktab jamoasining erishgan yutuqlari namoyishi, milliy bayramlardagi ommaviy o’yinlar, jismoniy pauza turidagi mashqlar konkursi o’tkaziladi. Ushbu konkurslarda barcha tomoshabinlar faol ishtirok etishi lozim.

Maktab o’quvchilarini ko’rgazmali chiqishlarini tayyorlashda, sport bayramlarini tashkil etish va o’tkazishda barcha maktab pеdagog xodimlarini jalb etish kеrak.

Sport bayramlari turli chiqishlar mazmuniga ko’ra harakatchan, emotsionalli, xilma-xil bo’lishi hamda musiqiy ohanglar ostida o’tkazilishi maqsadga muvofiq.

Uchinchi hafta o’zining ko’lami, qiziqarli sport musobaqalari bilan alohida ajralib turishi lozim.

To’rtinchi haftada esa sport turlari bo’yicha yuksak muvafiqqatlarga erishgan Fan arboblari, Rеspublika va Xalqaro sport musobaqalari g’oliblari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish.

Shu bilan birga faqat fan oyligi davomida emas, balki yil davomida o’quvchilarning sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tumanda joylashgan BO’SM (Bolalar va o’smirlar sport maktabi)larga sayyohatlar uyushtirish va o’quvchilarni qiziqishlari bo’yicha turli sport to’garaklariga jalb etish ishlarini ham rivojlantirib borish kеrak.

Oylik davomida o’tkazilgan turli tadbir va sport musobaqalarida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib borish lozim.

Fan oyligi yakunida o’tkazilgan tadbirlar bo’yicha tahlillar, xulosalar umumlashtirilib, mеtodbirlashma yig’ilishlarida o’rganlishi va kеlgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar bеlgilab olish zarurdir.

Rеspublika ta’lim markazi

bosh mеtodisti Furqat Nadjimov

Manba: http://www.rtm.uz

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

Umumta’lim maktablarida Matematika fani oyligini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar

Umumta’lim maktablarida mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish omili hamdir. Shuni aytish joizki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanning o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar, bahs-munozaralarga olib kelishi mumkin. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni ham namoyon etadi.

Fan oyligi davomida maktablarning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan ta’minlanganligi, matematika fani xonasining zarur ko‘rgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlanishi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi yangiliklar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish, shahar, viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish ishlari rejalashtiriladi.

Fanga oid devoriy gazetalar chiqarilib, unda qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari yoritiladi.

Maktab, tuman, shahar, viloyat miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashma, ijodkor o‘qituvchi va metodistlarning ish tajribalari o‘rganilib, ommalashtiriladi.

Matematika fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo «Yosh matematiklar», «Nima, qaerda, qachon?» kabi qiziqarli mavzularda festivallar, fan bilimdonlari bellashuvi va bahs-munozaralar o‘tkaziladi. Fan oyligiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini qadrlash va baholash maqsadida oylik davomida faol qatnashgan fan o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.

Ushbu tavsiyani to’liq bu erdan ko’chirib oling Matematika fan oyligi

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

Geografiya fani bo‘yicha fan oyligini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar

Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yyobga chiqarish omilidir.

Shuni aytish lozimki, fan mutaxassislarining o‘rtasida fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar bahs-munozaraga aylangan o‘rinlar mavjud. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangilikni namoyon etadi.

Geografiya fanini o‘qitishda sifat-samaradorlikni oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida va viloyat xalq ta’limi boshqarmalarida fan oyligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Fan oyligini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi

1. Geografiya fan oyligining boshlanishi va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS va o‘quv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada taxlil qilish (jadval va diogrammalar asosida);

2. Maktablarning pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi, geografiya xonasining geografik xaritalar, globuslar, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv atlaslari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish;

3. Maktabda “Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga va fan yangiliklariga doir qiziqarli devoriy gazetalar chiqarish, masalan “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, 2012 yil “Mustahkam oila yili», «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», «Betakror go‘shalar», kabi mavzularda. Devoriy gazetalarning sahifalarida Respublikamizning 21 yil davomida iqtisodiy va siyosiy sohalarda erishgan yutuqlari, fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, qiziqarli boshqotirmalar va viktorina savollarini berish;

