8-sinf O’zbekiston tarixi TEST (1)

Do’stlik TXTMFMT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Nurg’oziyev Shuhratning «Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish» deb nomlanuvchi uslubiy qo’llanmasidan

8-sinf O’zbekiston tarixi fanidan har bir mavzular uchun mo’ljallangan test savollari

BIRINCHI BOB.

1-§.TEMURIYLAR DAVLATINING INQIROZI.

1.XV-XVI asrlarda Movarounnahrda qanday siyosiy vaziyat mavjud edi?
a)Markazlashgan davlat tuzish an’analari kuchaydi
b)Movarounnahr bir nechta mustaqil viloyatlarga bo’linib ketdi.
c)Mahalliy hukmdorlarning o’zaro urushlari ancha kamaydi.
d)Movarounnahrni Xuroson hokimlari bosib oldi. e) a va c javoblar to’g’ri
2. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etgach,Xuroson taxtiga kim o’tirdi?
a)Badiuzzamon mirzo
b)Muzaffar mirzo
c)Abu Sa’id
d)a va b javoblar to’g’ri.
e)Husayn Boyqaro vafot etgach,bu sulola vakillaridan hech kim yo’qligi uchun Shayboniylar sulolasi taxtga keldi.
3.Sulton Husayn Boyqaro davrida Xurosonda…….
a)Mamlakatda to’liq osoyishtalik o’rnatilib,davlatning xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak edi.
b)Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalgam oshirildi va Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi.
c)Davlatning xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi.
d)Mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmadi e)b,c va d javoblar to’g’ri.
4.Tarixda Padarkush nomini olgan hukmdor nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
a)Abdullo mirzo
b)Sulton Abu Sa’id
c)Abdullatif
d)Mirzo Ulug’bek
e)Barchasi noto’g’ri
5.XVI asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Bobur mirzo ham chiqdi.Bu hol…………
a)Holdan toygan Temuriylar davlatini yanada jonlashtirishga olib keldi
b)Temuriylar davlatini birlashtirishga olib keldi
c)Shusiz ham holdan toygan Temuriylar davlatini yanada zaiflashtirdi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri

2-§.DASHTI QIPCHOQDA ABULXAYRXON DAVLATI.

6.XV asrda Dashti Qipchoq aholisi asosan nima bilan shug’ullanar edi?
a)Polizchilik
b)Bog’dorchilik
c)Baliqchilik
d)Chorvachilik
e)Dehqonchilik
7.Dashti qipchoq qabilalari kimning hukmronligi davrida islim dinini qabul qildi?
a)Shayboniyxon
b)O’g’izxon
c)O’zbekxon
d)To’xtamoshxon
e)Abulxayrxon
8.Abulxayrxon barpo etgan davlatning inqirozga uchrashining sababi nimada?
a)Birlashtirishning mustahkam iqtisodiy negizi yaratilmaganligi
b)Qabila boshliqlarining doimo mustaqillikka intilishi
c)Abulxayrxonning Oltin O’rda bilan mustahkam qo’shnichilik aloqalarini o’rnata olmaganligi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri
9.”Boburnoma” asarida “Shayboniyxon” deb berilgan nom qanday ma’noni anglatadi?
a)Kuch-qudrat egasi
b)Buyuk
c)Buyuk kuch-qudrat egasi
d)a va b to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri
10.Qanday sabablarga ko’ra Shayboniuxon hukmdor bo’lmasidan avval ham Movarounnahrda homiylarga ega bo’la olgan edi?
a)Temuriylarning ichki kurashlarida goh u hukmdorga,goh bu hukmdorga o’z qo’shini bilan xizmat qilgani uchun
b)O’z davrining atoqli shoiri bo’lgani uchun
c)Harbiy musobaqalarida o’zining barcha raqiblarini mag’lub eta olganligi uchun
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)Barcha javoblar noto’g’ri

3-4§§.BOBURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI.

