Vaziyatni sharhlash 1-misol


«Agar biz mamlakatimizning qaysi shahar yoki qishlog’ida bo’lmasin, yilt etgan iste’dod uchqunini ko’rganda, hammamiz uni o’z vaqtida payqab, ardoqlab parvona bo’lib, unga yo’l ochib bersak, barcha sa’y-harakat va intilishlarimizni ana shunday olijanob maqsadga qaratsak, muxtasar aytganda, xasad qilib emas, havas qilib yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirsak, hech shubhasiz, biz milliy taraqqiyot bobida yanada yuksak marralarni egallashga erisha olamiz».

I. KARIMOV


дружба

DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN 1-VAZIYAT

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklariga oid vaziyatni sharhlashga misollar

Birinchi misol

Do’stining uyidan qaytayotgan 15 yoshli A. yo’lakning ikkinchi qavatida spirtli ichimlik iste’mol qilgan, mast holatdagi noma’lum shaxsga duch keldi.
Mast kishi undan suv so’rab yo’lini to’sadi. Bunga javoban A. uni tinch qo’yishini so’raydi va mushti bilan uning yuziga uradi. Noma’lum shaxs uning zarbasidan muvozanatni yo’qotib, zinadan pastga yiqildi va miyasi chayqalib, umurtqa pog’onasi sinishi natijasida falaj bo’lib qoldi. A.ning o’zi ushbu holat yuzasidan HMQO ga xabar berdi.

