8-sinf jahon tarixi TEST (2)

Do’stlik TXTMFMT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Nurg’oziyev Shuhratning «Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish» deb nomlanuvchi uslubiy qo’llanmasidan

8-sinf jahon tarixi fanidan har bir mavzular uchun mo’ljallangan test savollari

I I BOB. XVI – XVIII ASRLARDA OSIYO MAMLAKATLARI.

69.”Akbarshoh Hindiston tarixidagina emas,balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir.Agar Yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo’lsak,Akbarshoh ulug’vorlikda ham,omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi” Akbarshoh haqidagi ushbu jumlalar muallifi kim?
a)Ishvari Prosad
b)I.Karimov
c)Indira Gandi
d)Javoxarlal Neru
e)Mahatma Gandi
70.Boburiylar sulolasi vakili Avrangzeb hukmronlik qilgan yillarni aniqlang?
a)1658-1707 yillar
b)1660-1707 yillar
c)161-1707 yillar
d)1661-1708 yillar
e)To’g’ri javob berilmagan
71.Boburiylar sulolasidan kimning davrida Hindiston gullab-yashnadi
a)Humoyun
b)Avrangzeb
c)Akbarshoh
d)Shoh Jahon
e)Jahongirshoh
72.Jogir nima?
a)Harbiy xizmat evaziga in’om etilgan yer b)Biror diniy e’tiqodga qattiq berilish
c)Jaholatparastlik
d)Huquqi cheklanmagan zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat e)Soliq turi
73.Avrangzeb nechanchi yil Dehlini egalladi?
a)1627
b)1658
c)1679
d)1707
e)1652
74.1636-yilda Abaxay o’zini Xitoy imperatori deb e’lon qilib,o’z sulolasini Sin nomi bilan atay boshladi.Sin so’zi qanday ma’noni anglatadi
a)Musaffo,oq
b)Toza,tiniq
c)Oqayotgan sharshara
d)Umrboqiy go’zallik
e)Chinni hukmdori
75.Sin sulolasi butun hukmronligi davomida bosqinchilik siyosatini yuritdi.Uning birinchi qurboni qaysi davlat bo’ldi?
a)Hindiston
b)Yaponiya
c)Koreya
d)Janubiy afrika
e)Barchasi to’g’ri
76.Despotik nima?
a)Huquqi cheklanmagan,zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat
b)Mansabdor shaxslarning shaxsiy boyish maqsadida sotilishi
c)Biror-bir sohada yakka,tanho huquqga ega bo’lib olish
d)Boylarga qarshi qaratilgan siyosat
e)To’g’ri javob berilmagan
77.XVI asr oxiri-XVIII asr boshlarida Yaponiyada mamlakat tepasida imperatorlar tursada,siyosiy hokimiyat amalda kimning qo’lida bo’lgan?
a)Syogun
b)Samuraylar
c)Daymelar
d)Xalq
e) To’g’ri javob berilmagan
78.Oda Nobunaga qanday islohotlar o’tkazdi?
a)Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotiga to’sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to’lovlarini bekor qildi.Qolaversa tilla va kumush tangalar muomulaga kiritildi
b)Savdo yo’llari va ko’priklar ta’mirlandi
c)Shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi.Shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag’batlantirildi
d)a va c javoblar to’g’ri
e)b va d javoblar to’g’ri
79.Tokugava Xidayasi 1614-yilda …….
a)Vafot etdi
b)Imperatorlik boshqaruv tizimini bekor qilish to’g’risidagi qonuni chiqdi
c)Xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqdi
d)Yaponiya eshiklari Yevropaliklar uchun butgul yopish to’g’risidagi qonun chiqardi
e)Barcha turdagi soliqlarnining yarmini kamaytirish to’g’risida farmon chiqardi
80.XVII asr boshlarida Usmonli turklar imperiyasi viloyatga,viloyatlar tumanlarga bo’lingan edi.Viloyatlarni…………………,Sanjoqlarni………..boshqarar edi.
a)Sanjoqboy,vali
b)Vali,sanjoqboy
c)Sulton,vali
d)Podsho,sulton
e)Podsho,vali
81.Nechanchi yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar?
a)1685
b)1526
c)1610
d)1684
e)1884
82.1602 yilda boshlangan Eron-Turkiya urishida………….
a)Eron g’alaba qozondi
b)Turkiya g’alaba qozondi
c)Ikkala davlat kuchlari teng bo’lganligi uchun bir bitimga kelishildi
d)Eron qo’shinlarining qo’li baland kelayotgan edi.Lekin Eron o’z qo’shinlariga qurol-yarog’,oziq-ovqatni o’z vaqtida yetqazib beraolmaganligi natijasida mag’lubiyatga uchradii
e)b va d javoblar to’g’ri
83.Eronda 129 yil hukmronlik qilgan sulola qaysi javobda berilgan?
a)Safaviylar b)Xojarlar c)Sayidlar d)Bobiylar e)Barchasi noto’g’ri

