Vaziyatni sharhlash 2-misol


«Agar biz mamlakatimizning qaysi shahar yoki qishlog’ida bo’lmasin, yilt etgan iste’dod uchqunini ko’rganda, hammamiz uni o’z vaqtida payqab, ardoqlab parvona bo’lib, unga yo’l ochib bersak, barcha sa’y-harakat va intilishlarimizni ana shunday olijanob maqsadga qaratsak, muxtasar aytganda, xasad qilib emas, havas qilib yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirsak, hech shubhasiz, biz milliy taraqqiyot bobida yanada yuksak marralarni egallashga erisha olamiz».

I. KARIMOV


дружба

DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN 2-VAZIYAT

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklariga oid vaziyatni sharhlashga misollar

Ikkinchi  misol

15 yoshli A. ismli shaxs qo’shnisi D.ning turar joyiga kirib televizorni olib chiqib ketayotgan vaqtda D. tomonidan ushlandi.

Huquqbuzarlik bu huquq subyektining (vaziyatda A.ning) huquqqa zid, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan, vaziyatda egri qasddan) yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakat yoki harakatsizligi.
Huquqbuzarlikning belgilari:
1) ijtimoiy xavflilik — qonun hujjatlari bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazuvchi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaruvchi qilmish (vaziyatda A.ning qilmishi natijasida boshqa shaxsning mulkka egalik qilish huquqi buzilishi);
2) huquqqa zidlik — huquq normalariga zid harakat yoki harakatsizlik (vaziyatda A.ning harakati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi va mulk huquqini muhofaza qiluvchi boshqa qonun normalari buzilishi);
3) huquqbuzarlikning faqat kishilar tomonidan sodir etilishi -huquqbuzarlik sodir etgani uchun faqat kishilar javobgar bo’lishi (hayvonlar yoki qurilmalar emas) (vaziyatda 15 yoshli A.);
4) ayblilik — ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabati, aybi (vaziyatda egri qasd);
5) jazoga sazovorlik — qilmishida jinoyat tarkibi aniqlangan shaxsni jazoga sazovor deb topish.
Vaziyatda huquqbuzarlik turi — jinoyat. Jinoyat — JK bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish -JK bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazuvchi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaruvchi harakat yoki harakatsizlik (JKning 14-moddasi).
Ushbu vaziyat JKning 25-moddasi, 169-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatning obyekti deganda, JK bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabat yoki ijtimoiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi.
Mazkur vaziyatda jinoyatning obyektini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
Umumiy obyekt — JKning 2-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy munosabatlar bo’lib, ushbu vaziyatning umumiy obyekti JKning 2-moddasida qayd etilgan ijtimoiy munosabatdir.
Maxsus obyekt deganda, bir guruh ijtimoiy munosabatlarining JKda bir bo’limga birlashishi tushuniladi. Ushbu vaziyatning maxsus obyekti iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatda namoyon bo’ladi.
Turdosh obyekt deganda, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni JKda bir bobga birlashishi tushuniladi. Ushbu vaziyatda jinoyatning turdosh obyekti o’zgalar mulki muhofazasiga oid ijtimoiy munosabatda ifodalanadi.
Bevosita obyekt deganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli to’g’ridan-to’g’ri zarar ko’radigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Ushbu vaziyatning bevosita obyekti D.ning televizorga egalik qilishiga bo’lgan mulkiy munosabatdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutlaq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo’riqianadai, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Jinoyat predmeti — sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli zarar ko’radigan yoki zarar ko’rishning real xavfi ostida qoladigan moddiy dunyo ne’matidir. Mazkur vaziyatda jinoyat predmeti -televizor.
Ushbu vaziyatning fakultativ obyekti D.ning turar joyi daxlsizligiga oid ijtimoiy munosabatdir. Chunki vaziyatda huquqbuzar D.ning turar joyiga qonunga zid tarzda kiradi va shu tariqa jabrlanuvchining turar joy daxlsizligiga oid konstitutsiyaviy huquqini (Konstitutsiyaning 27-moddasi) buzadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni deganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomonini tavfsiflovchi holatlar yig’indisi tushuniladi. Talon-taroj jinoyatlari bir-biridan obyektiv tomoni fakultataiv belgisi — sodir etilish usuliga qarab farqlanadi. Ushbu vaziyatda jinoyatning obyektiv tomoni o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalanadi.