11.Bobur mirzo necha yoshida va qaysi yili hokimiyatga o’tkazildi?
a)14 yoshida,1496-yilda
b)12 yoshida,1495-yilda
c)12 yoshida,1494-yilda
d)13 yoshida,1495-yilda
e) Barcha javoblar noto’g’ri
12.1501 yilning bahorida Bobur va Shayboniyxon qo’shinlari o’rtasidagi jang………
a)Bir-biriga dushman tomonlar o’rtasida tinch shartnomaga imzo qo’yilishi bilan yakunlandi
b)Shayboniyxon Bobur mirzoning qaqshatqich zarbasiga duchor bo’lishi bilan yakunlandi
c)Boburning mag’lubiyati bilan tugadi
d)Shayboniyxonning Xitoyga yurishini tezlashtirdi
e)Shayboniyxon uchun hech qanday ijobiy natija bermadi
13.Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang qaysi shahar atrofida bo’ldi?
a)Samarqand yaqinida
b)Buxoro atroflarida
c)Kesh atroflarida
d)Marv yaqinida
e)Termiz atroflarida
14.Bobur mirzo qachon va kimdan Samarqand taxtini birinchi marta tortib oldi?
a)1497-yilning noyabr oxiri,Boysung’ur mirzodan
b)1499-yil,Xusravshohdan
c)1495-yil,Sultonali mirzodan
d)1500-yil,Shayboniyxondan
e)Barchasi noto’g’ri
15.Shayboniyxon Samarqandni qachon urushsiz egalladi?
a)1500-yilda
b)1499-yilda
c)1503-yilda
d)1497-yilda
e)1501-yilda

5-§.ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR.

16.”Bobur o’zbek xalqining buyuk farzandi,milliy g’ururidir”.Bobur haqidagi ushbu jumlalar kimga tegishli?
a)I.Karimov
b)J.Neru
c)M.Gandi
d)I.Gandi
e)P.Qodirov
17.Bobur jang qilishda turklarning qaysi usulini ko’proq qo’llaganligini toping?
a)”To’lg’ama”
b)”Otliq qo’shinni unumli ishlatish”
c)”Pistirma qo’yish”
d)”Izofadan keng foydalalish”
e) Barcha javoblar noto’g’ri
18.Bobur ismining lug’aviy ma’nosi?
a)Kuch-qudrat egasi
b)Buyuk
c)Yo’lbars
d)Omad keltiruvchi
e)Sher
19.Boburning Hindistonda asos slogan “Boburiylar”sulolasin necha yil hukm surdi?
a)330 yil
b)333 yil
c)342 yil
d)332 yil
e)331 yil
20.Bobur mirzo………….
a)Hindistonda buyuk saltanatga asos solgan mohir sarkarda
b)Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir,mashhur tarixchi olim
c)Yirik bastakor
d)a va b javoblar to’g’ri
e)a,b va c javoblar to’g’ri

6-§.MUHAMMAD SHAYBONIYXON-MOVAROUNNAHR HUKMDORI.

21.1503-yili Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagach,ushbu shaharlarga Ko’chkunchi Sulton va Suyunchixo’jani hokimlikka tayinlaydi.Ushbu tarixiy shaxslarning kelib chiqishini aniqlang? ( Ko’chkunchi Sulton va Suyunchixo’ja)
a)Ular Abulxayrxonning farzandlari edilar
b)Ular Mirzo Ulug’bekning nabiralari edilar
c)Ular Shayboniyxonning amakilari edilar
d)a va c to’g’ri
e)Barcha javoblar to’g’ri
22.Shayboniyxon tamonidan 1506-yilda qaysi shahar egallangan?
a)Buxoro
b)Hirot
c)Toshkent
d)Balx
e)Urganch
23.Eronda shialikni hukmron mazhabiga aylantirgan hukmdorni aniqlang?
a)Hasan Saboh
b)Nodirshoh
c)Ismoil Safaviy
d)Nasriddinshoh
e)Barchasi noto’g’ri
24.Dashti qipchoqda Shayboniyxonning nufuzi oshib,hokimiyati kuchayib borishiga sabab bo’lgan omillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi va u yerda vujudga kelgan beqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan ustalik bilan foydalana olganligi
b)Movarounnahr zadagonlari,ruhoniylari va umuman aholining yuqori qatlamlari ma’lum toifasining ham o’z maqsadlari yo’lida Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganligi
c)Dehqonchilik,hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi aholisi bo’lgan yerlar bosib olinishi,o’troq hayot tarziga o’tib dehqonchilik,hunarmandchilik bilan shug’ullanishiga imkon beradi,debhisoblagan ko’chmanchilar oddiy qatlamlarining ham Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganliklari
d)Abulxayrxondan keyin tarqalib ketgan turli qabilalarning Shayboniyxon atrofida birlashishga intilishlari va istilochilik urushlari natijasida yangi-yangi yerlar bosib olinishidan manfaatdor bo’lgan ko’chmanchi qabilalar yetakchilari va ayrim ruhoniylarning kuchli yollangan lashkarga ega bo’lgan Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganliklari
e) Barcha javoblar to’g’ri
25. Shayboniyxon va Shoh Ismoil o’rtasidagi diplomatik muzokarada Shaybonuyxon qanday talablarni ilgari surgan edi?
a)Shialikka va 12 imom nomini xutbaga qo’shib o’qitishga tezda barham berilishini talab qildi
b)Z.M.Boburni tiriklayin ushlab,o’z huzuriga yuborish talabini ilgari surdi?
c)Shoh Ismoil Safaviyning Makkaga borib,tavba-tazarru qilishini hamda Shayboniyxon nomini xutbaga qo’shib o’qitishni talab qildi d)a va b to’g’ri
e)a va c to’g’ri

