SHE’RLAR

«So`nggi qo`ng`iroq» tadbiriga bag`ishlangan she`rlar

USTOZLAR

Zamonlar aylanar, davronlar o‘tar,
Kelib ketar bunda qancha buyuklar.
Ayting, kim ham sizdek kuyunchak bo‘lar,
Ey, siz, shogird uchun jondek suyuklar.

Necha yangiliklar bu zamin aro,
Ne-ne kashfiyotlar solmadi dovrug‘.
Biroq «USTOZ » degan nomdanda a’lo
Ixtiro bo‘lmagan dunyoda ulug‘.

Jajji qo‘lchalardan mehr ila tutib,
Nurli dunyolarga chorlovchi mayoq.
Hayrat balqqan ko‘zlar, ma’sum qalblarga,
Ilmu-marifatdan yoqasiz chiroq.

Shogirdlar ulg‘ayar, o‘tarkan yillar,
Barchasi bilimdon, navqiron, o‘ktam.
Sizdagi bor bilim, g‘ayrat, shijoat,
Hatto yoshligingiz ularga o‘tgan.

Chekkan zahmatingiz mahsullariga
Boqib, o‘zingiz ham qilasiz havas.
Oydin iqbol tilab,toza gullarga
Deysiz, ishonchimiz oqlasangiz bas.

Hayot charog‘ondir ilm nuridan
Ustoz go‘yo ziyo sochguvchi Quyosh.
Nomingiz hamisha dillar to‘rida
Siz ibrat, iroda, siz sabr-bardosh.

To dunyo bor ekan bor bo‘ling bardam,
Sermashaqkat yo‘lda yengmasin charchok.
Otash kalbingiz-la yorug‘dir olam,
Ko‘ngillar siz tutgan qog‘ozdek oppok.

Aziz ustozlarim, muallimlarim,
Bir umr shogirdlik salomim sizga.
Qo‘llarim ko‘ksimda aylagum ta’zim.
Cheksiz hurmat to‘la kalomim sizga.

USTOZNI ESLAB

Ho‘rsinadi ko‘ngillar mahzun,

Butun borliq motamsaro, jim.
Hamon, sizdan ayrilgan ochun,
Ko‘z yoshlarin tiyolmas sim-sim.

Alam ezgan qaddi dol, egik,
O‘tib ketdi yana bitta qish.
Bugun boshin ko‘tarolmay tik,
Bahor keldi ma’yus va homush.

Bog‘laringiz yana gul yozib,
Yaproqchalar shivirlab mayin.
G‘amga to‘la dillarni ezib,
Sizni qo‘msab so‘rashi tayin.

Qo‘llaringiz tekkan har daraxt,
Izlaringiz tushgan har tuproq.
Yodimizdan chiqarmas sizni,
Yuraklardan o‘chmassiz mutloq.

Faqat ezar ba’zida armon,
— Qani edi hayot yursalar.
Umr ko‘rib uzoq, sog‘, omon,
Zahmatlar rohatin ko‘rsalar.

Aslo o‘chmas yaxshilar yodi,
O‘tsa hamki ne-ne zamonlar.
Ezgu ishi mangu haykaldir,
Xotirasi porlok insonlar.

Siz ham shunday inson edingiz,
Ezgulik-la qoldirdingiz nom.
Ortingizda qolgan shogirdlar,
Yodlarida tiriksiz mudom.

Munojotxon Karimjon qizi.

USTOZLARGA

Qo’llarimda jaranglar sozim,
Bugun chindan yangroq ovozim,
Ustoz pandi — bahorim, yozim
Sizga ta’zim, sizlarga ta’zim.

O’gitingiz — kelajak darsi,
Tashvishingiz — yuragim darzi.
Sizni sevmoq hayotim qarzi,
Sizga ta’zim, sizlarga ta’zim.
Nurjahon Avazova

USTOZ
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,
Quyoshdek o’zgarmas Alifbe kitob.

Kundaligim varag’ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi —
Bolalikda to’g’rilandi xatolar.

Esdalik daftarimni qo’lga oldim,
O’quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.

O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.
Sarvinoz Musatdinova.

SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ

Bir zum to‘xta, so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Bir zumgina chalinmay turgin.
Titrab turgan yuragimga boq,
Hayqirishin, uning bir ko‘rgin.

Shoshma, bir dam to‘yib olayin,
Do‘stlarimning diydoriga men.
Dardlarimni to‘kib solayin,
Bolaligim olib qochma sen.

Chalinmay tur, ustozlarimning
Ko‘nglin hali ololganim yo‘q.
Qaynoq mehrin buloqlariga
Hali to‘yib qonolganim yo‘q.

Bolaligu beboshlik qilib,
Og‘ritgandim qancha dillarni.
Shoshma, biron yahshilik qilib,
Quvontiray, endi ularni.

Ko‘zlarimni yoshlamagil, qo‘y,
Chalinmay tur, so‘nggi qo‘ngiroq.
Bolalikdan ayirma meni,
Ketgim kelmas, hech undan yiroq.

Munojatxon Karimjon qizi

Xush qol, maktab…

Bugun yodga oldim ajib kunlarni,
Ilk bor maktab tomon qo’yganim qadam.
Dastalab chiroyli, oppoq gullarni,
O’quvchiman, — degan hisni tuyganim.

Chalingan ilk qo’ng’iroqning sirli sadosi,
Murg’ak yuragimga orzular solgan.
Ustozimning mehribon dilkash ovozi,
Unutmas bo’lib yodimda qolgan.

“Ona Vatan”, — deya yozgandik ilk bor,
Katta harflar ila oppoq daftarga.
Vatan muhabbati singgan ehtimol,
O’sha kun bu jajji, murg’ak qalblarga.

Jonajon maktabim – ona qaldirg’och,
Bu kun ketayapmiz sening bag’ringdan.
Ko’zlarda yoshu, qalbda hayajon,
Katta hayot bizga ochmoqda quchoq…
Shahnoza Jaysanova

USTOZLAR

← Orqaga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________