IKKINCHI BO’LIM.
XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO’LGAN DAVRIDA YEVROPA,AMERIKA,OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI.
III BOB. XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO’LGAN DAVRDA YEVROPA DAVLATLARI.

84.Dunyoda ilk bor temiryo’l qachon va qayerda qurildi?
a)1825-yil AQSHda
b)1725-yil Angliyada
c)1825-yil Angliyada
d)1832-yil Germaniyada
e)1900-yil Shvetsiyada
85.XIX asrning 50-60-yillariga kelib Angliyada…
a)Har 9-10 yilda bo’lib turadigan inqiroz yuz berdi
b)Sanoatning rivojlanish darajasi,savdo ko’lamlari,dengizdagi qudrati jihatidan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketdi
c)Og’ir sanoatda mashinasozlik,yengil sanoatda mexanik urchuqlarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinalari bo’yicha rivojlandi va qolaversa,rivojlangan mamlakatlar orasida monopol mavqeini egalladi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)b va c javoblar to’g’ri
86.Tarixiy sanadagi xatoni toping?
a)Angliya taxtiga 1837-yilda qirolicha Viktoriya keldi
b)Angliyada 1832-yili ikkinchi parlament islohoti o’tkazildi
c)Dunyodagi ilk bor temiryo’l 1825-yilda Angliyada qurildi
d)Angliya parlamenti 1832-yilda saylov tizimini isloh qildi
e)1712 yil Jan Jak Russo tavallud topdi
87.Angliyadagi 1867-yildagi parlament islohatiga ko’ra saylovga qatnashish huquqini qo’lga kiritganlarni belgilang?
a)Shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga
b)25 yoshga to’lgan barcha erkaklarga c)20 yoshga to’lgan barcha erkaklarga
d)30 yoshga to’lgan barcha erkaklarga
e)Soliqlarni o’z vaqtida to’lab kelgan 21 yoshga to’lgan barcha erkaklarga
88.Napoleon va Ovropalik ittifoqchilar qo’shinlari o’rtasida 1813 yilda Leypsig yonida bo’lib o’tgan jang tarixda qanday nom qoldirdi?
a)“Leypsig ostonasidagi jang”
b)“Prussiyadagi jang”
c)“Ovropa jangi”
d)“Xalqlar urushi”
e)“Xalqlar ozodligi”
89.Bir yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang?
a)London shahrida ishchilarning ”Umumiy saylov huquqi uchun kurash isgchi Assotsiatsiyasi” tuzildi, Fransiyada ikkinchi imperiya tuzildi
b)Fransiya Respublika deb e’lon qilindi, hukmron tabaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani Lui Napaleon Bonapartning Fransiya Prezidenti etib saylanishiga erishdilar
c)Fransiyada ikkinchi imperiya o’rnatildi, Angliyada ikkinchi parlament islohoti o’tkazildi
d)a va b javoblar to’g’ri
e)b va c javoblar to’g’ri
90.Farnsiyada “Ikkinchi respublika” ning hukm surgan davrini aniqlang?
a)1848-yildan 1852-yilgacha
b)1797-yildan 1804-yilgacha
c)1876-yildan 1890-yilgacha
d)1900-yildan 1915-yilgacha
e)1852-yildan 1876-yilgacha
91.1866 yilda tuzilgan Shimoliy Germaniya ittifoqida nechta nemis davlati bor edi?
a)14 ta
b)9 ta
c)22 ta
d)16 ta
e)24 ta
92.Italiya qirolligi tuzilganligi qachon e’lon qilindi?
a)1858 yilda
b)1859 yilda
c)1860 yilda
d)1861 yilda
e)1862 yilda
93.XIX asrda qanday voqea Italiyaning birlashuvida hal qiluvchi (so’nggi) bosqich bo’ldi?
a)1861 yilda Italiya qirolligi tashkil topganligining e’lon qilinishi
b)1870 yilda Rimning qo’shib olinishi
c)1860 yilda Neapol mulklarining qo’shib olinishi
d)Yangi davlat kostitutsiyasining qabul qilinishi
e)1866 yilda Venesiya viloyatining qo’shib olinishi
94.Tarixda “Dekabristlar qo’zg’oloni” deb kirgan qo’zg’olon qachon bo’ldi?
a)1825-yil 12-yanvar
b)1825-yil 14-iyul
c)1825-yil 14-dekabr
d)1824-yil 9-noyabr
e)1825-yil 10-iyun
95.Nikolay I vafotidan so’ng taxtga kim o’tirdi?
a)Nikolay II
b)Aleksandr II
c)Pavel I
d)I.Grozniy
e)Pavel II
96.Rossiya podshosi Aleksandr II 1861-yilning 19-fevralida qaysi qonunni imzoladi?
a)„Krepostnoy huquqning bekor qilinishi to’g’risida”
b)„Xalq Vechesi”
c)„Shimoliy Jamiyat”
d)„Shaxsiy erkinlik”
e)a va d javoblar to’g’ri

