Amir Temur maqbarasi


AMIR TEMUR MAQBARASI

XIV asrning so’nggi yillari Sohibqiron Amir Temurning Kichik Osiyoga qilgan yurishi yangi-yangi zafarlar bilan boyib bormoqda. Amir Temur jo’natgan chopar, 1401 yili poytaxtga yetib kelib, bobosi tomonidan Samarqand hokimi qilib tayinlangan Muham¬mad Sultonga sohibqironning maktubini topshirdi.

 

Maktubda, bobosi Muhammad Sultonni o’z yoniga, ya’ni, Kichik Osiyoga zo’dlik bilan chorlagan edi. Bobosi unga Forsning shimoli-g’arbiy viloyatlarini tortiq qilmoqchi edi. Kichik Osiyoga yetib kelgan Muhammad Sulton bu yerda olib borilayotgan urush harakatlarida ham qatnashib o’z jasorati bilan hukmdor bobosini yana xushnud etadi. Turkiyada olib borilgan harbiy harakatlar zafar bilan yakunlangach, Muhammad Sulton bobosining ruxsati bilan o’ziga in’om qilingan viloyatlar tomon yo’lga tushadi. Ammo, Muhammad Sulton ko’zlangan manziliga yetib borolmadi, yo’lda to’satdan kasallanib 1403 yilning bahorida, Qorahisor yaqinida vafot etadi. Taxt vorisi, 29 yoshli jasur Muhammad Sultonning bevaqt o’limi Amir Temurni chuqur qayg’uga soldi. Motam e’lon qilinib, barcha qo’shin qora va ko’k libos kiydi, hattoki, oq ot minish ham taqiqlandi. Shahzodaning tanasini Arzirum yaqinidagi Onik shahriga keltiradilar va bu yerda boshqa tobutga solishib Sultoniyadagi avliyo Haydar qabristoniga dafn etadilar. Sohibqiron Onik shahriga yetib kelib nabirasiga bag’ishlab katta xudoyi beradi, ruhiga Qur’on tilovat qiladi. Sohibqiron Samar¬qandga chopar jo’natib, Muhammad Sultonga atab u qurdirgan madrasa yonida maqbara qurishga buyruq beradi. Muhammad Sulton vafotiga bir yil to’lishi munosabati bilan, Amir Temur yil oshi berdi, shundan so’ng, shahzodaning onasi Suyunch Og’a sohibqironning ijozati bilan o’g’lining tanasini Sultoniyadan Samarqandga olib ketadi… Muhammad Sultonning jasadini madrasa yonida yangi qurilgan maqbaraga dafn etadilar.

Oradan ozgina vaqt o’tgach sohibqiron poytaxtga qaytadi va nabirasini qabrini ziyorat qiladi. Ammo, sohibqironni bu maqbara qanoatlantirmaydi. Amir Temur suyukli nabirasi Muhammad Sultonning xotirasiga ulug’vor maqbara bunyod qilishga farmon beradi. Shu tariqa, 1404 yilning kuzida hozirgi Amir Temur maqbarasining qurilishi boshlanadi. Keyingi sharoitlar tufayli bu maqbara nafaqat Muhammad Sulton uchun, balki, Amir Temur, Mir Sayid Baraka, Mironshoh, Shoh¬ruh va Ulug’beklar uchun ham abadiy oromgohga aylanadi. Bu maqbara tez sur’atlar bilan qurilayotgan vaqtda sohibqiron Xitoy yurishiga otlanadi, ammo, hozirgi Qozog’iston territoriyasidagi O’tror shahri¬da kasallanib, 1405 yilning 18 fevralda vafot etadi.

Sohibqironni tanasini Utrordan olib kelishib Muhammad Sulton qabri yoniga dafn etdilar. Amir Temur maqbarasi Xalil Sulton hukmronligi davrida oxiriga yetgan, degan fikrlar mavjud.