7-§.SHAYBONIYLAR DAVLATI.

26.Quyidagilardan Shayboniylar sulolasiga mansub hukmdorlarni aniqlang?
1)Ko’chkunchixon 2)Ahmadshoh 3)Navro’z Ahmad 4)Pirmuhammad
5)Farrux Suyar 6)Bedorbaxt 7)Iskandar Sulton 8)Abdulmo’min
a)1,4,6,8
b)1,2,3,4,8
c)2,4,5,6,7
d)1,3,4,7,8
e)1,2,3,4,5,6,7,8
27.XVI asrning 30-yillarida Shayboniylardan bo’lgan eng ta’sirli,obro’yli xon kim edi?
a)Abdullaxon
b)Muhammad Temur
c)Mahmud Sulton
d)Navro’z Ahmadxon
e)Ubaydullaxon
28.Shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlatlarini XVI asrda nima deb ataladigan bo’lgan?
a)Dashti qipchoq
b)Samarqand
c)Buxoro xonligi
d)Buxoro amirligi
e)Qo’qon xonligi
29.Davlatchiligimiz tarixida A.Temurdan keyin yirik markazlashgan davlat barpo eta olgan hukmdor nomini aniqlang?
a)M.Ulug’bek
b)Abdullaxon II
c)Shayboniyxon
d)Ubaydullaxon
e)Pirmuhammad
30.”Uning davlati va xalifati zamonida Movarounnahr ayniqsa Buxoro viloyati gullab-yashnadi”-tarixchi Hofiz Tanish Buxoriyning ushbu jumlalarida qaysi hukmdor haqida so’z ketayotganligini aniqlang?
a)Ubaydullaxon
b)Shayboniyxon
c)Abdullaxon II
d)Ko’chkunchixon
e)a va d to’g’ri

8-9-§§.IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT.

31.5,2 grammli kumush tangalarni Shayboniylardan kim va qachon muomulaga kiritdi?
a)Ubaydullaxon,1535-yilda
b)Abdullaxon I,1541-yilda
c)Shayboniyxon,1507-yilda
d)Shayboniyxon,1505-yilda
e)Ko’chkunchixon,1515-yilda
32.M.Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida birinchi qanday islohotlarni o’tkazdi?
a)Mamlakatda ta’lim sohasida islohot o’tkazdi
b)Yaroqsiz yerlarni ishga tushurdi
c)Davlat boshqaruvida “Suyurg’ol”tizimini joriy etdi
d)Pul islohotini o’tkazdi
e)a,b va c javoblar to’g’ri
33.M.Shayboniyxonning ta’lim sohasidagi islohotiga ko’ra ta’limning quyi bosqichi bo’lgan maktabga necha yoshdan va necha yil ta’lim berilgan?
a)6 yoshdan,2 yil
b) 6 yoshdan,3 yil
c) 6 yoshdan,24 yil
d) 8 yoshdan,2 yil
e)5 yoshdan,ta’lim oluvchilar shu maktab dasturini to o’zlashtirib olgunga qadar ta’lim berilgan
34.Shayboniylardan qaysi hukmdor davrida sun’iy sug’orish ishlari ayniqsa rivojlandi?
a)Iskandar Sulton
b)Abdullaxon II
c)Abu Sa’id
d)Pirmuhammad
e)Ubaydullaxon
35.Qozikalon………….
a)Xon farmonlarini,rasmiy hujjatlarni ma’sul shaxslarga – ijrochilarga yetkazish
b)Sud ishlariga yetakchilik qilgan
c)Xonga tegishli yilqi,ot-ulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullanuvchi kishi
d)Xonning ovini tashkil etuvchi kishi
e)Qurol-aslaha xizmati boshlig’i

10-§.XVI ASRDA MADANIY HAYOT.