Huquqbuzarlik bu huquq subyektining (vaziyatda A.ning) huquqqa zid, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik vaziyatida egri qasddan) yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakat yoki harakatsizligi.
Huquqbuzarlikning belgilari:
1) ijtimoiy xavflilik — qonun hujjatlari bilan qo’riqlanadigan obyektiarga zarar yetkazuvchi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaruvchi qilmish (vaziyatda A.ning qilmishi natijasida boshqa shaxsning sog’lig’iga og’ir shikast yetishi);
2) huquqqa zidlik — huquq normalariga zid harakat yoki harakatsizlik (vaziyatda A.ning harakati oqibatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi va shaxs sog’lig’ini muhofaza qiluvchi boshqa qonun normalari buzilishi);
3) huquqbuzarlikning faqat kishilar tomonidan sodir etilishi -huquqbuzarlik sodir etgani uchun faqat kishilar javobgar bo’lishi (hayvonlar yoki qurilmalar emas) (vaziyatda 15 yoshli A.);
4) ayblilik — ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabati, aybi (vaziyatda egri qasd);
5) jazoga sazovorlik — qilmishida jinoyat tarkibi aniqlangan shaxsni jazoga sazovor deb topish.
Vaziyatda huquqbuzarlik turi — jinoyat. Jinoyat — JK bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish -JK bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazuvchi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaruvchi harakat yoki harakatsizlik (JKning 14-modda).
Ushbu vaziyat JKning 104-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat obyekti deganda. JK bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabat yoki ijtimoiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi.
Mazkur vaziyatda jinoyat obyektini quyidagicha tasniflash mumkin:
Umumiy obyekt — JKning 2-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy munosabatlar bo’lib, ushbu vaziyatning umumiy obyekti JKning 2-moddasida qayd etilgan ijtimoiy munosabatdir.
Maxsus obyekt deganda, bir guruh ijtimoiy munosabatlarinin JKda bir bo’limga birlashishi tushuniladi. Ushbu vaziyatning maxsus obyekti shaxsning hayoti va sog’lig’ining daxlsizligiga oid ijtimoiy munosabatlardir.
Turdosh obyekt deganda, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning JKda bir bobga birlashishi tushuniladi. Ushbu vaziyatda jinoyatning turdosh obyekti noma’lum shaxsning sog’lig’iga oid ijtimoiy munosabatda ifodalanadi.
Bevosita obyekt deganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli to’g’ridan to’g’ri zarar ko’radigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Ushbu vaziyatning bevosita obyekti noma’lum shaxsning sog’lig’iga, sog’lig’ining daxlsizligiga oid ijtimoiy munosabatdir.
Ushbu vaziyatda fakultativ va qo’shimcha obyektlar mavjud emas.
Jinoyat predmeti — bu ijtimoiy xavfli qilmish tufayli to’g’ridan-to’g’ri zarar ko’radigan yoki shunday zarar ko’rish real xavfi ostiga qo’yiladigan moddiy dunyo ne’mati. Ushbu vaziyatda jinoyat predmeti mavjud emas. Umuman olganda, shaxs jinoyat predmeti bo’la olmaydi. Chunki, jinoyat predmeti deganda, asosan inson mehnati bilan yaratilgan moddiy dunyo ne’matlari, jonsiz buyum (ayrim hollarda hayvon va o’simliklar) tushuniladi, inson esa, bunday xususiyatga ega emas, u ongli biologik mavjudotdir. Inson huquqbuzarlik sodir etilganda, jabrlanuvchi deb nomlanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni deganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomonini tavfsiflovchi holatlar yig’indisi tushuniladi. Uning zaruriy (qilmish, oqibat, sababiy bog’lanish) va fakultativ (jinoyat sodir etish usuli, vaqti. joyi, vositasi, quroli va b.) belgilari mavjud.
Ushbu vaziyatda jinoyatning obyektiv tomoni noma’lum shaxsning sog’lig’iga og’ir shikast yetkazilganda va uning nati-jasida sog’liqqa og’ir shikast yetishi tarzidagi oqibat kelib chiqishida ifodalanadi.
Jinoyatlar obyektiv tomoniga ko’ra, moddiy tarkibli, kesik va formal tarkibli jinoyatlarga bo’linadi.
Formal va kesik tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmishdir. Kesik tarkibli jinoyatlarda huquqni qo’llovchi subyekt bir bosqich ortga qaytadi (masalan, JKning 164-moddasi).
Ushbu vaziyat moddiy tarkibli jinoyatlarga misol bo’ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomoni zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish (A.ning JK bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazishga qaratilgan faol xatti-harakati).