Ammo, u bobosi Amir Temur va Muhammad Sultonlarning jasadlarini yangi maqbaraga ko’chirib o’tkazishga ulgurmagan edi. 1409 yili Mirzo Shohruh Samarqand taxtini Xalil Sultondan tortib oladi, uni taxtdan tushirib Eronning Ray shahriga hokim qilib tayinlaydi. Mirzo Shohruh hozirgi Afg’onistonning Andhoy shahridan 1403 yilning qishida vafot etgan, otasining piri, ulug’ shayx Mir Sayyid Barakaning xokini olib keltirib yangi maqbaraga dafn etdirdi, so’ngra, Amir Temur va Muhammad Sultonlarning jasadlari ko’chirib o’tkazildi. Shu tariqa Go’ri Amir maqbarasi temuriylar sulolasining xilxonasiga aylandi… Mirzo Shohruh Samarqand taxtiga o’g’li Ulug’bekni o’tqazib o’zi Xurosonga qaytib ketadi… Samarqandda barpo qilingan bu ulug’vor maqbara haqida juda ko’p yozilgan. Ne-ne sayyohlar uning salobati va ulug’vorligi oldida lol qolmagan deysiz. Maqbara ikki qavatli bo’lib uning pastki qavatida sag’ana ustida esa ziyoratxona qurilgan. Sag’ana va ziyoratxona ustida dumaloq shaklli, sakkiz qarrali inshoot qurilgan. Maqbaraning moviy gumbazi ham ikki qavatli bo’lib, ularning orasidagi markaziy bino ichini o’ta isib yoki sovub ketishdan saqlagan. Maqbaraning ikki yonida ikki ulug’vor minora ko’kka bo’y cho’zib turibdi. Dastlabki loyihaga ko’ra maqbaraga shimoliy tomonidan kirilgan, Mirzo Ulug’bek o’z hukmronligi davrida bu eshikni yopib sharqiy tomonda galereya qurgan va yangi eshik ochgan. Maqbaraning ichki va tashqi devorlari, gumbazi, rang-barang koshinlar, naqshlar bilan qoplangan. Shuningdek, devorlarga Qur’ondan suralar yozilgandir. Ayniqsa, maqbara gumbazning ichki tomonida oltin suvi bilan ishlangan nafis, jimjimador naqshlar barchani hayratga soladi. Maqbara hovlisiga Cho’ponotadan keltirilib silliqlangan toshlar yuksak did bilan terilgan. Yuqorida aytganimizdek, maqbara sag’ana va ziyoratxonadan iborat bo’lib, sag’anada haqiqiy jasadlar dafn etilgan. Yuqoridagi ziyoratxonada esa pastdagi qabrlarning aynan nusxalari yasalgandir. Shu sababli, ko’pchilik, haqiqiy jasadlarni qayerda ekanligini ham chalkashtiradilar. Pastdagi sag’ana har qanday bezaklardan xoli, oddiy qurilgan bo’lsa, ziyoratxona o’ta hashamatli qilib bezatilgandir. Bu yerdagi qalbaki qabrlar atrofi qimmatbaho aqiq (oniks) toshdan, jimjimador qilib yasalgan panjara bilan o’ralgan. Gumbazning shiftiga esa charog’on nur sochuvchi qimmatbaho qandil osilgan.

Maqbara gumbazining tepasida sof oltindan yasalgan kattakon qubba quyosh nurlarida yarqirab turgan. Maqbaraning fil suyagi va har xil qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan eshiklarini o’z davrining eng mohir ustalari yasaganlar. Ushbu maqbaraga Mir Sayyid Baraka, Amir Temur va Muhammad Sultonlardan keyin, sohibqironning o’g’illari Mironshoh, Shohruh va nabirasi Mirzo Ulug’beklar ham dafn etilgan.