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2012-2013 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geografiya fanidan o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi va olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun o‘qituvchilarga mavzular yuzasidan dars davomida ko‘proq ularni xarita va o‘quv atlaslari bilan ishlashlarini yo‘lga qo‘yish, 5-7 sinflarda olgan bilimlari, hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalari asosida quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ochiq darslar o‘tkazish. Jumladan:

Yo‘nalish azimuti va masofani aniqlashda, geografik xaritalar, xarita masshtabini aniqlab topishda, Litosfera, Yerning qobiqli tuzilganligi, Yer po‘sti harakatlari, materik va okeanlarning paydo bo‘lishi, Dunyo okeani, okean suvinnig sho‘rligi, haroratini aniqlashda, havo harorati va bosimini aniqlab topishda, okean oqimlarini ajratib berishda o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar vujudga kelgan.Ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etishda yuqorida ko‘rsatilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘llash.

5. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida barcha maktablarda «Geografiya maydonchasi»ni tashkil qilish va o‘quvchilar bilan olib borilayotgan amaliy kuzatuv mashg‘ulotlarining asosida «Geografiya maydonchasidan olingan ma’lumotlar» mavzusida foto ko‘rgazma tayyorlash;

6. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining sifatini oshirish, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;

7. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;

8. Fan oyligini tashkil etish orqali fan uyushmalari va metodbirlashmalari faoliyatining samaradorligini oshirish;

9. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish o‘z iqtidorlari va hosil bo‘lgan malakalari asosida kasb yo‘nalishlarini tanlashda, o‘z o‘lkasining tarixi, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi, arxeologik va madaniy yodgorliklari, tabiat muhofazasi, madaniy va milliy merosimizni o‘rganishlariga, ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularni tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirish bilan birga, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashlariga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga qaratilgan, maktablarda tashkil etilgan “Yosh o‘lkashunos”, “Yosh sayyoh”, “Muzeyshunoslik” to‘garaklarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda hamkorlik texnologiyasiga amal qilish;

10. Geografiya fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sinflar va maktablararo “Mening o‘lkam”, «Nima, qachon, qaerda», «Yosh geograflar bellashadi” kabi mavzularda fan bilimdonlari o‘rtasida bahs-munozalarni tashkil etish;

11. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish kabilardir.

Fan oyligini tashkil etish

— Maktabda fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanishi arafasida yangi tahrirdagi o‘quv dasturi talablari va modernizatsiya qilingan DTS me’yorlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida, o‘quvchilardan geografiya fanlari bo‘yicha sinov o‘tkaziladi. Bu bilan o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmalarda tahlil qilish tavsiya etiladi.

— Maktablarning o‘quv jihozlari, fan kabinetlari, pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi o‘rganiladi va o‘quvchilarga jihozlaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

— Geografiya fan xonalarining jihozlari, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi o‘rganiladi.

— Maktabda mazkur fandan o‘tkazilgan geografik bayramlar va kechalarga doir gazetalar chiqarilishi, gazetada shu fan bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari bo‘yicha samaradorliklari berilishi rejalashtiriladi.

— Maktabdagi shu fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish uchun dars ishlanmalari, test topshiriqlari va nazorat ishlari to‘plamlari tayyorlanishi tavsiya qilinadi.

— Maktablarda, tuman miqyosida “Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga bag‘ishlab, «2012 yil mustaxkam oila yili», “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», “O‘zbekiston kecha, bugun, ertaga” mavzularida tadbir va fan kechalari o‘tkaziladi.

— Viloyat, tumanlardagi tayanch maktablar qoshida o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

— Maktab, tuman, viloyat va Respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg‘or o‘qituvchilarning, metodistlarning ish tajribalari ommalashtiriladi.

— “Fan oyligi”ning o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib boriladi.

— “Fan oyligi” davomida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor olimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o‘quvchilar uchrashuvlari tashkil etiladi.

— Tumanlarda «fan oyligi»ning yakunlariga bag‘ishlangan seminarlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

— Maktabdagi geografiya uslubiy birlashmalari yillik ish rejasida fan oyligi uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogika kengashi, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.

— Geografiya fanlari bo‘yicha darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, eng mukammal yozilgan eng yaxshi dars ishlanmalari, ijodiy ishlari tanlovi o‘tkazilib viloyat, tuman fan oyligi yakunida g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantiriladi.

— Geografiya fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab, tuman, viloyat rahbariyatining o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida (maktab, tuman, viloyat miqyosida) o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlanadilar.