36.”Abdullanoma” asarining muallifi kim?
a)Kamoliddin Binoiy
b)Hofiz Tanish Buxoriy
c)Zayniddin Vosifiy
d)Mulla Shodi
e)Sultonali Samarqandiy
37.”Ubaydiy” taxallusi bilan she’r yozgan shayboniy shox kim?
a)M.Shayboniyxon
b)Ubaydullaxon
c)Ko’chkunchixon
d)Abdullaxon I
e)To’g’ri javob yo’q
38.”Buxoro juda katta shahar,unda g’ishtlikimoratlar,serhasham binolar ko’p.Hammomlar shunday mohirlik qurilganki,ularning misli dunyoda yo’qdir ushbu ta’rifni kim aytib o’tgan?
a)Antoniy Jenkinson
b)I.D.Xoxlov
c)Ivan Buxgol
d)Bekovich-Cherkasskiy
e)To’g’ri javob yo’q
39.Mir Arab madrasasi qachon va qayerda qurilgan?
a)1577-1578-yillarda,Buxoroda
b)1557-yilda,G’ijdivonda
c)1535-1536-yillarda,Buxoroda
d)1496-yilda,Toshkentda
e) To’g’ri javob yo’q
40.M.Shayboniyxon she’riyat va tarixdan tashqari yana qanday soha bilan shug’ullangan?
a)Tibbiyot
b)Me’morchilik
c)Hattotlik
d)Muddarislik
e)Tasavvuf

11-§.MOVAROUNNAHR AHOLISINING ETNIK TARKIBI.

41.”Avesto” va arxeologik topilmalarning guvohlik berishiga ko’ra o’zbeklar kelib chiqishi bo’yicha qaysi xalqlarga borib taqaladi?
a)So’g’d,Xorazm
b)Baqtriya,Parkana
c)Shosh,Qang’
d)Qalmoq
e)a.b va c javoblar to’g’ri
42.”Ko’ngli ochiq saklar g’alla ekiladigan Osiyoda istiqomat qiladilar” –ushbu jumlalar muallifi kim?
a)Efor
b)Gerodot
c)Pompey Trog
d)Arastu
e)Pifagor
43.Nechanchi asrdan boshlab Movarounnahrda yashovchi xalqlar “O’zbek” deb atala boshlandi?
a)XI asr oxiridan
b)XII asr boshlaridan
c)XVI asr boshlaridan
d)XV asr boshlaridan
e)Mil.av.II mingyillik o’rtalaridan
44.Sh.Ali Yazdiyning “Zafarnoma” sida O’rta Osiyoda nechta qabilalar yashaganli haqida ma’lumot berilgan?
a)44
b)99
c)100
d)40
e)92
45.XVIII asrda Termiz atroflarida qaysi qabilalar istiqomat qilishgan?
a)Yuz,mang’it
b)Bahrin,boshqirt
c)Nayman,qo’ng’irot
d)Qirq,qo’ng’irot
e)Barcha javoblar to’g’ri

II-BOB.
12-§.ASHTARXONIYLAR HOKIMIYAT TEPASIDA.

46.Ashtarxoniylar sulolasi asoschisi.
a)Boqimuhammad
b)Yormuhammad
c)Jonibek Sulton
d)Dinmuhammad
e)Valimuhammad
47.Ashtarxoniylar qay tariqa hokimiyat tepasiga kelgan?
a)Shayboniylardan Buxoro taxtini egallashga qodir bo’lgan voris qolmaganligi uchun
b)Shayboniylarning davlat hayotida mavqelari kuchayib ketgan Ashtarxoniylar foydasiga taxtdan voch kechganliklari oqibatida
c)Shayboniylarga qarshi ayovsiz olib borilgan kurashlar natijasida
d)Shayboniylarning taxtdan voz kechganliklari oqibatida
e) To’g’ri javob yo’q
48.XVII asrning boshlarida Toshkentda Iskandar Sultonga qarshi bo’lib o’tgan qo’zg’olonning asosiy sabablari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Aholiga zulm o’tkazib,boj,xiroj va soliqlarni ko’paytirganligi uchun
b)Aholiga zulm o’tkazib,Imomqulixonga qarshi chiqqanligi uchun
c)Aholiga zulm o’tkazib,aysh-ishratga berilib ketganligi uchun
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)To’g’ri javob yo’q
49.Subhonqulixonga tashqi va ichki dushmanlariga qarshi kurashda kim yordam berdi?
a)Erengxon b)Anushaxon c)Mahmudbiy otaliq d)Yalangto’shbiy e)Abdulaziz
50.Abdulazizxon nima uchun taxtni ukasi Subhonqulixonga topshirdi?
a)Buxoro xonligining siyosiy,iqtisodiy ahvoli yomon bo’lgani uchun
b)Subxonqulixonning tarafdorlari ko’p bo’lganligi uchun
c)Otasining vasiyatiga ko’ra
d)b va c javoblar to’g’ri
e) To’g’ri javob yo’q