 

Olimlarning fikrlaricha, maqbaraga, shuningdek, Sayid Umar va Ulug’bekning bevaqt vafot etgan ikki o’g’ilchalarining jasadlari ham dafn etilganlar. Tarixiy manbalarda yozilishicha, maqbaraning ikki yonida Muhammad Sulton tomonidan barpo qilin¬gan xonaqo va madrasa bo’lgan, ammo, vaqt o’tishi bilan bu ikki tarixiy inshoot vayron bo’lib ketgan. Ammo, Amir Temur maqbarasi uzoq asrlarning suronlariga bardosh berib bizning kunlarimizgacha yetib kelgandir. Amir Temur va temuriylardan so’ng Samarqandda huqmronlik qilgan podsholar va hokimlar ham ulug’ sohibqiron yotgan maqbarani ta’mirlashga g’amxo’rlik qilganlar. Hattoki, uzoq Hindistonda huqmronlik qilayotgan boburiy Avrangzeb, ulug’ bobokoloni Amir Temurning maqbarasiga g’amxo’rlik qilgan, u shu maqsadda Samarqandga Hindistondan mablag’ jo’natgan. Maqbara samarqandliklar orasida ham katta ehtiromga ega edi, biror kishi maqbara yonidan ot minib o’tmas, o’tayotganlar qur’ondan oyatlar tilovat qilar edilar… 1868 yili ruslar Samarqandni istilo qilganlarida bu ulug’vor maqbara yaxshi holatda edi.

Ayrim rus olimlari maqbarani har tomonlama o’rganishga kirishdilar. Lekin, aynan shu davrlarda maqbara boshiga qora kunlar tushdi. Maqbara gumbazining tepasidagi oltin qubba o’g’irlandi, naqshinkor, fil suyagi va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan eshik o’g’irlanib xorijga olib ketildi. Shuningdek, maqbaraning jimjimador panjarasi qo’porilib Sankt-Peterburgga jo’natildi, 1903 yilning 18 mayida shimoli-g’arbiy minora qo’lab tushdi. Rus ma’muriyati maqbara atrofida barpo qilgan bog’dan suv qochib sag’anadagi qabrlarni ikki marta suv bosdi. 1905 yili maqbara eshigi tepasidagi yozuv bitilgan nafis panno ham o’g’irlab ketildi… 1907 yilning 8 oktyabrida yuz bergan zilzila tufayli qarovsiz qolgan maqbara ziyon ko’rdi. 1923 va 1929 yillarda yodgorliklarni asrash komissiyasining xodimlari maqbarada ayrim ta’mirlash ishlarini o’tkazdilar.

1941 yilning 16-22 iyun kunlari Hukumat ekspedisiyasi tomonidan Amir Temur maqbarasidagi qabrlar birin-ketin ochildi. Birinchi bo’lib Amir Temurning o’rtancha o’g’li Mironshohning qabri ochildi. Qabr ustidagi marmar plita ochilgach, marmardan terib yasalgan lahad ko’rindi. Qabrni suv bosganligi uchun suyaklar chirib murtlashib qolgan, jasad sof musul¬mon odaticha dafn etilgan ekan. Qabrdan oshiqcha narsalar topilmadi. Jasad takroriy dafn etilganligi, ya’ni, boshqa joydan ko’chirib kelganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Mironshohning qabri ochilgandan so’ng, Mirzo Shohruhning qabrini ochishga kirishildi… Sohibqiron Amir Temurniing kenja o’g’li Mirzo Shohruh 1447 yili 70 yoshida Forsda vafot etgan. Uni dastlab Hirot shahriga dafn etganlar, so’ngra Mirzo Ulug’bek tomonidan Samarqandga keltirilib Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan. Shohruh qabri ustidagi marmar toshda uning tug’ilgan va vafot etgan sanalari yozilgan. Bu qabrtosh ko’chirib olinganida, marmar toshlardan yasalgan lahad ko’rindi. Lahaddagi jasad musulmoncha marosim bilan dafn etilganligi ko’rinib turibdi. Jasadning ustida kafan qoldiqlari saqlangan, qabrni suv bosganligi uchun suyaklar va kafan chirigan. Jasad mumiyolangan bo’lishiga qaramay zax ta’sirida ko’p joylari chirigan ekan. Jasadning yonidan mayda toshchalar solingan yog’och quticha va rayhon barglari solingan latta xaltacha topildi. Qabrdan chiqarilgan suyaklar kimyoviy usullar bilan qotirildi va tadqiq qilindi. Ekspedesiya a’zolari Shohruh qabrini ochib bo’lishgach Mirzo Ulug’bek qabrini ochishga kirishdilar. 1449 yili qotil Abbos qo’lida shahid bo’lgan Mirzo Ulug’bek ham ulug’ sohibqiron bobosi yotgan maqbaraga dafn etilgandir.