IV BOB. XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO’LGAN DAVRDA AMERIKA MAMLAKATLARI.

97.XIX asrning birinchi yarmida Amerikada kimlar “Abolisionistlar” deyilgan?
a)Hosildor yerlarga ega bo’lgan dehqonlar
b)Qulchilikni qo’llab-quvvatlovchi guruhlar
c)Qullikni bekor qilish tarafdorlari
d)Yirik fabrika egalari
e)Monarxiya tuzumi uchun kurashuvchilar
98.1860-yilda AQSHdagi saylovda kim prezident etib saylandi?
a)A.Linkoln
b)J.Vashington
c)B.Franklin
d)T.Edison
e)Barchasi noto’g’ri
99.A.Linkoln o’z prezidentlik faoliyati davrida gomsted haqidagi qonunni tasdiqlagan edi.Shu qonunning mohiyati nimadan iborat bo’lgan?
a)Qulchilikni bekor qilish qonunini tasdiqlash
b)G’arbdagi bo’sh yotgan katta yer jamg’armasini fermer xo’jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo’lib berish to’g’risida
c)Yirik yer egalaridan ularning yer-mulklarini qisman tortib olish haqidagi qonunni tasdiqlash to’g’risida
d)a va c javoblar to’g’ri
e)b va d javoblar to’g’ri
100.Migel Idalgo va Xose Morelos qaysi davlat mustaqilligi uchun kurashdi?
a)Meksika
b)Gaiti
c)Boliviya
d)Kuba e)Braziliya
101.”Inqilobga xizmat qilish- bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir” Ushbu jumlalar muallifi kim?
a)Xose San-Martin
b)Migel Idalgo
c)Xose Morelos
d)S.Bolivar
e)Ispaniya zadagonlari
102.Kreollar orasida……………tabaqalari vakillari mavjud edi.
a)Pomeshchiklar,savdogarlar,monaxlar va ruhoniylar
b)Savdogarlar,monaxlar va ruhoniylar
c)Generallar,pomeshchiklar,savdogarlar,monaxlar va ruhoniylar
d)Zobitlar ,pomeshchiklar,savdogarlar,monaxlar va ruhoniylar
e)Monaxlar va ruhoniylar

V BOB. XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO’LGAN DAVRDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI.