ijtimoiy xavfli oqibat (noma’lum shaxsning falaj bo’lib qolishi) va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish (A.ning qilmishi va noma’lum shaxsning falaj bo’lib qolishi o’rtasidagi sababiy bog’lanish, ya’ni sog’liqqa og’ir shikast yetishi tarzidagi oqibatning A.ning harakatlari natijasida kelib chiqishi).
JKning 104-moddasiga ko’ra, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo’lgan qasddan badanga og’ir shikast yetkazish deganda, badanga shikast yetkazish natijasida ko’rish, so’zlash, eshitish qobiliyatini yo’qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqi¬shi yoki uning faoliyati tamoman yo’qolishiga, ruhiy kasallikka chalinishga yoki umuman sog’lig’i buzilib. umumiy mehnat qobi-liyatining o’ttiz uch foizidan kam bo’lmagan qismining doimiy yo’qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo’lishi tushuniladi.
O’zbekiston Respuhlikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyunclagi «Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida»gi 6-sonli Qarorida qayd etilishicha, badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizmi to’qimalari anatomik to’kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta’sir oqibatida buzilishi tushunilishi lozim. Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og’irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo’lib, O’zbekiston Rcspublikasi Sogliqni saqlash vazirining 1992-yil 21-oktabrdagi buyrug’i bilan tasdiqlangan, badanga yetkazilgan shikast og’irligini sud-tibbiy yo’sinda belgilash qoidalariga muvofiq o’tkaziladi. Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir holda JPKning 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga ko’ra, sud-tibbiiy ekspertizasi tayinlanishi va o’tkazilishi shart bo’lib, uning hulosasi sud tomonidan qayd etilgan qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida (JPKning 187-moddasi) baholanishi lozim.
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ beligisiga jinoyat sodir etilgan joy (ikkinchi qavat zinasi), vaqt (vaziyatda A. do’stining uyidan qaytgan vaqt), usul (A.ning jinoyat sodir etishda qo’llagan usuli — musht tushirishi), qurol (vaziyatda qurol mavjud emas) va vosita (vaziyatda vosita ham yo’q)lar kiradi.
Yuqoridagi Plenum qarorida qayd etilganidek, badanga shikast yetkazishga oid ishlar bo’yicha qilmishni to’g’ri kvalifikatsiya qilish uchun ayb shakli. badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasida sababiy bog’lanish mavjudligi, shuningdek, ishning to’g’ri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli bo’lgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.
Jinoyat subyekti deb, qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso (JKning 18-moddasi) jismoniy shaxsga aytiladi.
Jinoyat subyektining yosh mezoniga ko’ra to’rtta guruhga ajratamiz: 13, 14, 16 va 18 yosh (JKning 17-moddasi). JKning 104-moddasi uchun JKning 17-moddasida 14 yosh belgilangan. Ya’ni vaziyatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 15 yoshli A. qasddan badanga og’ir shikast yetkazish (JKning 104-moddasi) jinoyati uchun JKning 17-moddasiga muvofiq 14 yoshdan subyekt bo’ladi va jinoyat subyekti hisoblanadi.
Jinoyat huquqida maxsus subyekt tushunchasi ham bor. Maxsus subyekt deganda, jinoyat subyekti bo’lish uchun talab etiladigan zaruriy belgilardan tashqari, ya’ni qonunda belgilangan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, jismoniy shaxs bo’lishidan tashqari shaxsning qo’shimcha belgilarga mansabdor shaxs bo’lishi, retsidivist bo’lishi, harbiy xizmatchi bo’lishi va boshqa belgilarga ega bo’lishi tushuniladi. Ushbu vaziyatda maxsus subyekt belgilari mavjud emas.
Jinoyatning subyektiv tomoni deganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilimishning ichki holatlarini tavsiflovchi holatlar tushunilib, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabatda namoyon bo’ladi.
Jinoyatning subyektiv tomoni zaruriy belgisi — aybdir (ehtiyotsizlik, qasd) (JKning 21-22-moddalari); fakultativ belgilari -motiv va maqsaddir.
Aybning tafakkuriy (anglash) va irodaviy (istash) belgilari mavjud.
Ushbu vaziyatda jinoyat subyektiv tomondan egri qasddan sodir etilgan.
Egri qasd — ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatlarini anglagan, uning xavfli oqibatida ko’zi yetgan va ular yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’ygan bo’lsa bunday qasd egri qasd deb topiladi. (JKning 21-moddasi)
Jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi motiv va maqsaddir. Motiv — jinoyat sodir etishga undovchi ichki tuyg’u. Maqsad — jinoyat sodir etishga qaratilgan fikriy intilish.