 

Mirzo Ulug’bekning qabri ochilgach, uning qabrini tuzilishi ko’p jihatlari bilan Shohruh qabriga o’xshash ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu qabrni ham suv bosganligi uchun ichiga loyqa kirgan, suyaklarni chirishiga sabab bo’lgan. Mirzo Ulug’bek shahid bo’lganligi uchun musulmon odatiga ko’ra, o’ldirilgan paytda qanday kiyimda bo’lsa o’sha kiyimlar bilan dafn etilgandir. Shu sababli qabrdan Ulug’bekning kamari, chalvori, kuylagi va boshqa liboslarining qoldiqlari topildi. Ulug’bek suyaklarini o’rgangan antropologlar haqiqatan uning boshi o’tkir tig’ bilan kesilganligini aniqladilar. Mirzo Ulug’bekning qabri ochib bo’lingach ekspedisiya qatnashchilari Amir Temur qabrini ochishga kirishdilar. Bu ish 1941 yilning 19 iyunida boshlan¬gan edi. Dastlab qabr ustidagi qalin marmar plitani ko’chirib olishga to’g’ri keldi.

Bu toshga sohibqironning shajarasi yozilgandir. Yozuv bitilgan tosh ko’chirib olinganida, lahadning og’zini berkitib turgan 5ta marmar plita ko’rindi. Bu plitalar ham joyidan ko’chirib olingach, marmar toshlardan katta mahorat bilan yasalgan lahad ko’rindi. Amir Temurning qabri ochilgach, u archa daraxtidan yasalgan yog’och tobutda dafn etilganligi ma’lum bo’ldi. Tobutning ustida esa ikki qavatli gazlamaning qoldiqlari saqlangandi. Pishiq va nafis qilib to’qilgan bu gazlamalarga oltin iplar bilan arabcha yozuvlar bitilgan ekan. Ekspedisiya qatnashchilari bu narsani birinchi marta uchratayotganliklari uchun hayron qoldilar, uni sharhlari uchun har xil taxminlar aytildi. Ayrimlar bu gazlamalar. Amir Temurning jangovor bayrog’i desalar, boshqa bir guruh olimlar, bu gazlamalar Kaaba ustiga yopilgan kaabapush ekanligini aytganlar. Tobut ustidagi gazlamalar ko’chirib olinib uning qopqog’i ochilganida, Amir Temurning suyaklari ko’rindi. Qabrni suv bosganligi uchun sohib¬qironning mumiyolangan suyaklarining ko’p qismi chirigan ekan. Qabr ochilganda undan taralgan xushbuy hid sag’ana ichini qoplagan edi, bu Amir Temurnig qabriga xushbo’y modda sepilganligidan darak beradi. Shu o’rinda yana bir narsani aytmoq lozimdir. Amir Temurning qabri ochilishdan oldin ko’pchilik o’rtasida u katta boylik bilan dafn etilgan, degan mish-mishlar yurardi. Shu sababli Amir Temurning qabri ochiladigan kuni hamma sergak, maqbara atrofiga ko’pchilik tomoshabinlar to’plangan edi. Qabr ochilganidan so’ng ma’lum bo’lishicha, u hyech qanday oshiqcha narsalarsiz, sof musulmoncha marosimlar bilan dafn etilgan ekan. Bundan tashqari, arab tarixchisi Ibn Arabshohning gaplari ham tasdiqlanmadi. Uning yozishicha, Amir Temur sherozlik ustalar yasagan po’lat tobutda dafn etilgan bo’lishi lozim edi. Biz yuqorida aytganimizdek Amir Temur po’lat tobutda emas, archa daraxtidan yasalgan oddiy tobutda dafn etilgandir. Hukumat ekspedisiyasi qatnashchilari, sohib¬qi¬ron qabrini ochib bo’lishgach, uning suyukli nabirasi Muhammad Sultonning qabrini ochishga kirishdilar. Ma’lumki, Muhammad Sulton bobosining chap tomonida abadiy uyquda yotibdi. Afsuski, Muhammad Sulton qabri ustidagi yozuvli tosh o’g’irlab ketilgandir. Qabr ustini yopib turgan plitalar ko’chirib olingach, uning ichida yog’och tobutning qoldiqlari ko’rindi. Yog’och tobutnig ustida xuddi Amir Temurning tobuti ustidagi gazlamalarga aynan o’xshash gazlamalar topildi. Olimlar gazlama va tobutning qopqog’ini avaylab ko’chirib oldilar. Tobutning ichidan kafan parchalari va rayhon barglari topildi.