Jinoyatlar obyektiv tomoniga ko’ra, moddiy tarkibli, kesik va formal tarkibli jinoyatlarga bo’linadi.
Formal va kesik tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmishdir. Kesik tarkibli jinoyatlarda huquqni qo’llovchi subyekt bir bosqich ortga qaytadi (masalan, JKning 164-moddasi — bosqinchilik, 242-moddasi — jinoiy uyushma tashkil etish va b.),
Ushbu vaziyat moddiy tarkibli jinoyatlarga misol bo’ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomonining zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish (A.ning JK bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazadigan harakati), ijtimoiy xavfli oqibat (D.ning mulki o’g’rilikka suiqasd qilishi tufayli real zarar ko’rish xavfi ostida qolishi) va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish (A.ning qilmishi va kelib chiqishi mumkin bo’lgan mulkiy zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish). Moddiy tarkibli jinoyatlarda oqibat kelib chiqmasa, qilmish jinoyatga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
O’g’irlik — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi “O’zgalar mulkini o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo’yicha sud maliyoti to’g’risida»gi 6-sonli Qarorida qayd etilishicha, jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo’qligida yoki ular bor bo’lsada, ularga bildirmasdan o’zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o’g’rilik hisoblanadi. Bordiyu. jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkning olinayotganligini ko’rgan bo’lsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o’ylagan bo’lsa, bunday qilmishni ham o’g’rilik deb tavsiflash lozim.
O’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan, aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog’lig’i uchun xavfii bo’Imagan zo’rlik ishlatib yoxud shunday zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb, hujum qilib hayoti yoki sog’lig’i uchun havfli bo’lgan zo’rlik ishlatganda yoxud shunday zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitganda esa, bosqinchilik deb tavsiflanadi.
Zo’rlik ishlatish harakatlari aybdor tomonidan o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishi tugagandan keyin qo’lga tushishdan qutilish maqsadida sodir etilgan bo’lsa,bunday harakat talonchilik yoki bosqinchilik deb qaralmaydi. Zo’rlik ishlatishning xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga qarab qilmishni o’g’rilik deb, boshqa jinoyatlarning belgilari bo’lganda jinoyatlar majmui bo4yicha tavsiflash lozim.
Aybdor tomonidan sodir etilayotgan voqeani tushunib yetish qobiliyatiga ega bo’lmagan (masalan, yoshi juda kichiklar, ruhiy jihatdan aqli norasolar, alkogoldan yoki narkotik moddalardan kuchli mastlik darajasida bo’lgan yoki uxlab qolgan) shaxslarning mulkini o’g’irlash o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish deb tavsiflanishi kerak.
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ beligisiga jinoyat sodir etilgan joy (D.ning uyi), vaqt (vaziyatda A. D.ning televizorini o’g4irlashga suiqasd qilgan vaqt), usul (vaziyatda yashirin ravishda), qurol (vaziyatda qurol mavjud emas) va vosita (vaziyatda vosita ham yo*q)lar kiradi. Ayrim hollarda obyektiv tomonning fakultativ beligilari ham qilmishni kvalifikatsiya qilishda e’tiborga olinishi mumkin. Jumladan, vaziyatda jinoyat sodir etilgan joy (D.ning uyi) va usul (g’ayriqonuniy kirish). ya’ni o’g’irlikning qilmishni birovning uy-joyiga g’ayriqonuniy kirib sodir etilishi qilmishni JKning 169-moddasi 2-qismining «uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy kirib sodir etilgan bo’lsa» degan «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagi Plenum qarorida ta’kidlanishicha. g’ayriqonuniy kirish deganda o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilik qilish maqsadida uy-joyga. omborxona yoki boshqa binoga kirish tushuniladi. Fayriqonuniy kirish nafaqat yashirin, balki ochiqdan-ochiq, to’siqlarni. odamlarning, shuningdek, qo’riqlovchi hodimlarning qarshiligini yengib sodir etlishi mumkin. Aldash yo’li bilan, shuningdek, qalbaki ruhsatnomalardan foydalanib, masalan, santexnika, aloqa bo’limi xodimi, gaz, elektr energiyasi va yong’indan nazorat qjluvchi hodimlar va boshqalar tariqasida binoda paydo bo’lish g’ayriqonuniy kirish deb baholanishi kerak.