103.Yevropaliklar istilosigacha Hindistonda qaysi sulola vakillari hukmronlik qilgan?
a)Lodiylar
b)Savafiylar
c)Boburiylar
d)Shayboniylar
e)Ashtarxoniylar
104.Laylo Ummaxonning nechta o’g’li va qizi bor?
a)2,3
b)3,2
c)2,2
d)4,2
e)3,3
105.Dastlabki “Afyun urushi” (1840-1842 yillar) qaysi davlatlar o’rtasida bo’lib o’tdi?
a)Hindiston va Xitoy o’rtasida
b)Angliya va Xitoy o’rtasida
c)Xitoy va Yaponiya o’rtasida
d)Xitoy va Fransiya o’rtasida
e)Angliya va Hindiston o’rtasida
106.1857-1859 yillarda Hindistonda bo’lib o’tgan xalq qo’zg’oloni qanday kurash hisoblanadi?
a)Mustaqillika,zulmga qarshi ozodlik kurasi
b)Qullikka qarshi kurash
c)Mahalliy ekspluatsiyaga qarshi harakat
d)Yer egalariga qarshi kurash
e)Yuqoridagilarning barchasi to’g’ri
107.Xitoyda 1757 yildan keyin chet elliklar bilan savdo qilishi uchun ochib qo’yilgan birdan-bir portni aniqlang?
a)Syangan
b)Dalyan
c)Shanxay
d)Guanjou
e)Fuchjou
108.Usmonli Turklarda davlat boshlig’ining unvoni nima edi?
a)Podsho b)Xon c)Amir d)Sulton e)Xoqon
109.Nechanchi yili Londonda Buyuk Dritaniya,Fransiya va Rossiya o’rtasida Gretsiyaga muxtoriyat huquqini berilishini ko’zda tutuvchi bitim imzolandi?
a)1826
b)1828
c)1830
d)1832
e)1827
110.XIX asrning 50-yillarida Rossiya va Turkiya urushi boshlandi.Urushda Buyuk Britaniya,Fransiya va Turkiya kaolitsiyasi g’alaba qozondi.Biroq bu Turkiyaning Rossiya ustidan g’alabasi……………
a)Turkiyaning Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi
b)Turkiyaning Buyuk Britaniyaga qaramligini yanada kuchaytirdi
c)Turkiyaning Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi
d)Turkiyaga juda qimmatga tushdi va butunlay inqiroz bo’lishiga olib keldi
e)c va d javoblar to’g’ri
111.Hakimboshi bu….
a)Saroyning vazir yordamchisi b)Saroyning bosh tabibi
c)Saroyning oziq-ovqat masalalari bo’yicha ma’sul shaxs
d)Saroyning qurol-yarog’ bo’yicha ma’sul shaxs
e)To’g’ri javob berilmagan
112.G’arbiy Afrikadagi eng qadimiy davlatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
a)Gana,Angola
b)Mali,Transvaal
c)Oranj,Jazoir,Gana
d)Gana,Mali
e)Barcha javoblar to’g’ri
113.XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga qarshi Kap koloniyasini bosib olinib,bu koloniya aholisi ……………….deb atalgan.
a)Burlar
b)Kaplar
c)Oranjliklar
d)Transvaal
e)a va b javoblar to’g’ri

VI BOB. IJTIMOIY HARAKATLAR.

