Yubiley tangalar

Yubiley tangalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING TURLI SANALARI, TARIXIY OBIDALARI VA ZAMONAVIY BINOLARI, O‘TMISHNING BUYUK SIYMOLARI HAMDA SPORT TURLARIGA BAG‘ISHLANGAN YUBILYEY TANGALAR


sariq rangdagi tanga 1994 — «AMIR TEMUR HAYKALI» Oq rangdagi  tangasi

1994 — «AMIR TEMUR HAYKALI»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining uch yilligiga bag’ishlab tayyorlangan oq va sariq rangdagi qiymati 10 so’m bo’lgan ikki xil yubiley tangalar 1994 yil 1 sentyabrda chiqarildi.

Oq rangdagi qiymati 10 so’m bo’lgan yubiley tangasi 999,9 probali kumushdan, sariq rangdagi tanga oltin bilan qoplangan mis-nikel qotishmasidan tayyorlangan.

Tangalarning old tomonida Amir Temurning Toshkent shahrida o’rnatilgan ot mingan haykali tasvirlangan. Pastda tanganing qiymatini ko’rsatuvchi “10” raqami va uning tagida “so‘m” yozuvi mavjud. Haykal atrofida tanga doirasi bo’ylab uning yuqori qismida “TOSHKENT” va quyi qismida “ AMIR TEMUR HAYKALI “ yozuvlari bor.

Tangalarning orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 3 YILLIGI — 1994” degan matn bor. Tanganing butun aylanasi bo’ylab naqsh solingan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1994 — «MUHAMMAD TARAG’AY ULUG’BEK»

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan oltin bilan qoplangan jezdan tayyorlangan, qiymati 1 so’m bo’lgan tanga 1994 yil 10 oktyabrda chiqarildi.

Tanganing old tomonida Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning portreti aks ettirilgan. Portret atrofiga tanga doirasi bo’ylab, uning tashqi aylanasi bo’yicha “MUHAMMAD TARAG‘AY ULUG‘BEK — 1394 — 1449” degan matn yozilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi joylashgan bo’lib, uning atrofida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI -1 SO‘M — 1994” matni mavjud. Tanganing butun aylanasi bo’ylab naqsh solingan.

Tanganing yon tomoni notekis.


sariq rangdagi tanga 1996 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 5-YIL» Oq rangdagi  tangasi

1996 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 5-YIL»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 5 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tayyorlangan oq va sariq ranglardagi qiymati 50 so’m bo’lgan ikki xil yubiley tangalar 1996 yil 1 sentyabrda chiqarildi.

Qiymati 50 so’m bo’lgan oq rangli yubiley tanga 999,9 probali kumushdan va sariq rangli yubiley tanga oltin bilan qoplangan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan.

Tanganing old tomonida sharq uslubida ishlangan gumbaz tagida turgan Alisher Navoiy haykali tasvirlangan, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “50” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud.

Gumbazning chap tarafida 1991 va o’ng tarafida 1996 raqamlari tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA — 5 YIL” degan matn bor.

Tanganing orqa tomonida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, aylana bo’ylab “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI – 1996 –” yozuvi bor.

Tanganing yon tomoni notekis.


sariq rangdagi tanga 1996 — «AMIR TEMUR — 660 YIL» 

Oq rangdagi  tangasi

1996 — «AMIR TEMUR — 660 YIL»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan tayyorlangan oq va sariq rangli qiymati 100 so’m bo’lgan ikki xil yubiley tangalari 1996 yil 1 sentyabrda chiqarildi.

Qiymati 100 so’m bo’lgan oq rangli yubiley tanga 999,9 probali kumushdan va sariq rangli yubiley tanga esa oltin bilan qoplangan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan.

Tangalarning old tomonida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan bo’lib, uning pastki qismida tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Haykalning chap tarafida “1336” va o’ng tarafida “1405” raqamlari joylashtirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab yuqori qismidagi yarim aylanada “AMIR TEMUR — 660 YIL” degan yozuv bor.

Tangalarning orqa tomonida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, aylana bo’ylab “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI -1996 -” yozuvi bor.

Tangalarning yon tomoni notekis.


