Xoja Ahror Valiy majmuasi

 


Xoja Ahror Valiy (1404-1490) majmuasi


XV asrga mansub me’moriy yodgorliklardan biri. U madrasa, masjid va minora hamda hovuzdan iborat. Madrasa 1630-1631 yillarda Nodir Devonbegi mablag’i hisobiga qurilgan. Xoja Ahror Valiy o’z zamonlarida butun Movarounnahr va Xurosonda mashhur shaxs bo’lgan. Juda katta yer-suv, mol-mulkka ega bo’lib, butun umri, kuch-g’ayrati va bor mol-mulkini yurt tinchligi, obodligi yo’lida sarflagan. Natijada mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi o’rin tutgan. Xoja Ahror Valiyni oddiy fuqaro ham, akobir ham o’zlariga birday pushtipanoh deb bilar edi. Xalqparvar, din va siyosat arbobi Xoja Ahror Valiy 1404 yili qadim Shoshning (Toshkent) Bog’iston qishlog’ida tug’ilib, 1490 yili Samarqandda vafot qilgan. Tasavvufga oid bir qancha asarlar yozgan. Uning «Risolayi volidiya » asari xalq ichida mashhur bo’lgan.

 


 

Quyida Xoja Ahror valiy shaxsini yorituvchi

15 ta ma’lumot keltiriladi.

1. Xoja Ahror tug’ilgan joy hozirda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumaniga qarashli Bog’iston qishlog’iga to’g’ri keladi. Otasi shayx Mahmud naqshbandiya tariqati vakillaridan biri bo’lgan bo’lsa, onasi yetuk mutasavvif shayx Xovandi Tohur (Shayxontohur) ning qizi edi.

2. Alloma naqshbandiya tariqatidagi xojagon suluki rahnamolaridan biri bo’lgan. U Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Charxiydan bu tariqatning asoslarini o’rgangan.

3. Xoja Ahror ulamolar o’rtasida yuksak obro’ga ega bo’lib, “valiy” (avliyo) sifatida tanilgan. Unga “hur”, “ozod” ma’nolarini anglatuvchi “Ahror” nomi ham berilgan.

4. Manbalarda qayd etilishicha, musulmon dunyosida 356 ta avliyo o’tgan bo’lib, ulardan 3 tasi Qutb ul-aqtob  (ulug’ darajaga yetgan avliyo) sifatida e’tirof etilgan. Shu 3 zotning biri Xoja Ahror bo’lgan.

5. Xoja Ahror ota kasbi – dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shug’ullangan va katta mulk sohibi bo’lgan. Juda katta yer-suv, mol-mulk uning tasarrufida edi. Shuningdek, faqat Movarounnahrda emas, Xuroson va Hindistonda ham savdo-sotiq ishlarini yo’lga qo’ygan edi.

6. Bu ulug’ zot butun umri davomida el-yurt va xalqning manfaati yo’lida ko’p savob, xayrli ishlar qilgan. Aholining soliqlarni to’lashi, qurilishlar va boshqa xayrli ishlarga muttasil mablag’ ajratib turgan.

7. Xoja Ahror Amir Temur tuzgan buyuk saltanat parchalanayotgan murakkab bir davrda yashagan. U fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun podsholar bilan muloqotda ham bo’lgan.

8. Jomiy, Navoiy va Bobur Xoja Ahror valiyni o’zlariga ma’naviy pir – ustoz deb bilishgan.

9. Allomodan bizga qadar 3 risola yetib kelgan: “Faqarot ul-orifin” (“Oriflarning so’zlaridan parchalar”), “Volidiya” hamda “Havroiyya”.

10. “Faqarot ul-orifin” mutasavviflarning tariqatga oid fikrlari majmuasi sanaladi.

11. “Volidiya”ni muallif o’z otasining iltimosiga binoan yozgan bo’lib, bu risola o’z davrida keng shuhrat qozongan. Z. M. Bobur bu risolani fors tilidan o’zbek tiliga she’riy usulda tarjima qilgan.

12. “Havroiyya” risolasi bir dona ruboiyning sharhiga bag’ishlangan. Unda XI asrda yashab o’tgan mutasavvif shoir Abu Said Abdulxayrning “Havro” (“hurlar”, “farishtalar”) so’zi bilan boshlanuvchi ruboiysi ustida muallif fikrlari o’z ifodasini topgan.

13. 2002-yilda Gollandiyada “Xoja Ubaydulloh Ahrorning xatlari va uning muridlari” nomli kitob nashr etilgan. Bu kitob A. O’rinboyev va amerikalik olima Jo Enn Gross hamkorligida ingliz tilida tayyorlangan bo’lib, undan Xoja Ahrorning o’z zamondoshlariga yo’llagan maktublari o’rin olgan.

14. Allomaning qabri hozirgi Samarqand tumanidagi Ulug’bek qishlog’i hududida joylashgan. Qabr atrofida Xoja Ahror majmuasi bunyod etilgan.

15. Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2004-yil 25-mart) olimning ma’naviy merosidan xalqni bahramand etishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Manba: http://abituriyent.uz

 

 

 

<<…..boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Март 2024
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014