 

Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi boshmetodisti: E.Nazaralieva

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

“Iqtisodiy bilim asoslari” bo‘yicha fan oyligini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiya

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda iqtisodiy ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlarining izchilligi va o‘zaro muvofiqligi ta’minlandi, “Iqtisodiy bilim asoslari” o‘quv dasturlarida umumiy va qo‘shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shu bilan birga o‘qitish mazmuni-mohiyatini real hayotiy ehtiyojlarga maksimal darajada yaqinlashtirish ko‘zda tutiladi. Shu maqsadda 1-4 sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi”, 5-7 sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, 8-9 sinflarda “Soliqqa tortish asoslari” o‘quv kurslari boshlang‘ich sinflarda Atrofimizdagi olam, O‘qish, Matematika, Odobnoma, Mehnat, yuqori sinflarda Matematika, Georgrafiya, Tarix, Mehnat va Milliy istiqlol va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar dasturlariga integratsion yondoshuv asosida darslar o‘tilishi tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini 2012 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy –iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida 2012 yilda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga doir ko‘rilgan chora – tadbirlar joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish, iqtisodiyoting barcha jabhalarini muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, 2012 yilda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlash uchun mustahkam asos bo‘lish imkonini berdi.

Mustaqillik yillarida yurtimizda keng miqyosdagi soliq islohatlari amalga oshirildi. Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan davlat budjetini to‘ldirishni, zarur davlat harajatlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan va shuningdek, aholi daromadlari o‘sishini iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi yaratildi. Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich kamaytirilishi – olib borilayotgan soliq islohatlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi.

Umumta’lim maktab o‘kuvchilarining hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ularga soliqlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda soliqlar va soliq to‘lovlarining ahamiyati va roli to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, ularga soliqlar haqidagi dastlabki tushunchalarni berish, soliqlarning tarixi, mohiyati, to‘lash tartiblari, soliqlarni xalq va davlat farovonligi manbai ekanligi haqidagi boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish maqsadida darsdan tashqari vaqtlarida O‘zbekiston Respub­likasi Davlat soliq Qo‘mitasi (DSQ) bilan hamkorlikda tadbirlar va “Iqtisod va soliq saboqlari” to‘garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

“Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘kitishda axborot kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda bilim berish, darsning qiziqarli bo‘lishi, o‘kuvchilarning bilimini oshirishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur islohotlar zamirida O‘zbekistonning ta’lim tizimida yangi bir fan “Iqtisodiy bilim asoslari” fanining o‘qitilishi joriy etildi. Mazkur fanning joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida, zamonaviy iqtisodiy xulq – atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.

“Iqtisodiy bilim asoslari” fanining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri shuki, u o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi, iqtisodiy savodxoniliklarini yuksaltirib, soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.

Shuning uchun ham bugungi kunda iqtisodiy ta’limni amalga oshirilishida ta’lim-tarbiyaning uzviy va uzluksizligi katta ahamiyat kasb etadi. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan tashkil etiladigan fan oyligini tashkil etishdan maqsad –

— Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarini targ‘ib qilish;

— o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, yangi iqtsodiy madaniyat, yangicha iqtisodiy fikrlash va tafakkurni shakllantirish;

— o‘quvchilarning iqtisod fani bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash;

— soliq bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

— iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llarining yangi qirralarini yaratish;

— hozirgi zamon fan va texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod faniga kirib kelayotgan yangiliklar, dunyodagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan doimo tanishib borish ko‘nikmasini shakllantirish;

— ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy mahoratini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;

— ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish va b.

Fan oyligini tashkil etish.

Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar ijtimoiy fanlar uslub birlashmasi tomonidan o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar rejalashtiriladi.

Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritiladi, pedagogika kengashida tasdiqlanib, ijrosi muhokama qilinadi. Fan oyligi rejasida boshlang‘ich sinflarning hamda yuqori sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari va yosh xususiyatlari e’tiborga olgan holda tadbirlar belgilanadi.

Jumladan;

1-4 sinflarda

— “Moddiy ehtiyojlar nima uchun kerak?”

— “Kim bo‘lsam ekan?”

— “Daromadga qarab buromad”.

— “Maktab mulki kimniki?” mavzularida tarbiyaviy soatlar,

5-7-sinflarda

-“Bankir bo‘laman”;

— “Nima? Qanday? Kim uchun?”