114.Germaniyada utopik sotsializmining namoyondalarini aniqlang?
a)Sen-Semon,K.Marks
b)K.Marks,F.Engels
c)Robert Ouen,F.Engels
d)A.Gersen,Sen-Semon
e)Tomus Mor,K.Marks,F.Engels
115.”Sotsializm” atamasi qachon va qayerda paydo bo’lgan?
a)XIX asrning 30-yillarida Germaniyada
b)XIX asrning 30-yillarida Rossiyada
c)XVIII asrning 30-yillarida Germaniyada
d)XIX asrning 30-yillarida Fransiyada
e)XIX asrning 70-80-yillarida Fransiyada
116.Utopik sotsialistlar…………..
a)Hukmron tabaqalarni xususiy mulkchilik o’rniga umumiy mulkchilikni joriy etishga da’vat etganlar
b)Jamiyat boyliklarini adolatli taqsimlashga,bosqinchilik urushlariga chek qo’yishga va shular orqali mehnatkash xalqning kulfatlariga barham berishga da’vat etganlar
c)Hukmron tabaqalarning xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyat barpo etishga da’vat etgan
d)a,b,c javoblar to’g’ri
e)a va b javoblar to’g’ri
117.Sh.Furye mavjud adolatsiz jamiyat o’rniga mehnat jamoalariga asoslangan jamiyat qurishni taklif etdi.U bunday jamoani nima deb atadi?
a)”Falanga”
b)”Yangi jamiyat”
c)”Adolatli jamiyat”
d)”Momaqaldiroq”
e)”Yangi falanga”

VII BOB. XVII-XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO’LGAN DAVRDA ILM-FAN,ADABIYOT VA SAN’AT.

118.”Fuqaroning uylanishi” komediyasining muallifi kim?
a)F.Shiller
b)P.Bomarshe
c)Daniel Defo
d)J.Svift
e)Onore de Balzak
119. 60 yil davomida yozilgan “Faust” deb ataluvchi asar muallifi kim?
a)F.Shiller
b)P.Bomarshe
c)I.Gyote
d)J.Svift
e)Onore de Balzak
120.A.S.Pushkin kim bilan bo’lib o’tgan duelda halok bo’ldi?
a)V.Motsarat
b)O.Balzak
c)M.V.Lomonosov
d)J.Dantes
e)To’g’ri javob berilmagan
121.V.A.Motsart necha yoshida o’zining birinchi konsertini yozgan?
a)3
b)14
c)12
d)11
e)5
122.Nechanchi yilda J.Sviftning “Gulliverning sayohati” nomli romani bosmadan chiqdi?
a)1745 yil
b)1667 yil
c)1732 yil
d)1726 yil
e)1687 yil
123. Qaysi asarga Lyudovik XVI g’azab bilan : “Buni sahnada qo’yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!” jumlani aytib o’tgan?
a)”Faust”
b)”Gulliverning sayohati”
c)“Fuqaroning uylanishi”
d)”Insoniy komediya”
e)”Fransiyaning haqiqatlari”
124.I.Gyote qachon tug’ilgan?
a)1832 yil
b)1799 yil
c)1837 yil
d)1770 yil
e)1749 yil
125.Kim buyumlarni 300 marta kattalashtiruvchi mikroskop yaratdi?
a)A.Levenguk
b)Ch.Darvin
c)D.Joul
d)E.Jenner
e)Yu.Mayer
126.Kim odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o’tishini,so’ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi immunitet paydo bo’lishini,ya’ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladi?
a)A.Levenguk
b)D.Joul
c)G.V.Leybnis
d)Ibn Sino
e)E.Jenner

8-SINF JAHON  TARIXI FANIDAN TEST JAVOBLARI

 

8-sinf jahon tarixi fanidan har bir mavzular uchun mo’ljallangan test savollari

Fayl formati: .docx   | Hajmi: 40,0 КB (40 960 bayt)   |   Yuklab olish

 

 

Boshiga << | 1 |  2 |  >> Oxirgi

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________