Muhammad Sultonning qabriga ham xushbuy narsalar sepilganligi uchun uning ichidan hamon o’sha moddaning hidi taralib turardi. Qabrni suv bosganligi uchun Muhammad Sultonning suyaklari ham chirigan ekan. Suyaklar ximiyaviy usullar bilan qotirilgach, tekshirish uchun qabrdan chiqarib olindi. 1941 yilning 24 iyunida Go’ri Amir maqbarasidagi qazishmalar yakunlanib, qabrlardan chiqarib olingan Amir Temur Mironshoh, Shohruh, Ulug’bek va Muhammad Sultonlarning suyaklari maxsus qutilarga joylanib poyezd bilan Toshkentga olib ketildi. Maqbaraning eshiklari muhrlanib yopib qo’yildi. Antropolog M.M. Gerasimov o’zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulug’bek va Muhammad Sultonlarning xujjatli portretlarini yaratdi. O’sha davrda M.Gerasimov yaratgan bu portretlar ko’pchilik olimlar ishtirokida muhokama qilinib qabul qilingan edi. Ammo, oradan yarim asr vaqt o’tgach, antropolog M.Gerasimovning, bosh chanoqlari asosida odamlarning portretlarini yaratish metodikasida ko’pgina xatoliklar borligi aniqlandi. 1942 yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o’rganib bo’lingach, qaytadan o’z joylariga dafn etildi. Lekin, qabrlardan olingan ko’pgina narsalar, tobutlar va gazlamalar, Mirzo Ulug’bekning liboslari marhumlarning mumiyolangan tana a’zolari, kafanlar, soch-soqolari qayta o’z joyiga qo’yilmadi. Amir Temur maqbarasining ichiga 9 kishining jasadi dafn etilgan bo’lsa, uning hovlisiga 30dan oshiq marhumlar dafn etilgani ma’lumdir. Bu marhumlar temuriylar xonadoniga mansub ayollar va erta xazon bo’lgan gudaklardirlar. Ularning qabrlari 1950-yillargacha bus-butun turgan edi, ammo, shundan so’ng maqbarani ta’mirlash bahonasida bu qabrlar va qabrtoshlar yo’q qilib yuborilgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach Samarqanddagi boshqa me’morchilik yodgorliklari kabi Amir Temur maqbarasiga ham katta g’amxo’rlik qilindi, u qayta ta’mirlandi, XV asrdagi tarixiy qiyofasi qayta tiklandi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Sayiid Baraka, o’g’illari Mironshoh, Shohruh suyukli nabiralari Muhammad Sulton va Mirzo Ulug’beklar abadiy uyquda yotgan Go’ri Amir maqbarasi hozirda yer yuzining turli-tuman tomonlaridan Samarqandga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun muqaddas ziyoratgohga aylangandir.

Manba: http://www.samdu.uz

<<…..boshiga qaytish

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Январь 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________