13-§.IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT.

51.Ashtarxoniylarning ikki rasmiy poytaxt nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
a)Buxoro,Xiva
b)Buxoro,Balx
c)Marv,Xorazm
d)Balx,Marv
e)Qo’qon,Buxoro
52.XVII asrda Muhammad Badi Samarqandiy tamonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan nechta ijodkorning nomi tilga olingan?
a)160
b)200
c)240
d)165
e)300
53.”Tazkirat ush – shuaro” asarining muallifi kim?
a)Mutribiy
b)Mashrab
c)Turdi
d)Subhonqulixon
e)Muhammad Balxiy
54.1670-1680-yillarda kimlarning hujumidan keyin Zarafshon vodiysi,Buxoro va Samarqand xarobazorga aylandi?
a)Savafiylar
b)Shayboniylar
c)Temuriylar
d)Boburiylar
e)Jung’orlar
55.Ashtarxoniylar hukmronligi davrida……….
a)Markaziy hokimiyat kuchsiz va iqtidorsiz bo’ldi
b)Otaliqlar vaqabila boshliqlarining mavqei o’sdi
c)Ruhoniy katta yer egalarining mavqei o’sdi
d)a,b va c javoblar to’g’ri
e)a va c javoblar to’g’ri

14-§.XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT.

56.Ubaydullaxon II ning 1708-yilda o’tkazgan pul islohotidan ko’zlangan asosiy maqsad to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Imoratlar barpo etish yo’lida ko’plab mablag’ zarur bo’lganligi uchun bu pul islohoti o’tkazildi
b)Hunarmandlar va dehqonlardan olinadigan soliqni ko’paytirish
c)Xazinani to’ldirish orqali markaziy hokimiyatning viloyatlardan keladigan soliq tushumlariga qaramligini pasaytirish
d)a,b va c to’g’ri
e) To’g’ri javob yo’q
57.Ubaydullaxon II ga 1711-yilning 16-martida fitna uyushtirildi va o’ldirildi.Fitna ishtirokchisi hamda bu fitna ijrochilarini saxiylik bilan mukofotlagan hukmdor kim?
a)Rajab Sulton
b)Farhod otaliq
c)Mirmuhammad Amin Buxoriy
d)Subhonqulixon
e)Abulfayzxon
58.Nima uchun katta yer egalari va Jo’ybor shayxlari Buxoro xoni Ubaydullaxonning (1702-1711) eng xatarli dushmaniga aylanganlar?
a)Ubaydullaxon davlat ichki va tashqi siyosatini belgilashda ular bilan maslahatlashmay qo’yganligi uchun
b)Xiva xonligiga qarshi kurashda qat’iyatlik ko’rsatmaganligi uchun
c)Ularni soliq to’lamaslik imtiyozidan mahrum etganligi uchun
d)Tabiiy fanlar rivojiga yo’l ochmaganligi uchun
e)a va c javoblar to’g’ri
59.Nodirshoh birinchi marta qachon Buxoroga yurish qildi?
a)1736-yil
b)1735-yil
c)1740-yil
d)1742-yil
e)1739-yil
60.”Saroy oldi atrofi tinch bo’lsa bo’lgani”-ushbu gapni qaysi hukmdor doimiy takrorlab turgan?
a)Ubaydullaxon II
b)Rajab Sulton
c)Ubaydullaxon III
d)Abulfayzxon
e)Abdulmo’min

davomi keyingi sahifada……….

Boshiga <<  | 1| 2| 3 | >>  Oxirgi

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________