1997 — «AMIR TEMUR»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Amir Temurga bag’ishlangan 999,9 probali oltindan tayyorlangan qiymati 100 so’m bo’lgan yubiley tangasi 1997 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan bo’lib, uning pastki qismida tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Haykalning chap tarafida “1336” va o’ng tarafida “1405” raqamlari joylashtirilgan. Tanganing yuqori qismidagi yarim aylanada “AMIR TEMUR” degan yozuv bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazidagi munchoq ko’rinishida bajarilgan naqshinkor doirada O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan, uning tagida esa tanga chiqarilgan yil — “1997” raqamlari ko’rsatilgan. Tanganing tashqi doirasi bo’ylab uning yuqori qismida — “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va pastki qismidagi chiqarilgan yilning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Au 999,9”, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1998 — «OLIY MAJLIS BINOSI»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1998 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosining relьef tasviri tushirilgan, uning pastida esa tanganing qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, raqamning tagida “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tanganing yuqori qismida uning yarim aylanasi bo’ylab “OLIY MAJLIS BINOSI” yozuvi, pastki qismining chapdagi yarim aylanasida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9”, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomonida munchoq shakldagi naqshinkor doirada O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” matni yozilgan, Gerb tagida tanga chiqarilgan yil – “1998” raqami ko’rsatilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1998 — «AMIR TEMUR MUZEYI «

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1998 yilda chiqarildi.

Tanga old tomonining markazida Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi inshootining relьef tasviri tushirilgan bo’lib, uning pastida tanganing qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, raqam tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud.

Tanganing yuqori qismida uning yarim aylanasi bo’ylab “AMIR TEMUR MUZEYI” yozuvi, pastki qismining chapdagi yarim aylanasida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9”, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan. Tanganing orqa tomonida munchoq shaklidagi naqshinkor doirada O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” matni yozilgan, Gerb tagida tanga chiqarilgan yil – “1998” raqami ko’rsatilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1998 — «ALISHER NAVOIY HAYKALI»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1998 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida sharqona uslubda ishlangan gumbaz tagida turgan Alisher Navoiy haykali tasvirlangan bo’lib, haykal pastida tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tanganing yuqori qismida uning yarim aylanasi bo’ylab “ALISHER NAVOIY HAYKALI” yozuvi, pastki qismining chapdagi yarim aylanasida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9”, o’ng tomonda esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomonida munchoq shaklidagi naqshinkor doirada O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” matni yozilgan, Gerb tagida tanga chiqarilgan yil – “1998” raqami ko’rsatilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1998 — «AMIR TEMUR HAYKALI»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1998 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan bo’lib, pastda tanganing qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tanganing yuqori qismida uning yarim aylanasi bo’ylab “AMIR TEMUR HAYKALI” yozuvi, pastki qismining chapdagi yarim aylanasida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9”, o’ng tomonda esa metallning sof og’irligini ko’rsatuvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomonida munchoq shaklidagi naqshinkor doirada O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” matni yozilgan, Gerb tagida tanga chiqarilgan yil – “1998” raqami ko’rsatilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «ABU ALI IBN SINO»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.
Tanganing old tomonidagi doira ichida Abu Ali Ibn Sino portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “980 — ABU ALI IBN SINO — 1037” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.
Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.
Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «AHMAD AL-FARG’ONIY»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonidagi doira ichida Ahmad Al-Farg’oniy portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “AHMAD AL-FARG‘ONIY” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «ABU RAIHON BERUNIY»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonidagi doira ichida Abu Rayhon Beruniy portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “973 — ABU RAYHON BERUNIY — 1048” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «MUSO AL-XORAZMIY»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonidagi doira ichida Muso Al-Xorazmiy portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIY-MOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “783 — MUSO AL-XORAZMIY — 850” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «MIRZO ULUG’BEK»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanga old tomonida doira ichida Mirzo Ulug’bek portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida doira sirtida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “1394 — MIRZO ULUG‘BEK — 1449” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «BOBUR»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanga old tomonida doira ichida Zahiriddin Muhammad Bobur portreti tasvirlangan. Portretning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab doira sirtida uning ikki tarafida 2 ta sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “1483 — BOBUR — 1530” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «AMIR TEMUR»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonidagi doira ichida taxtda o’tirgan Amir Temur tasvirlangan. Tasvirning ikki tarafidan doira bo’ylab naqsh tushirilgan. Tanga diametri bo’ylab doira sirtida uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “1336 — AMIR TEMUR — 1405” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


1999 — «ALISHER NAVOIY»

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 1999 yilda chiqarildi.