G’ayriqonuniy kirish birdan-bir maqsad bo’lib qolmasdan, aybdor o’g’rilab ketmoqchi bo’lgan boyliklar saqlanayotgan joyga kirib borishning uslubi hisoblanadi. Shu sababli uy-joydan, binodan yoki boshqa omborxonadan o’zganing mulkini talon-taroj qilish niyati g’ayriqonuniy kirishdan oldin yuzaga keladi.
Agar aybdor xonaga boshqa sabablar bilan kirgan bo’lib, moddiy boyliklarni yashirin yoki ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadi keyin paydo bo’lsa va bu niyatini u amalga oshirsa, qilmishda talon-torojning tushuntirilayotgan belgisi mavjud bo’lmaydi.
Uy-joy deganda, kishilarning doimiy yoki vaqtinchalik turishiga mo’ljallangan bino (shaxsiy uy. xonadon, mehmonxonadagi, sanatoriyadagi xona, clala hovli, bog’ hovli va boshqalar), shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi, dam olish uchun, mulkni saqlash uchun yohud insonning boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan joylar (balkonlar, oynavand ayvonlar, omborlar va boshqalar) tushuniladi.
Jinoyatning subyekti deb, qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso (JKning 18-modda) jismoniy shaxsga aytiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 15 yoshli A. o’g’rilik (JKning 169-moddasi) jinoyati uchun JKning I7-moddasiga muvofiq 14 yoshdan subyekt bo’Iadi va jinoyat subyekti hisoblanadi.
Maxsus subyekt deganda, jinoyat subyekti bo’lish uchun talab etiladigan zaruriy belgilardan tashqari, ya’ni qonunda belgilangan yoshga yetganligi, aqli rasoligi. jismoniy shaxs bo’lishidan tashqari shaxsning qo’shimcha belgilarga mansabdor shaxs bo’lishi, retsidivist bo’lishi, harbiy xizmatchi bo’lishi va boshqa belgilarga ega bo’lishi tushuniladi. Ushbu vaziyatda maxsus subyekt belgilari mavjud emas.
Jinoyatning subyektiv tomoni deganda. sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilimishning ichki holatlarini tavfsiflovchi holatlar tushunilib, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabatda namoyon bo’ladi.
Jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi — aybdir (ehtiyotsizlikdan, qasddan) (JKning 21-22-moddalari). Aybning tafakkuriy (anglash) va irodaviy (istash) belgilari ham mavjud.
Ushbu vaziyatda jinoyat subyektiv tomondan faqat to’g’ri qasddan sodir etilgani bilan ajralib turadi. To’g’ri qasd — ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatlarini anglagan. uning xavfli oqibatlariga ko’zi yetgan va ular yuz berishini istagan bo’lsa, bunday qasd to’g’ri qasd deb topiladi (JKning 21-moddasi).
Jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi motiv va maqsaddir. Motiv — jinoyat sodir etishga undovchi ichki tuyg’u. Maqsad — jinoyat sodir etishga qaratilgan fikriy intilish. Ushbu vaziyatda maqsad — tamagirlik.
Huquqbuzarlik bu huquq subyektining (vaziyatda A.ning) huquqqa zid, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan vaziyatda to’g’ri qasddan) yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakat yoki harakatsizligi.
Quyida ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatni farqlab o’tsak. Ma’muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga. uning huquq va erkinliklariga, davlat va jamoat tartibiga, mulkchilikka, tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. MJtKda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun basharti, bu huquqbuzarlik xususiyatiga ko’ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo’lmagan taqdirda amalga oshiriladi (MJtK, 10-modda).
Ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatni o’zaro farqlashning quyidagi mezonlarini ko’rsatib o’tish lozim:
birinchidan, qo’llash asosiga ko’ra, jinoyat faqatgina Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan, ma’muriy huquqbuzarliklar esa, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan kelib chiqadi. Shu bilan bir qatorda yana bir holatga e’tibor berish lozim-ki, ayrim hollarda Jinoyat kodeksida ko’zda tutilgan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etganlik uchun ham ma’muriy javobgarlikka tortilish JKning Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida to’g’ridan-to’g’ri belgilangan bo’ladi.
Xususan. Jinoyat kodeksining 109, 127,130, 132, 139,140, 143,148, 156, 177,182, 183, 184, 1841,1851, 1852, 1861, 1863, 188, 189, 190, 2161, 2162,217, 224, 225, 226, 2291, 2292, 232, 2441, 2443, 278-moddalarida birinchi qismida ko’zda tutilgan jinoyatlar uchun dastlab huquqbuzar ma’muriy javobgarlikka tortiladi;