Quyida ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatni farqlab o’tsak. Ma’muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, uning huquq va erkinliklariga, davlat va jamoat tartibiga, mulkchilikka, tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. MJtKda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun basharti. bu huquqbuzarlik xususiyatiga ko’ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boMmagan taqdirda amalga oshiriladi (MJtKning 10-moddasi).
Ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatni o’zaro farqlashning quyidagi mezonlarini ko’rsatib o’tish lozim:
birinchidan, qo’llash asosiga ko’ra, jinoyat faqatgina Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan, ma’muriy huquqbuzarliklar esa. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan kelib chiqadi. Shu bilan bir qatorda yana bir holatga e’tibor berish lozimki, ayrim hollarda Jinoyat kodeksida ko’zda tutilgan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etganlik uchun ham ma’muriy javobgarlikka tortilish JKning Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida to’g’ridan-to’g’ri belgilangan bo’ladi.
Xususan, Jinoyat kodeksining 109, 127, 130, 132, 139, 140, 143, 148, 156, 177, 182, 183, 184, 1841, 1851, 1852, 1861, 1863, 188, 189, 190, 2161, 2162, 217, 224, 225, 226, 2291, 2292, 232, 2441, 2443, 278-moddalari birinchi qismida ko’zda tutilgan jinoyatlar uchun dastlab huquqbuzar ma’muriy javobgarlikka tortiladi;
ikkinchidan, tajovuz qilish obyektlariga ko’ra. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodcksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektlar ko’rsatilgan bolib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini. jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo’riqlash nazarda tutilsa, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayriqonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi.
ko’ra farqlar shundaki, jinoyatning umumiy obyekti boshqa hLiquqbuzarlikning obyektiga nisbatan kengroq bo’lib, bunga davlatning xavfsizligi asoslari, inson hayoti. sog’lig’i va hokazolar kiradi va faqat jinoyat qonunining o’zi bilan qo’riqlanadigan obyektlarni qamrab oladi;
uchinchidan, ma’muriy qilmish bilan jinoiy qilmish o’zining ijtimoiy xavililik darajasi bilan ham farq qiladi. Bu farqningchegarasi O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi va Jinoyat kodekslari bilan belgilab qo’yilgan. Bu farq qilmishning ijtimoiy xavfliligi bilan belgilanadi. Ya’ni, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi ancha yuqori boMadi. Masalan, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 40-moddasida tuhmat qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilgan bo’lsa, JK 139-modasining birinchi qismida tuhmat qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish nazarda tutilgan;
to’rtinchidan, jazo miqdori va muddati ham jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarni farqlovchi mezon hisoblanadi:

beshinchidan, javobgarlikka tortish subyektlariga ko’ra. Qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasini jinoyat qonuniga asoslangan holda faqat sud hal qilsa, ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblash masalasini ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonunga asoslangan holda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar hal qiladi;
oltinchidan, jinoyatning boshqa huquqbuzarlikdan muhim farqi ayb shaklidadir. Aynan ayb shakli ham jinoiy qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi muhim mezondir. Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilashda qilmishning motivi va maqsadi ham muhim ahamiyatga ega.
Voyaga yetmaganlik tushunchasiga alohida to’xtalib o’tsak. Voyaga yetmagan deganda, 18 yoshga to’Imagan shaxs tushuniladi. Ushbu qoida 2010-yiI 29-sentabrdagi «Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi to’g’ri-sida»gi Qonunning 3-moddasida belgilab qo’yilib, shuningdek, Oila kodeksining 71, Fuqarolik kodeksining 27, 29, Jinoyat kodeksining 81-rnoddalari mazmunidan anglashiladi. Vaziyatda 15 yoshli A. voyaga yetmagan shaxs hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlik jinoyat. jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya huquqida alohida yengillashtiruvchi tartib qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Jinoyat protsessida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish JPKning 13-bolimidagi alohida toifadagi ishlar bo’limida alohida 60-bob sifatida kiritilgan.
Voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo’yicha isbotlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. JPKning 85-moddasiga binoan. isbot qilish ishni qonuniy, asosli, adolatli hal qilishda ahamiyatga molik bo’lgan masalalar yuzasidan haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni tekshirish, to’plash va baholashdan iborat.
JPKning 86-moddasiga muvofiq isbot qilish subyektlari: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bo’ladi.
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, qonuniy vakil, jamoat ayblovchisi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar jamoat himoyachisi ishtirok etishi mumkin.
Isbot qilishga. shuningdek, guvohlar, ekspertlar. tarjimon, xolislar va boshqa fuqarolar jalb qilinishlari mumkin. Ular JPKda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshiradilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Daliliar JPKning 87-moddasiga muvofiq to’planadi.
Ishni qonuniy ayblov xulosasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar (isbot qilish predmeti) isbotlanishi lozim (JPKning 82-moddasi):
1) jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar (shikast darajasi, xususiyati, mast holatdagi jabr¬lanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar);
2) jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usul va JKda ko’rsatilgan boshqa holatlar; ijtimoiy xavfli qilmish, ijtimoiy xavfli oqibat va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish (A.ning qilmishi, jinoiy oqibat va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish, qilmish obyektiv tomonining fakultativ belgilari);
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi (vaziyatda 15 yoshli A. tomonidan);
4) jinoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan yoxud o’z-o’ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida sodir etilganligi (vaziyatda egri qasddan); sabab va maqsadlar;
5) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini tavfsiflovchi holatlar (15 yoshli A.ning shaxsiga oid holatlar, voyaga yetmaganligi, ish, o’qish, yashashiga oid holatlar).
Isbot qilish doirasi dalillarni to’plash, tekshirish, baholashda haqiqatni aniqlash maqsadida ahamiyatga molik bo’lgan masalalarni qonuniy, adoiatli, asosli hal qilishdir.
Voyaga yetmaganlar ishlarida quyidagilar ham isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmaganning aniq yoshi (tug’ilgan yili, oyi, kuni) (O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida»gi Qarori. 15.09.2000-y.);
2) voyaga yetmaganning shaxsini va salomatligini tavfsiflovchi holatlar;
3) voyaga yetmaganning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshdagi dalolatchi va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo’qligi.
Voyaga yetrnaganni so’roq qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Voyaga yetrnaganni so’roq qilish JPKning 96-111-moddalariga asosan va 553-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
JPKning 51 va 553-moddalariga ko’ra, voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokicla so’roq qilinadi. Tergovchining ruxsati bilan ularning ishida qonuniy vakil ham ishtirok etishi mumkin. Qonuniy vakil va himoyachi so’roq vaqtida voyaga yetmaganga savollar berishga haqli. So’roq oxirida qonuniy vakil va himoyachi so’roq bayonnomasi bilan tanishib chiqish va U haqida o’z mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetrnagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so’roq qilish dam oiish va ovqatlanish uchun beriladigan 1 soatdan tashqari 6 soatdan oshmasligi kerak (Umumiy asoslarda JPKning 107-moddasiga binoan 8 soatdan oshmasligi kerak).
JPKning 554-moddasiga binoan voyaga yetmaganni so’roq qilishda tergovchi yoki prokuroming ixtiyoriga ko’ra pedagog yoki psixolog ham ishtirok etishi mumkin.
Jinoyat ishi qo’zg’atilganda surishtiruv organlari tomonidan 10 sutkada tugatilib (JPKning 341-moddasi), tergovchiga yuboriladi. Tergovchi tomonida jinoyat ishi 3 oy muddat mobaynida (JPKning 351-moddasiga muvofiq uzaytirilishi mumkin) tugatilib prokurorga yuboriladi. Prokuror JPKning 385-moddasiga muvofiq 5 sutka ichida ishni qayta tergovga yuborish yoki sudga yuborish haqida qaror qabul qiladi. Sud JPKning 395-moddasiga asosan ishni qayta tergovga yuborish yoki sud muhokamasiga tayyorlash uchun qaror (ajrim) qabul qiladi.
JKning 15-moddasiga binoan, jinoyatlar xususiyati va xavflilik darajasiga ko’ra: ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan. uncha og’ir bo’lmagan, og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 3 yilgacha, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 3 yildan 5 yilgacha muddatga, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 5 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib. 10 yildan ortiq va umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Vaziyatda JKning 104-moddasi birinchi qismida ko’rsatilgan jinoyat uncha o’gir bo’lmagan jinoyat hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlar ishlari ko’rilayotganda huquqni qo’llovchi subyekt 2004-yii 22-iyundagi «‘Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazorati to’g’risida»gi Bosh prokuror buyrug’ining 13; 13,1; 13,2; 13,3; 13,4-bandlariga qafiy rioya etish lozimligi bilan birga xalqaro hujjatlardan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiya. 1985-yil 10-dekabrdagi «Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning minimal standartlari» (Pekin qoidalar)ga, «Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha dasturiy prinsiplar» (Ar-Riyod dasturiy prinsiplari) qoidalariga rioya etishi lozim.


MANBA: “Davlat va huquq fani asoslarida fanidan olimpiada ishtirokchilari uchun o’quv qo’llanma” U.J.Hotamov, T.E.To’rayev, M.H.Topvoldiyev, 2012-y. O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziiiigi huzuridagi «Adolat» nashriyoti.2012-yil.

 

VAZIYATLAR 1-MISOL

 

<<……..boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________