Maktab haqida


Do’stlik tuman X.T.M.F.M.T. va T.E. bo’limiga qarashli

10-umumiy o’rta ta’lim maktabi haqida

Maktabimiz 1977-yilda 1-sentabrda ochilgan. Maktabizmiz birinchi F.E.Dzerjenskiy nomi bilan atalgan bo’lib, unga birinchi bo’lib Abdurazzoqov Mamatmurod aka direktor bo’lgan. U kishi 1977-1988-yilgacha maktabimizga rahbarlik qilgan. O’qituvchilardan Shukurov Musurmon, Xolboyeva Tamara, Ro’ziyev Shavkat, Xoliqov Honimqul, Ochilov Hamraqul, Ergashev Abdumutal, Qarshiyev Ismat lar o’quvchilarga o’z fanlaridan o’quvchilarga saboq berishgan.

1989-yildan 1992-yillar mobaynida  Abdug’offorova Mukarram opa maktabimizga rahbarlik qilgan. U kishi faoliyat yuritgan davrlarda o’qib, bitirib ketgan o’quvchilar hozirgi kunda yurtimizni rivojlantirish uchun turli sohalarda o’z faoliyatini yuritmoqdalar.Abdug’offorova Mukarram opa hozirda vafot etgan. Ularning xotirasi bizning qalbimizda abadiy muhrlanib qoladi.

1993-yildan hozirgi kungacha Aberqulov Mirzahmat Jo’raqulovich maktab rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Maktab dirеktori Abеrqulov Mirzahmat Jo’raqulovich 1954 yil 1-yanvarda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 1976-yil Sirdaryo Pеdagogika Institutining ingliz tili fa’kultеtini tugatgan, mutaxasisligi ingliz tili o’qituvchisi, toifasi oliy,umumiy ish staji 36 yil, rahbarlik staji 19 yil.


10–maktab Jizzax viloyati Do’stlik tumani “Navro’z” shaharcha fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Maktab binosi 310 o’quvchi uchun mo’ljallangan, jami xonalar 23 ta, shundan sinf xonalari 14 ta, 6 ta ma’muriy xizmat xonalari, 3 ta fan xonalari mavjud, 1 ta sport zaldan iborat,o’quv maydoni 870 kv.m. Sport maydoni 1 ta;

Ushbu maktabda hozirgi kunda 401 nafar o’quvchi barcha fanlar bo’yicha bilim olib kelmoqda. Maktabda 33 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

O’quvchilar o’rtasida har oyda o’tkazilayotgan fan oyligi bo’yicha turli tadbirlar «Zakovat», «7×7» «o’yla izla top», «Yosh tarixchi»,«O’lkashunos fiziklar» kabi turli fan tadbirlari va musobaqalar tashkil etilib borilmoqda. Maktab 2006 yilda kapital ta’mirldan chiqdi.


2006-yilda maktabimiz 15 dona Pentium-4 kompyuter texnikasi bilan  ta’minlandi. 2010-yilda maktabimiz kompyuterlari «Ziyonet» ta’lim tarmog’iga ulangan. 2012-yil 7-noyabr kuni maktabimizning web-sayti ochildi. Sayt nomi: dtm10maktab.zn.uz. Hozirgi kunda «Kompyuter olamiga sayohat» nomli to’garak faoliyat yuritmoqda. Kompyuterlarimizda 24 ta turli fanlar uchun mo’ljallangan elektron darsliklar mavjud. Bu eletron darsliklarda o’qituvchilar o’z darslarini mazmunli o’tishida foydalanadi.



Mamlakatimizda mustaqillikka erishgach sport sohasiga katta e’tibor berildi. O’quvchilarning  bilim olishlari bilan birgalikda sport bilan shug’ullanishi uchun juda ko’plab imkoniyatlar yaratildi. Jumladan bizning maktabimizda ham 2007-yil yangi sport zal qurildi. Sport  zalda o’quvchilar turli sport musobaqalarini, sport to’garaklari bilan shug’ullanib kelmoqda. Ulardan misol tariqasida «Tennis», «Basketbol», «Voleybol» va boshqa to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda.
Kimyo va fizika xonalari ham yangi o’quv laborotoriya jixozlari bilan jixozlangan. Kimyo va fizika xonalarida  o’quvchilar nazariy bilim bilan birga amaliyot uyg’unligida darslar o’tilmoqda.

<< bosh sahifaga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________