ikkinchidan, tajovuz qilish obyektlariga ko’ra. O’zbekiston Rcspublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektlar ko’rsatilgan bo’lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni. tabiiy muhitni. tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo’riqlash nazarda tutilsa, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga. tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayriqonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi.
Obyektiga ko’ra farqlar shundaki, jinoyatning umumiy obyekti boshqa huquqbuzarlikning obyektiga nisbatan kengroq bo’Iib, bunga davlatning xavfsizligi asoslari. inson hayoti, sog’lig’i va hokazolar kiradi va faqat jinoyat qonunining o’zi bilan qo’riqlanadigan obyektlarni qamrab oladi;
uchinchidan, ma’muriy qilmish bilan jinoiy qilmish, o’zlarining ijtimoiy xavflilik darajasi bilan ham farq qiladi. Bu farqning chegarasi O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi va Jinoyat kodekslari bilan belgilab qo’yilgan. Bu farq qilmishning ijtimoiy xavfliligi bilan belgilanadi. Ya’ni, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi ancha yuqori bo’ladi. Masalan, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 40-moddasida tuhmat qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilgan bo’lsa. JK 139-modasining birinchi qismida tuhmat qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish nazarda tutilgan;
to’rtinchidan, jazo miqdori va muddati ham jinoyat va ma’¬muriy huquqbuzarliklarni farqlovchi mezon hisoblanadi;
beshinchidan, javobgarlikka tortish subyektlariga ko’ra. Qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasini jinoyat qonuniga asoslangan holda iaqat sud hal qilsa, ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblash masalasini ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonunga asoslangan holda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar hal qiladi;
oltinchidan, jinoyatning boshqa huquqbuzarlikdan muhim farqi ayb shaklidadir. Aynan ayb shakli ham jinoiy qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovclii muhim mezondir Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilashda qilmishning motivi va maqsadi ham muhim ahamiyatga ega.
Voyaga yetmaganlik tushunchasiga alohida to’xtalib o’tsak. Voyaga yetmagan deganda, 18 yoshga to’lmagan shaxs tushuniladi. Ushbu qoida 2010-yil 29-sentabrdagi «Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasida belgilangan bo’lib, shuningdek, Oila kodeksining 71, Fuqarolik kodeksining 27, 29, Jinoyat kodeksining 81-moddalari nuizmuiiidaii anglashiladi. Vaziyatda 15 yoshli A. voyaga yetmagan shaxs hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlik jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya huquqida alohida yengillashtiruvchi tartib qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Jinoyat protsessida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish JPKning 13-bo’limidagi alohida toifadagi ishlar bo’limida alohida 60-bob sifatida kiritilgan.
Voyaga yetmaganlar jinoyattari bo’yicha isbotlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. JPKning 85-moddasiga binoan. isbot qilish ishni qonuniy, asosli, adolatli hal qilishda ahamiyatga molik bo’lgan masalalar yuzasidan haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni tekshirish, to’plash va baholashdan iborat.
JPKning 86-moddasiga muvofiq isbot qilish subyektlari: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bo’ladi.
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, qonuniy vakil, jamoat ayblovchisi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar jamoat himoyachisi ishtirok etishi mumkin.
Isbot qilishga, shuningdek, guvohlar, ekspertlar, tarjimon, xolislar va boshqa fuqarolarjalb qilinishlari mumkin. Ular JPKda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshiradilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Dalillar JPKning 87-moddasiga muvofiq to’planadi.
Ishni qonuniy ayblov xulosasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar (isbot qilish predmeti) isbotlanishi lozim (JPKning 82-moddasi):
1) jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar (shikast darajasi, xususiyati, mast holatdagi jabr-lanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar);
2) jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usul va JKda ko’rsatilgan boshqa holatlar; ijtimoiy xavfli qilmish, ijtimoiy xavfli oqibat va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish (A.ning qilmishi, jinoiy oqibat va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish, qilmish obyektiv tomonining fakultativ belgilari);
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi (vaziyatda 15 yoshli A. tomonidan);
4) jinoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan yoxud o’z-o’ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida sodir etilganligi (vaziyatda egri qasddan); sabab va maqsadlar;
5) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar (15 yoshli A.ning shaxsiga oid holatlar, voyaga yetmaganligi, ish, o’qish, yashashiga oid holatlar).
Isbot qilish doirasi dalillarni to’plash, tekshirish, baholashda haqiqatni aniqlash maqsadida ahamiyatga molik bo’lgan masalalarni qonuniy, adolatli, asosli hal qilishdir.
Voyaga yetmaganlar ishlarida quyidagilar ham isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmaganning aniq yoshi (tug’ilgan yili, oyi, kuni) («Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida»ga Qarori, 15.09.2000-y.);
2) voyaga yetmaganning shaxsini va salomatligini tavfsiflovchi holatlar;
3) voyaga yetmaganning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshdagi dalolatchi va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo’qligi.
Voyaga yetmaganni so’roq qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Voyaga yetmaganni so’roq qilish JPKning 96-111-moddalariga asosan va 553-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
JPKning 51 va 553-moddaIariga ko’ra, voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida so’roq qilinadi. Tergovchining ruxsati bilan ularning ishida qonuniy vakil ham ishtirok etishi mumkin. Qonuniy vakil va himoyachi so’roq vaqtida voyaga yetmaganga savollar berishga haqli. So’roq oxirida qonuniy vakil va himoyachi so’roq bayonnomasi bilan tanishib chiqishi va u haqida o’z mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so’roq qilish dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan 1 soatdan tashqari 6 soatdan oshmasligi kerak (Umumiy asoslarda JPKning 107-moddasiga binoan 8 soaldan oshmasligi kerak).
JPKning 554-moddasiga binoan voyaga yetmaganni so’roq qilishda tergovchi yoki prokurorning ixtiyoriga ko’ra pedagog yoki psixolog ham ishtirok etishi mumkin.
Jinoyat ishi qo’zg’atilganda surishtiruv organlari tomonidan 10 sutkada tugatilib (JPKning 341-moddasi), tergovchiga yuboriladi. Tergovchi tomonida jinoyat ishi 3 oy muddat mobaynida (JPKning 351-moddasiga muvofiq uzaytirilishi mumkin) tugatilib, prokurorga yuboriladi. Prokuror JPKning 385-moddasiga muvofiq 5 sutka ichida ishni qayta tergovga yuborish yoki sudga yuborish haqida qaror qabul qiladi. Sud JPKning 395-moddasiga asosan ishni qayta tergovga yuborish yoki sud muhokamasiga tayyorlash uchun qaror (ajrim) qabul qiladi.
JKning 15-moddasiga binoan, jinoyailar xususiyati va xavflilik darajasiga ko’ra: ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, uncha og’ir bolmagan, og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 3 yilgacha, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 3 yildan 5 yilgacha muddatga, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 5 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 10 yildan ortiq va umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Vaziyatda JKning 104-moddasi hirinchi qismida ko’rsatilgan jinoyat uncha o’gir bo’lmagan jinoyat hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlar ishlari ko’rilayotganda huquqni qo’llovchi subyekt 2004-yil 22-iyundagi «Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazorati to’g’risida»gi Bosh prokuror buyrug’ining 13; 13,1; 13,2; 13,3; 13,4-bandlariga qat’iy rioya etishi lozimligi bilan birga xalqaro hujjatlardan, 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1985-yil 10-dekabrdagi “Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning minimal standartlari» (Pekin qoidalari)ga, «Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha dasturiy prinsiplar» (Ar-Riyod dasturiy prinsiplari) qoidalariga rioya etishi lozim.


MANBA: “Davlat va huquq fani asoslarida fanidan olimpiada ishtirokchilari uchun o’quv qo’llanma” U.J.Hotamov, T.E.To’rayev, M.H.Topvoldiyev, 2012-y. O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziiiigi huzuridagi «Adolat» nashriyoti.2012-yil.

 

 

<<……..boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________