— “Tadbirkorlik”;

-“Pul muomillasi nima?”

— “Milliy valyutamiz – faxrimiz”;

— “Eng yosh iste’molchi” mavzularida davra suhbatlari,

-“Soliq — bolalar nigohida” mavzusining hikoyalarda aks ettirilgan tanlov,

8-9 sinflarda

— “O‘zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishgandan keyingi iqtisodiyotdagi rivojlanishi”;

— “Tadbirkorlikka e’tibor” mavzularida konferensiya;

— “Soliqlarning iqtisodiy mohiyati” mavzusida eng yaxshi insho tanlovi, hamda “Soliqni qanday hisoblaymiz va to‘laymiz” mavzusida eng yaxshi kompyuter taqdimoti;

— “Mening biznes g‘oyam”,

— “Oila budjeti” kabi mavzularda bilimdonlar bellashuvi, bahs-munozara, davra suhbatlari tashkil etish tavsiya etiladi.

Tashkil etiladigan tadbirlarda interaktiv topshiriqlar, savol va qo‘shimcha materiallardan foydalanish o‘quvchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.

Shuningdek, oylik davomida o‘quv rejadagi mavzular asosida ochiq darslar tashkil qilish, o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy ishlar(referatlar) tanlovini o‘tkazish, xududiy ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirish va iqtisodchi olimlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, fan oyligi davomida ommaviy axborot vositalarida, internetning WEB sahifalarida ma’lumotlar berib borilishi ham tavsiya etiladi.

“Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo‘yichaochiq darslarni tashkil qilishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ochiq darslar mazmuniga muhtaram prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobidagi konseptual g‘oyalarini hamda “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobi, shuningdek, davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2012 yil 25 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasini 2012 yilning Birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi mazmun mohiyatini singdirish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, 7-8-9- sinflarda “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” ezgu g‘oya ostida “O‘zbekistonning iqtisodiyotda erishgan yutuqlari” mavzusida ochiq darslar tashkil etishzarur.

Umumta’lim muassasalarida oylik yakunida o‘tkazilgan tadbirlarda sinflar va o‘quvchilarning ishtirokini rag‘batlantirish, yakuniy xulosalar chiqarish va kelgusidagi vazifalarni belgilash o‘rinlidir. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi referatlarni to‘plam holiga keltirib, maktab kutubxnasiga foydalanish uchun kirim qilish o‘quvchilar mehnatini rag‘batlantirishning bir ko‘rinishidir.

Viloyatda, tumanda fan oyligi yakunida eng mukammal dars ishlanmalari tanlovini baholash uchun hakamlar hay’ati tarkibi tuziladi. Hakamlar hay’ati tomonidan dars ishlanmalar o‘rganilib, g‘oliblari aniqlanib, rag‘batlantiriladi va amaliyotda foydalanishga tavsiya etiladi.

8-9 sinflarda “Oila budjeti” mavzusidagi baxs-munozara uchun taxminiy savollar

— Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?

— Oila kamomadi nimalarga olib keladi?

— Tabiiy boyliklar deganda nimani tushunasiz?

— Soliq to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmasa ijtimoiy himoyani amalga oshirishda qanday qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin?

— Ma’naviy boylik deganda nimani tushunasiz? (Prezidntimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobi materiallari asosida)

Respublika ta’lim markazi

Ijtimioy, iqtisodiy bilim

asoslari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi

Manba: http://www.rtm.uz

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

“Davlat va huquq asoslari”, ”MIG va ma’naviyat asoslari”fanlari bo‘yicha tavsiya

Yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi davlatning doimiy e’tiboriga olindi.

Mazkur maqsadni amalga oshirishda qabul qilingan O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo‘lgan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” va boshqalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo‘yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.

Umumta’lim maktablarini isloh qilish, uning moddiy-texnika bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rinini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda davlatimiz bosh islohatchi bo‘lib maydonga chiqdi.

Umumta’lim maktablari davlat ta’lim standartalarining takomillashuvi, o‘quv dasturlarining optimallashuvi hamda darsliklarning yangi avlodini yaratilishi bilan bir qatorda umumta’lim maktablari uchun elektron axborot ta’lim resurslari yaratildi.

Elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish uchun oldin ushbu resurs haqida qisqacha tushunchalarga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu tavsiyani bu yerdan yuklab oling. TAVSIYA

Manba: http://www.rtm.uz

http://dtm10maktab.zn.uz/files/2013/04/image010.gif

Ingliz tili fanidan elektron qo`llanmaga tavsiya (5 sinf)

Elektron darslikda berilgan illustrasiyalar ham ahamiyatga ega. Elektron darslikdagi illustrasiyalar ko‘proq muvaffaqiyatga olib keladi. Ular darslikdagi illustrasiyalarga nisbatan tiniq va ranglidir.

Elektron darslikda berilgan video lavhalar o‘quvchilarga o‘tilayotgan mavzuni tasavvur qila olishlariga, audiomateriallar — tinglab tushunishlari, talaffuz qoidalarini egallashlariga, ikki tillik lug‘at notanish so‘zlarni tarjima qila olishlariga yordam bersa, test materiallari esa o‘rganilgan materiallarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib beradi.

Ingliz tili fanidan yaratilgan elektron darslikdan foydalanishdan maqsad o‘quvchilarga nafaqat ingliz tilidagi tayanch bilimlarni berish, balki o‘rganilayotgan tilni tasavvur qilgan holda egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishdir. Darslar asosan amaliy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda o‘quvchi berilgan nazariy qoidalarni yodlashga majbur bo‘lmaydilar va aksincha, qoidalar asosida amaliy mashq bajaradilar. Nazariyani o‘rganish amaliy topshiriqlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.

Elektron darslikda mavzular o‘z aksini topgan. O‘quvchilarga mavzuni mustahkamlash uchun elektron darslikda berilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar, audio va videomateriallardan uy vazifasi sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil holda uy vazifasi sifatida xorijiy til elektron darsliklaridan foydalanishning afzalligi quyidagilardir:

  • mustaqil bilim olish
  • mustaqil fikrlash
  • bilim samaradorligini oshirish
  • fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish
  • tinglangan audio-video materiallar orqali o‘rganilayotgan tildagi so‘zlar talaffuziga amal qilish
  • vaqtdan istalganicha foydalanish
  • tinglab-tushunish malakasini oshirish
  • mamlakatshunoslikka oid materiallarni ko‘rish orqali mamlakatimiz hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat haqida tasavvurga ega bo‘lish
  • o‘z bilimini nazorat qilishga erishish

Elektron darslikdan foydalanganda o‘quvchi berilgan topshiriqni mustaqil, hech kimning yordamisiz bajarishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchiga mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Mashqlardagi ba’zi bir qiyinchiliklarni bartaraf etishda o‘quvchi sinfdagi boshqa o‘quvchilardan yordam kutmaydi va o‘zi mustaqil fikrlaydi. Berilgan topshiriqlarni mustaqil bajargandan so‘ng o‘quvchi mavzuga oid ma’lumotga ega bo‘ladi, bu esa uning bilim samaradorligini oshishiga ko‘maklashadi. Elektron darslikda berilgan topshiriqlarni mustaqil bajargach, o‘quvchi mavzuni yaxshi o‘zlashtiradi, kengroq tasavvurga ega bo‘ladi va fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Berilgan matnni tinglash orqali o‘quvchi fonetik tovushlarni ajratadi, intonatsiyani o‘rganadi, shu tilga oid bo‘lgan so‘zlarning to‘g‘ri talaffuziga rioya qiladi. Agar o‘qituvchi darsda elektron darslikdan foydalansa vaqt chegaralangan ya’ni 1 minut yoki ko‘rsatilgan vaqtida tugatadi. O‘quvchi o‘zi mustaqil foydalanganda materiallardan keragicha foydalanishi, tushunmagan, yaxshi anglay olmagan til materiallarini takror-takror tinglashi va o‘rganishi mumkin. Takror-takror eshitish orqali o‘quvchining tinglab-tushunish malakasi oshadi va mustaqil fikrlashga o‘rganadi. Elektron darslikda har bir bob so‘ngida berilgan testlarni yechish orqali o‘quvchi olgan bilimini tekshirib ko‘rishi, bir vaqtning o‘zida olgan bilimini o‘zi nazorat qilishi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil tuzatishi va qayta o‘zini nazorat qilishi mumkin.

Ushbu qo’llanmani yuklab oling. Ingliz tili tavsiya (5-sinf)

Manba: http://www.rtm.uz

 

 

<<……boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________