Tanga old tomonida doira ichida sharqona uslubda ishlangan gumbaz tagida turgan Alisher Navoiy haykali tasvirlangan. Tanga diametri bo’ylab uning ikki tarafida ikkita sakkizburchak joylashgan. Tanganing yuqori yarim aylanasida “BUYUK SIYMOLAR” matni, pastki yarim aylanada esa “1441 — ALISHER NAVOIY — 1501” matni yozilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tagida yirik raqam bilan “100”, raqam ostida “SO‘M” tasvirlangan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab uning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so’zlari yozilgan, pastki yarim aylananing chap qismida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni va qotishma probasini bildiruvchi “Ag 999,9” va metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.”, o’ng tomonda esa tanganing chiqarilgan yili “1999 yil” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (ALISHER NAVOIY)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida sharqona uslubda ishlangan gumbaz tagida turgan Alisher Navoiy haykali tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruv-chi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklida naqsh tushirilgan.

Tangalarning yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (AMIR TEMUR)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida Amir Temurning ot mingan haykali tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklida naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (TOSHKENT KURANTLARI)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida Toshkent Kurantlari tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomoni-da D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklida naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (REGISTON)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomonida Samarqand shahridagi “Registon” tarixiy me’moriy yodgorligi tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini bildiruvchi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklida naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (OQ SAROY)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida “Oq Saroy” me’morchilik majmuasining rel’ef tasviri tushirilgan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, uning o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini ko’rsatuvchi “31,1 gr.” aks ettirilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (OLIY MAJLIS)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis binosining rel’ef tasviri tushirilgan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, uning o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini ko’rsatuvchi “31,1 gr.” aks ettirilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (TEMURIYLAR TARIHI DAVLAT MUZEYI)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyining rel’ef tasviri tushirilgan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “ O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, uning o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini ko’rsatuvchi “31,1 gr.”aks ettirilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (MUSTAQILLIK MAYDONI)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida o’rnatilgan monument tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, uning o’ng tomonida esa metallning sof og’irligini ko’rsatuvchi “31,1 gr.” aks ettirilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (TENNIS)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida Toshkent Tennis Korti fonida qo’lida raketka ushlab turgan tennischining qiyofasi tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoqli naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (KURASH)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida sportning milliy «Kurash» turi bo’yicha bellashayotgan polvonlar tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoqli naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001- «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (FUTBOL)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida futbol maydoni fonida futbolchi qiyofasi tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoqli naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


2001 — «O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 10-YILLIGI» (OLIMPIYA SHON SHUHRATI)

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’n yilligi munosabati bilan qiymati 100 so’m bo’lgan 999,9 probali kumushdan tayyorlangan, diametri 38 mm, og’irligi 31,1 gr. bo’lgan tangasi 2001 yilda chiqarildi.

Tanganing old tomoni markazida Toshkent shahridagi Olimpiya shon-shuxrati muzeyi fonida qo’lidagi mash’ali bilan yugurib ketayotgan sportchi qiyofasi tasvirlangan bo’lib, pastda tanga qiymatini ko’rsatuvchi “100” raqami, uning tagida esa “SO‘M” degan yozuv mavjud. Tasvir atrofida “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI” degan matn bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O’zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan bo’lib, uning tagida tanga chiqarilgan yil “2001” raqami aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi metallni bildiruvchi “Ag 999,9” va qotishma probasi, o’ng tomonida esa metallning sof og’irligi “31,1 gr.” ko’rsatilgan. Gerb atrofida “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi bor. Tanganing tashqi aylanasi bo’ylab munchoqli naqsh tushirilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.


Manba: www.cbu.uz

 

2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

SAHIFALAR

ARXIV
FOYDALI SAYTLAR

Tanlov natijalari e'lon qilindi

“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining natijalari tanlov.uzedu.uz saytida e'lon qilindi.

 KALENDAR

Апрель 2018
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

K i m k i bo'lsa t e j a m k o r , Qut-baraka unga yor. 2014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_1045472014-05-0cd4_104547

HISOBLAGICH

Flag Counter

Топ рейтинг www.uz

Boshqaruv paneli-2014

___________________________________________